“TASDIQLAYMAN”
Viloyat hokimining birinchi
o‘rinbosari ________ F.Abilov
2023 yil _____________
SAMARQAND VILOYATIDA “BIZNESGA BIRINCHI QADAM” STARTAP G‘OYALAR TANLOVIDA ISHTIROK ETGAN VA MUVAFFAQIYATLI DEB TOPILGAN LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISH BO‘YICHA HAKAMLAR HAY’ATI XULOSASI BAYONI
2023 yil “ ” noyabr № __ Samarqand shahri
Raislik qildi: F.Abilov – Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari
Qatnashdilar: X.To‘xtayev (Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi), hakamlar hay’ati (1-ilovadagi ro’yxat bo‘yicha), loyihalar tashabbuskorlari (ro‘yxat bo‘yicha)
KUN TARTIBI:
“Samarqand viloyatida biznesga birinchi qadam” startap g‘oyalar tanlovining
1-to‘lqini saralangan loyihalar ichidan munosiblarini moliyalashtirish va boshqa masalalar
(To‘xtayev, Oqbutayev, Nabiyev,Otamurodov, Mardonov, To‘xtamishev, Xusanov)
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan Samarqand viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining mutaxassisi yig`ilish kotibi Xusanov Xurshidjon Yunusxon o‘g‘li so‘zga chiqdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260-son “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish Vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligining 2022-yil 5- yanvardagi 45,1-к/к, va 01-07/01-sonli qarorlariga asosan Samarqand viloyatida “BIZNESGA BIRINCHI QADAM” startap g‘oyalar tanlovi o‘tkazildi. Tanlovning dastlabki bosqichida loyiha shartlariga mos kelivchi 20 nafar nomzodning loyihalari saralab olindi va taqdimot kuniga taklif etildi. Hakamlar hayatining qaroriga ko‘ra 7 nafar ishtirokchining loyihalari munosib deb topildi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, hakamlar hay’ati
QAROR QILADI:
Moliyalashtirishga tayyorlangan loyihalar biznes rejasi, byudjet smetasi hamda planshetlari tegishli tartibda rasmiylashtirilsin hamda Yoshlar ishlari Agentligi Samarqand viloyat boshqarmasiga taqdim qilinsin.
Belgilangan smeta asosida quyidagi loyihalar tegishli tartibda moliyalashtirilsin:
“URGUT TRAVEL GUIDES” loyihasi - Safarov Husniddin Sirojiddin o‘g‘li (59 545 000 so’m – ellik to‘qqiz million besh yuz qirq besh ming so‘m);
“VERTICAL FARMING” loyihasi – Amonov Bobosher Shavkat o‘g‘li
Dostları ilə paylaş: |