O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i: _______ F.Asqarov
Kafedra mudiri: _______ N. Salayeva
Tuzuvchilar : _______ K.Sobirov
_______ X.Bekchanov
“Psixologiyaning dolzarb masalalari” moduli bo`yicha malakasini oshirish kurslari uchun o`quv-mavzu reja
№
|
O`qitiladigan mavzular
|
Jami
|
Mashg`ulot turi
|
Ma`ruza
|
Amaliy
|
1
|
Xalq ta`lim tizimida psixologik xizmat tashkil etish masalalari
|
2
|
2
|
-
|
2
|
Kasblarning psixologik tasnifi va uning mohiyati.
|
2
|
2
|
|
3
|
Professiografiya to`g`risida tushuncha. Reoriyentatsiya psixologik muammo sifatida
|
4
|
|
4
|
4
|
Kasbga oid olib boriladigan konsultatsiya ishlari
|
2
|
|
2
|
5
|
Tashkiliy tadbirlarda psixologik treninglardan foydalanish tartibi
|
2
|
|
2
|
|
Jami
|
12
|
4
|
8
|
KIRISH
Davlatimiz va jamiyatimizning yaqin va uzoq istiqbolga mo`ljallangan taraqqiyot strategiyasi aniq-ravshan belgilab berilgan ana shu chiqishlarda mamlakatimizni demoqratik yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga ko`tarish, uning iqtisodiy qudratini oshirish, ijtimoiy soxalar, ta`lim-tarbiya, ilmu-fan, sog`liqni saqlash, madaniyat va san`at, sport tizimini izchil rivojlantirish, ayollar, keksalar va yoshlarimiz uchun yanada qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish, xar bir xudud, va mintaqani ravnak toptirishdagi doir yangi reja va ustuvor loyixalar, bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan keskinlik va karama-karshiliklarning moxiyati, turli taxdidlarning olidini olish, O`zbekistonnig tashqi siyosat konsepsiyasi to`g`risidagi qarashlar xar tomonlama puxta asoslangan xolda qilingan. Ushbu yo’nalishdagi ishlar Prezidentimiz I.A.Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelejagi yo’lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” nomli kitobida o’z ifodasini topgan.
Maktab - hamisha, har kanday tuzum, har kanday jamiyatda ham xalq va davlat tomonidan e’zozlangan mukaddas maskan. U har doim jamiyatning mas’uliyatli, og‘ir, ayni paytda sharafli yukini elkasida tutib kelgan. Buyuk allomalar uning jamiyatda tutgan mavqeini ulug‘lab: «Xalq uchun nondan so‘ng, eng muhimi maktabdir» - deb baholaganlar. Shu narsani alohida ta’kidlash joizki, maktabning muvaffaqiyat bilan faoliyat ko‘rsatishi asosan uning kim tomonidan qanday qilib boshqarilishiga bog‘liq.
Maktab o‘ta murakkab, zargar mehnatining mahsuli kabi nozik va noyob tizimdir. U boshqaruvsiz yashab, rivojlana olmaydi. Lekin boshqaruv g‘oyat insonparvar jamiyatdagi yangilanishdir. Turli islohotlarga tez moslashuvdek yangicha mazmun va tushunchalar asosiga ko‘rilmog‘i lozim.
Boshqaruv bilimdonlik, omilkorlik, ijodkorlik, talabchanlik, ayni paytda mehribonlik va izchillik bilan olib borilishi zarur. Bugungi boshqaruv uslubi noan’anaviy muammolarga eng maqbul echimlar topish, dadil harakatlar, tashabbuskorlik, ayni paytda qat’iyatlilikka asoslanadi. Shu bilan birga boshqaruv ishi shubhali tavakkalchilikka, ilmiy-uslubiy asoslangan faoliyatga tayanib, etti o‘lchab bir kesilgan, jiddiy sinovdan o‘tkazilgan hayotiy xulosalar asosiga ko‘rilishi zarur, aks holda ta’lim-tarbiyadek o‘ta nozik jarayondagi o‘zboshimchalik jamiyat uchun qimmatga tushishi mumkin.
1 – mavzu: Xalq ta`lim tizimida psixologik xizmat tashkil etish masalalari
(2 soat ma`ruza)
mavzuning texnologik haritasi
O`quv mashg`ulotining tuzilishi
Ma’ruza rejasi
|
1.Xalq ta`limi tizimidagi psixologik xizmatning maqsadi, vazifalari.
2. O`zbekiston Respublikasi «Xalq ta`limi tizimida psixologik xizmat to`g`risidagi muvaqqat Nizom» haqida.
3. Ta`lim muassasasida psixoprofilaktika, psixodiagnostika va korreksion ishlarni samarali tashkil etish.
4. Psixologik xizmat xodimlarning mas`uliyati aks etgan.
5.Maktablardagi ta`lim-tarbiya samaradorligini oshirishda maktab amaliyotchi psixologiyaning egallagan o`rni va ahamiyati.
.Olti yoshli bolalarni maktabga tayyorlik darajasini aniqlash, iste`dodli bolalarni qo`llab-quvvatlash, shuningdek, o`quvchilarni kasb- hunarga yo`naltirish masalalaridagi mavjud muammolarni muvaffaqiyatli hal qilish yo`llari.
|
O`quv mashg`ulotining maqsadi : Tinglovchilarda Psixologik xizmatning maqsad va vazifalari.
Respublika Tashxis markaz faoliyati haqida, ota-onalarga farzandlarini o`qitish, tarbiyalash va ijtimoiy moslashtirishda psixologik-pedagogik yordam ko`rsatish, pedagogik jamoada maktab amaliyotchi psixologning tashviqot-targ`ibot ishlarni tashkil etish xususida tushuncha hosil qilish.
|
Pedagogik vazifalar:
Yangi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga oid ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy maslalar bo`yicha tushunchalarni shakllantirish.
|
O`quv faoliyatining natijalari:
Tinglovchilar Maktab o`quvchilariga ularning qobiliyatlarini, kasb-hunarga moyilliklarini, qiziqishlarini va ko`nikmalarini hisobga olgan holda akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridagi ta`lim yo`nalishlarini tanlashda ko`maklashish haqida tasavvurga ega bo`ladilar, asosiy ma’lumotlarni konspektlashtiradilar.
|
Ta’lim usullari:
|
Ma’ruza, klasster
|
O`quv faoliyatini tashkil qilish shakli
|
Ommaviy
|
Ta’lim vositalari
|
Slaydlar, marker, flipchart
|
Qayta aloqa usullari va vositalari
|
Savol javob
|
O`quv mashg`ulotining texnologik haritasi
Ishlash bosqichlari, vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
|
O`qituvchi
|
Tinglovchi
|
1 bosqich
1.1 O`quv xujjatlarini to`ldirish va davomatni olish
5 m.
1.2 kirish10m.
|
1.2 Umumiy o`rta ta`lim maktablaridagi psixologik xizmatning tutgan o`rni esga tushiriladi, O`quv mashg’ulotiga kirish davomida dastlab tinglovchilarga klasster jadvali taklif etiladi va uning tarmoqlarga bo`linadi. klassterni tarmoqlarga bo’lib to`ldirilganidan so`ng ma’ruza boshlanadi.
|
Tinglashadi aniqlashtirishadi savollar beradilar. Psixologik xizmatning maqsad va vazifalarini ifodalovchi ma’lumotlarni klasster metodi orqali tarmoqlab chiqadilar.
|
2 bosqich
Asosiy 50 min
|
2.1. Psixologik xizmatning maqsad va vazifalari batafsil izox beriladi.
2.2. Respublika Tashxis markaz faoliyati va maktabga o`quvchi shaxsning psixologik tayyorgarligi tushuntiriladi.
2.3 Ota-onalarga farzandlarini o`qitish, tarbiyalash va ijtimoiy moslashtirishda psixologik-pedagogik yordam ko`rsatish haqida batafsil ma’lumot beriladi.
2.4 Pedagogik jamoada maktab amaliyotchi psixologning tashviqot-targ`ibot ishlarni tashkil etishning ahamiyati to’liq yoritiladi.
|
Konspekt yozishadi, tinglashadi, Mavzu bo`yicha savollar beradilar Kichik maktab yosh davrlarining yosh xususiyatlari, o’smirlik va o’spirinli davrlarida shaxs ijtimoiylashuvining o’ziga xosligi, ta’lim mazmuni va psixik rivojlanishlar haqida.
|
3 bosqich. Yakuniy natijalar 15 min.
|
3.1. Mavzu bo`yicha xulosa qilish.
3.2 Ttinglovchilarga aqliy hujum metodi yordamida o`quv mashg`ulotning maqsadga erishish darajasi taxlil qilinadi
3.3 Mavu yuzasidan o`quv vazifasi beriladi. Amaliy mashg’ulotga tayyorlanish
|
O`rganilgan mavzuni umumlashtiradilar. O`rganilgan mavzu bo`yicha olgan ma’lumotlarni aqliy hujum metodi yordamida yakuniy hulosaga keladilar
|
1. Xalq ta`limi tizimidagi psixologik xizmatning maqsadi, vazifalari.
O’zbekiston Respublikasining prezidenti I.A.Karimov Milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish ishining hayotiy zaruriyati va dolzarbligi haqida gapirar ekanlar «Inson shaxsini, uning psixologiyasini, yuksak ma’naviy fazilatlarini kamol toptirish milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish yosh avlodni boy madaniy merosimiz hamda tarixiy kadriyatlarimizga hurmat-e’tibor, mustaqil vatanimizga mehr-muhabbat ruxida tarbiyalash talablari oldimizga muhim vazifalarni qo’ymoqda» deb ta’kidladilar.*** Mavzu yuqoridagi fikrlarga asoslanib yoshlarni tarbiyalash va ularga zamon talablari asosida bilim berish uchun o’qituvchilar oldiga katta talablar qo’yadi. Zamonaviy o’qituvchi oldiga qo’yilayotgan eng muhim vazifalardan biri, mutaxassis sifatida o’z qobiliyatlarini dars jarayonida o’quvchilarga to’g’ri taqsimlay olishdir. Ushbu ma’ruza matni o’qituvchilarga psixologik bilimlar asoslarinigina emas, ta’limni bugungi kundagi maqsad va vazifalarini anglashda ham yordam beradi.
Xalq ta’limi tizimida psixologik xizmat– pedagog kadrlarni tayyorlash tizimida muhim psixologik fanlardan biridir. Bu mfvzu tinglovchilarni psixologiya fanidan amaliy ko`nikmalarni egallashga yo`naltiradi. Mazkur fan pedagog psixolog mutaxasislarni kasbiy tafakko`rni tarkib toptirish o`z vazifalarini ijodiy bajarish, umumiy tayyorgarlikni ta’minlashga yo’naltirilgan.
Psixologik xizmat AQSH da 1800 yillardan boshlab rivojlana boshladi. AQSH ning birinchi amaliyotchi psixologlari o’z-o’zini tarbiyalash muammosini o’rgangan eksperimental psixologlar edilar. Amerika maktablarida aqliy taraqqiyot koeffitsentini aniqlash keng tarqalib, keyinchalik «Gaydens» xizmatining rivojlanishiga olib keldi.
Fransuz maktab psixologiyasining otasi Alfred Bine bo’lib, u bu sohada 1894 yildan boshlab ish boshlagan. 1905 yilda Frantsiya ta’lim vazirligi Binega umumiy dastur bo’yicha o’qiy olmaydigan bolalarni tekshirish muammosi bilan murojaat qiladi va shu tariqa aqliy taraqqiyotda orqada qolgan bolalarni ajratadigan Bine-Simon testi yaratildi.
1990 yilda Frantsiyada maktab psixologik xizmati tashkil etiladi. 1970 yilda Frantsiyada psixologik-pedagogik yordam guruhlari psixologik xizmatning asosiy turini tashkil etadi. Bunday guruhlar maktab psixologiyasi bo’yicha bir mutaxassis, ta’lim psixologiyasi bo’yicha bir mutaxassis, psixomotor rivojlanish bo’yicha bir mutaxassisni o’z ichiga oladi. Bunday brigada 800-1000 o’quvchiga xizmat qiladi, bir maktabda joylashib, bir necha maktabda xizmat qilishi mumkin.
1985 yilda Frantsiya pedagogik psixologlarining funksiyalari aniqlab berildi. Pedagogik psixolog shaxsning har tamonlama rivojlanishi uchun qo’lidan kelgan barcha ishlarni qilishi kerak, bunda u bu ishlarga o’qituvchilarni va ota-onalarni ham jalb etishi mumkin. Pedagogik psixolog o’z ishida lozim topsa, maktab va oila tarbiyasiga qarshi chiqishi mumkin, deb maxsus ta’kidlangan.
Ko’pchilik Sharqiy Yevropa mamlakatlarida maktab psixologik xizmati tuman yoki viloyat psixologik-pedagogik markazlari shaklida tashkil etilgan. Masalan, 1980 yilda Chexoslavakiyada tarbiya masalalari bo’yicha modda maktab to’g’risidagi qonunga kiritildi. Psixologik xizmatning asosiy mazmuni - sog’lom shaxsning o’sishini ta’minlash, shaxs rivojlanishidagi turli qiyinchiliklarni korrektsiya qilish, kasb tanlash muammolaridir.
Chexoslavakiyadagi psixolog maslahatchining asosiy funktsiyasi psixodiagnostik faoliyatdan iboratdir.
Sobiq sovet psixologiyasida bolalar tarbiyasi va ta’limida psixologiyadan foydalanish borasida urinishlar pedologiya doirasida vujudga keldi. Pedologiya rivojlanayotgan va o’sayotgan shaxsning barcha biologik va ijtimoiy xususiyatlarini qamrab oluvchi fandir. 1936 yilda pedologik qarashlarini to’xtatish haqida qaror qabul qilindi, shu bilan birga sovet psixologlari amalga oshirayotgan bola psixologiyasidagi ijobiy izlanishlar ham to’xtab qoldi. Faqat 60 yillarning oxiriga kelib, psixologlarning maktab ishida amaliy ishtirok etishi qayta tiklandi. Eston psixologalari «tarbiyasi qiyin» o’smirlar uchun maxsus maktablarda ish olib bordilar. 1984 yilda Moskvada SSSR FA psixologiya institutida «SSSR da psixologik xizmat muammolari bo’yicha I umumittifoq anjumani bo’lib o’tadi. Anjumanda maktabda psixologik xizmat sektsiyasi ham ish olib boradi.
Sobiq sovet ittifoqida birinchi bo’lib Estoniyada 1975 yilda maktabda psixologik xizmat tashkil etildi rahbari X.I. X.Liymets, YU.L. Serd bo’lib, tarbiyasi qiyin o’smirlar uchun maxsus maktablarda ish olib boradilar/. Rossiyada 1982 yilda maktablarda psixolog shtati ochildi.
1989 yilda O’zbekistonda amaliyotchi psixologlarning yetishmasligi sababli Nizomiy nomli TDPUda amaliyotchi psixologlar tayyorlash fakulteti ochildi.
Hozirgi bosqichda psixologik xizmat faoliyatining 2 yo’nalishi: dolzarb va kelajak yo’nalishlari mavjud. Dolzarb yo’nalish o’quvchilar ta’lim tarbiyasidagi qiyinchiliklar, ular hulq-atvoridagi, muloqatdagi va shaxsi shakllanishidagi buzilishlar bilan bog’liq muammolarni hal qilishga qaratilgan.
Kelajak yo’nalishi har bir bola individuallgini rivojlantirishga, jamiyatda yaratuvchanlik hayotiga psixologik tayyorlikni shakllantirishga qaratilgan. Psixolog pedagogik jamoa faoliyatiga har bir o’quvchi shaxsi garmonik rivojlanish imkoniyatlari haqida asosiy psixologik g’oyani olib kiradi. Ikki yo’nalish ham bir-biri bilan bog’liq.
Bolaning rivojlanishi uchun qulay psixologik iqlim yaratish ham psixologik xizmat mahsuldorligining omillaridan biridir. Bunday yaratishda bolalarning kattalar va tengdoshlari bilan muloqati muhim hisoblanadi. O’smirlarning tengdoshlari va kattalar bilan muloqoti ular shaxsining shakllanishida muxim omil hisoblanadi. Muloqotdagi muvaffaqiyatsizlik, shundaay ichki noqulaylikka, o’zini yomon his qilishga olib keladi-ki, uning o’rnini hayotning boshqa sohalaridagi hech qanday ko’rsatkichlar bosa olmaydi. Muloqot o’smirlar tomonidan muhim jarayon sifatida qabul qilinadi; bu haqida ular muloqot shakllariga e’tibor berishni, kattalar va tengdoshlari bilan o’zaro munosabatlarini tahlil qilishlarini, ularni tushunishga urinishlarini misol qilib keltirish mumkin. O’smirda xuddi shu tengdoshlari bilan muloqotda shaxs ijtimoi yetukligining muhim ko’rsatkichi bo’lmish qadriyatlar shakllana boshlaydi
Psixologik tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, o’smirlik va o’spirinlik davrida kattalar bilan norasmiy ishonchga asoslangan muloqotga ehtiyoj bu davrda paydo bo’lgan yangi psixologik tuzilmalardan biridir.
Prezidentimiz I.A.Karimovning risolasida “... har bir masalaga xalqimizning milliy manfaati va yana bir bor milliy manfaati nuqtai nazaridan yondoshish, teran qiyosiy – tahliliy mushohada, tarix, zamon va kelajakni bir butun dialektik hodisa sifatida ko`rish, har qanday mavzuda jo`shqin bahs va muloqotga tayyorgarlik – bularning barchasi mustaqil o`zbek davlatining shioridir” – deb, ijtimoiy munosabatlar va shaxslararo munosabatlarning mazmun mohiyatini belgilab beruvchi jarayonlar to`g`risida to`liq ma`lumotlar keltirilgan.1
Hozirgi maktablarda o’quvchilarning kattalar, tengdoshlari bilan to’liq muomala muloqotni ta’sminlaydigan psixologik sharoitlar yaratilmagan. Shu sababli o’quvchilarda maktabga, o’qishga salbiy munosabat, o’ziga, atrofdagi kishilarga nisbatan noto’g’ri munosabat shakllanadi. Bunday sharoitda shaxsning rivojlanishi va uenga mahsuldor ta’lim berish mumkin bo’lmay qoladi. Shuning uchun ham qulay psixologik iqlim yaratish, o’quvchilar va kattalar o’rtasida qiziqarli muloqot uchun imkoniyat yaratishga amaliyotchi psixologlar, sinf rahbarlari, o’qituvchilar, ota-onalar intilishlari lozim.
2.O`zbekiston Respublikasi «Xalq ta`limi tizimida psixologik xizmat to`g`risidagi muvaqqat Nizom» haqida
O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi muassasalarida
psixologik xizmat to`g`risidagi
N I Z O M
Mazkur Nizom O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 iyundagi 109-sonli “Umumta`lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o`qitish bilan qamrab olishni ta`minlash bo`yicha normativ-huquqiy bazani яnada takomillashtirish to`g`risida”gi qarori (O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2010 y., 23-son, 184-modda) ga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi tizimidagi muassasalarda Psixologik xizmat (keyingi o`rinlarda Psixologik xizmat deb ataladi)ning maqsadi, vazifalari hamda faoliяtining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Psixologik xizmat O`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis Markazi (keyingi o`rinlarda Respublika tashxis Markazi deb yuritiladi) ning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
2. Psixologik xizmat “psixologiya” ixtisosligi bo`yicha oliy ma`lumotga ega bo`lgan psixolog yoki qayta tayyorlashdan o`tib, “amaliyotchi psixolog” malakasiga ega bo`lgan oliy ma`lumotli pedagoglar tomonidan amalga oshiriladi.
II. Psixologik xizmatning maqsad va vazifalari
3. Psixologik xizmatning maqsadi - shaxsning har tomonlama shakllanishi, rivojlanishi, samarali ijtimoiylashuvi va moslashuvi, bolalar rivojlanishining barcha yosh davrlarida psixologik salomatligini muhofaza qilish uchun psixologik-pedagogik shart-sharoit яratishdan iborat.
4. Psixologik xizmatning vazifalari:
har bir bolaning individual xususiяtlari, qiziqishlari, layoqat va qobiliяtlariga muvofiq rivojlanishida uning psixologik imkoniяtlaridan yuqori darajada foydalanish;
o`quvchining intellektual, shaxsiy, ijtimoiy rivojlanishidagi og`ishlarni o`z vaqtida aniqlash, tuzatish va oldini olish;
umumta`lim maktablarining o`quvchilari va bitiruvchilariga kasbiy va hayotiy o`zligini anglashida ularning shaxsiy qiziqishlari, moyilliklari, qobiliяtlari, salomatligini inobatga olgan holda psixologik yordam ko`rsatish;
ta`lim jarayoni barcha sub`ektlarining psixologik salomatligini muhofaza qilish, o`quvchilar jamoasi va pedagogik jamoada sog`lom psixologik iqlimni saqlash, kelib chiqishi mumkin bo`lgan nizolarning eng maqbul yechimlarini topish;
muassasada o`quvchilarning ta`lim va tarbiяsi, o`smirlar va yoshlar xulqidagi og`ishlar, shaxsning oilada va jamiяtda moslashuvi va ijtimoiylashuvi muammolari bo`yicha psixologlar, pedagoglar, ota-onalar yoki qonuniy vakillarning samarali hamkorligini ta`minlash;
“xavfli guruh”ga kiruvchi o`smirlarni psixologik qo`llab-quvvatlash, ular uchun tegishlicha psixologik tavsifnomalarni rasmiylashtirish va zarur bo`lganda voяga yetmaganlar ishlari bo`yicha komissiяlarga taqdim etish, tarbiяsi og`ir o`smirlarni (huquqbuzarlarni) ijtimoiy reabilitatsiя qilish bo`yicha tadbirlarni amalga oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoя qilish;
iqtidorli bolalar va o`smirlarning ijodiy rivojlanishiga imkon berish maqsadida psixologik kuzatish va qo`llab-quvvatlash.
III.Psixologik xizmatning asosiy yo`nalishlari
5. Psixologik xizmatning asosiy yo`nalishlari quyidagilardan iborat:
a) Psixologik ma`rifat – psixologik bilimlarni egallash maqsadida pedagog va o`quvchilar (tarbiяlanuvchilar)ning shuningdek, ota-onalar yoki qonuniy vakillarning psixologik madaniяtini oshirish.
3. Ta`lim muassasasida psixoprofilaktika, psixodiagnostika va korreksion ishlarni samarali tashkil etish.
Psixologik xizmatning mazmuni quyidagilardan iborat:
1.Psixoprofilaktika
2.Psixologik ma’rifat
3.Psixodiagnostika
4.Psixik rivojlanish va psixokorrektsiya
5.Psixologik konsultatsiya
6.Kasb-hunarga yo’naltirish
Psixoprofilaktik ishlar
Shaxsni muayyan sharoitga moslashish, ko’nikishga oid ishlarni olib borish, nevrotik holatlarni bartaraf oid ishlarni olib borish, nevrotik holatlarni bartaraf qilish, tarbiyasi og’ir bolalar bilan tadbirlar ishlab chiqish nazarda tutiladi.
Psixoprofilaktikada uch bosqich ajratib ko’rsatiladi:
Birinchi bosqich dastlabki profilaktika deb ataladi. Bu bosqich psixolog sog’ bolalar bilan ishlaydi yoki maktabdagi barcha o’quvchilarni qamrab oladi. Ko’pchilik mualliflarning ta’kidlashicha, maktab psixik sog’liq profilaktikasi uchun qulay hisoblanadi. Ular maktab psixologlarini dastlabki profilaktikani o’tkazadigan mutaxassislar deb tan oladilar.
Ikkinchi bosqich profilaktika muammolari mavjud bolalarga qaratiladi. Uning maqsadi - o’qishdagi va xulq - atvordagi qyinchiliklarni iloji boricha erta aniqlab, ularni yo’qotishdan iboratdir. Ikki bosqichda ota-onalar va o’qituvchilarga maslahatni ham o’z ichiga oladi bolaning o’qishi o’zgarishi uchun ta’lim uslubini o’zgartirish.
Uchinchi bosqich. Psixolog o’qishdagi va xulq - atvordagi yaqqol ko’rinib turadigan muammolari bor bolalarga o’z diqqatini qaratadi. Profilaktikaning dastlabki maqsadi - jiddiy psixologik qiyinchiliklarni va muammolarni yo’qotish va tuzatishdan iborat. Psixolog oldida kelgan bola bilan alohida ig’laydi. Maktab psixologining asosiy kuchi uch bosqichga ya’ni «tarbiyasi qiyin» bolalarga qaratiladi va o’quvchilarning asosiy qismi psixolog e’tiboridan chetda qolib ketadi.
Hozirgi amerika psixologlari maktablardagi psixologik xizmatni psixik sog’liqni xizmati sifatida faoliyat ko’rsatishning tarafdori bo’lib chiqmoqdalar.
Psixoprofilaka amaliyotchi psixolog faoliyatining maxsus turi bo’lib, maktabdagi barcha o’quvchilarning aqlan ta’minlashning shart-sharoitlarini yaratishdan iborat.
Psixologik ma’rifat
Psixologik maorif yoki ma’rifat o`quvchilar yoki Xalq ta’limi xodimlari, aholining psixologik madaniy saviyasini ko`tarishga qaratilgan. Psixologik ma’rifat quyidagi funktsiyalarni bajaradi.
-
Psixologik muammolar bo`yicha pedagogik kengashlarda, ilmiy kengashlarda ilmiy kengashlarda ma’ruzalar bilan chiqish.
-
Xalq ta’limi xodimlari o`rtasida psixologiya fanini oxirgi yutuklarini targ`ib qilish.
-
Ota-onalar, tarbiyachilar va psixologlar ishtirokida psixologik seminar o`tkazish (bog`chada, maktabda).
-
Psixoturkum, ma’ruzalar va seminarlar tashkil qilish (oliy o`quv yurtlarida).
-
Metodik qo`llanmalar ishlab chiqish.
-
Ota-onalar bilan ma’rifiy suxbatlar o`tkazish.
-
Tajriba ishtirokchilarining kasbiy faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda ularga psixologik ko`rsatmalar va tavsiyalash ishlab chiqish.
Psixodiagnostik ishlar
Maktabda ta’lim va tarbiyadagi nuqsonlar sababini aniqlashga mo’ljallangan.
Mazkur ishlar bolalarni ta’lim- tarbiya davrida psixologik-pedagogik jihatidan chuqurroq o’rganishga yo’naltirilgan bo’lib, ularning individual xususiyatlarini, ta’lim- tarbiyadagi nuqsonlar sababini aniqlashga mo’ljallangandir. Bu asnoda amaliy psixolog quyidagi vazifalarni bajaradi.
1.Yosh davr taraqqiyoti mezonlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida psixolog bolalarni psixologik tekshiruvdan o’tkazadi, ularning shaxs xislatlari, irodaviy sifatlari, xis-tuyg’ulari, intellektual darajalarini tekshiradi.
2.Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ko’nikma, bilim va malakalarni egallashlaridagi nuqsonlar, xulq-atvorlaridagi kamchiliklar, intellektual taraqqiyot va shaxs fazilatlaridagi nuqsonlar sababini aniqlaydilar.
3. Bolalarning kattalar, tengqurlari va kichiklarga bo’lgan munosabatlarini aniqlaydilar.
4.An’anaviy ta’lim va tarbiya metodlari yutuq va kamchiliklarini tadqiqot qiladi, innovatsion faol uslublar samaradorligini sinab ko’radi, bolalarning o’zaro munosabatlarini aniqlaydi va shunga asosan o’qitishni individullashtiradi.
Rivojlantiruvchi va korrektsion ishlar.
Rivojlantiruvchi va korrektsion ishlarni olib borishda psixolog inson shaxsi va individualligini yaxni o’rganishi lozim. Unda o’quvchilarni yosh xususiyatlari, dinamik taraqqiyoti emotsional zo’riqishi o’rganilib, yordam beriladi.
Psixologik xizmatning mazkur yo’nalishi psixologdan inson shaxsi va intellektualligini tarkib toptirish jarayoniga faol ta’sir o’tkazishni taqazo qiladi. Xalq ta’limi tizimidagi psixologning vazifasi psixologik muayan qoida, mezonga asoslanib tashkil etishdan iborat bo’lib, yosh davr xususiyatlariga binoan (bolalar, kattalar)psixikaning rivojlanishi, shaxsning shakllanishi qonuniyatlarini amaliyotga tadbiq qiladi, bolalar qobiliyati, qiziqishini, maylini, kamolot darajasiga qarab pedagog va o’qituvchilarga korrektsion ishlarini amalga oshirishda ko’rsatmalar beradi. Psixologik xizmatning bu yo’nalishida alohida kasb etadigan narsa-bu bolalar, o’quvchilar ta’lim jarayonida o’zlashtirishlarining orqada qolishini, xulq-atvorlarining buzilishini o’rganish hisoblanadi. Bular:
1.Psixolog bolalar, o’quvchilar, tinglovchilarning yosh xususiyatlarini hamda jadal rivojlanishini hisobga oluvchi, ularning psixikasining barcha jabhalarini qamrab oluvchi dinamik taraqqiyotiga kafolat beruvchi dastur ishlab chiqarishga butun faoliyatini yo’naltiradi, ijtimoiy o’sish talabiga javob beruvchi, umuminsoniy etnopsixologik qonuniyatlar muhitida kamolotga intiluvchi shaxsni tarkib toptirishni bosh maqsad deb tanlaydi.
2.Amaliyotchi psixologlar bolalar taraqqiyotidagi xulqi va muomalasidagi nuqsonlar hamda kamchiliklarni asta- sekin yo’qotish uchun korrektsiya ishlarining dasturini ishlab chiqadi va amaliyotga uni tadbiq qiladi. Buning uchun ular bilan maxsus mashg’ulotlar o’tkaziladi.
Rivojlantiruvchi va psixokorrektsion ishlar psixolog tomonidan har- xil shakllarda, vaziyatlarda va holatlarda tashkil qilinadi.
a) amaliy psixologning maxsus ishi, mashg’uloti ayrim bolalar, o’quvchilar bilan alohida o’tkazilishi rejalashtiriladi.
b) bolalarning boshqa bir faoliyati maxsus ravishda amalga oshirilib, bolalar guruhlariga tarbiyaviy ta’sir o’tkazishga yo’naltirilgan bo’ladi.
v) ota- onalar, pedagoglar ishtirokida tarbiyaviy tadbirlar tarzida mashg’ulotlar olib borish nazara tutiladi.
3.Psixologik korrektsion mashg’ulotlarni olib borish uchun maxsus xonalar jahon standartlariga javob berishi, autotrening, sotsial treninglar o’tkazish uchun barcha shart-sharoitlar bo’lishi lozim.
Psixologik maslahat ishlari.
Psixologik konsultativ ishlariga. O’quv muassasa xodimlariga maslaxat berish, o’quvchilarni psixologik holati yuzasidan ekspert konsultant sifatida yo’l-yo’riq ko’rsatish, ota-onalarga maslaxatlar berish. O’quvchilarga maslaxatlar berish kabilar kiradi.
Ushbu yo’nalishda psixolog quyidagi aniq ishlarni olib borishi shart.
1.Bolalarning ota-onalariga, pedagoglarga, ta’lim- tarbiya bilan shug’ullanuvchi barcha shaxslarga, ijtimoiy jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga aniq maslahatlar berib boradi.
2.Ta’lim, taraqqiyot, tarbiya, o’zaro munosabat masalalarida, muomala va muloqot sirlari yuzasidan individual, guruhiy tarzda maslahatlar berib boradi.
3.Ota-onalarga bolaning psixik rivojlanish xususiyatlari, shaxs sifatida shakllanishi, o’zaro munosabat maqomlari, unda farzandlarining yosh, jins, individual- tipologik xususiyatlari muammosi bo’yicha bo’yicha ilmiy- amaliy maslahatlar beradi.
4.Xalq ta’limi tizimini barcha bo’g’inlari va bosqichlarida ma’ruza o’qish, ota-onalar yig’ilishida, metod birlashma majlisida pedagogik kengashda, ilmiy kengashda ishtirok qilish orqali pedagoglar, muammolar ota-onalarning psixologik madaniyatini oshirishga harakat qiladi, ularga individual guruhiy maslahatlar beradi.
Qaysiki o’quv muassasalarida, maktablarda psixologik xizmat yaxshi yo’lga qo’yilsa, albatta shu joyda psixologik muxit, psixologik iqlim yaxshi bo’ladi. Ta’lim va tarbiya yaxshi natijalar beradi.
Psixologik xizmatda oila bilan xamkorlik katta o’rinni egallaydi. Har bir inson xayotida oila ko’rish masalasi eng asosiy masalalardan hisoblanadi. Oila ko’rish turmushning muhim bo’g’ini bo’lib, u inson zotini davom ettirishdek buyuk va ulug’vor vazifani o’z ichiga oladi. Inson shaxsning ilk bosqichlari avvalo oilada shakllanadi. Fe’l-atvor, odamiylik fazilatlari, xulk-axloq oila bag’rida tarkib topadi. Xar bir insonning kelajak taqdiri ko’prok oila muxiti bilan bog’lik. Shuning uchun ham insoniyat paydo bo’lganidan to xozirgi davrga qadar oila bilan bog’lik muammolar, masalalar kechiktirib bo’lmaydigan dolzarb masala bo’lib kelgan. Mamlakatimizda xalq baxt-saodatini ko’zlab amalga oshirilayotgan islohotlar, o’zgarishlar, yuksalishlar, barcha ezgu ishlar oilalar faravonligiga yurt tinchiligi, xalq faravonligiga qaratilishi lozim.
4.Psixologik xizmat xodimlarning mas`uliyati aks etgan.
Maktabdagi psixologik xizmat O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi Vazirligi tomonidan tashkil etilib tartib va darajaga egadir.
-
YUQori daraja-psixologik xizmat vazifalarini aniqlash, uning hujjatlarini tartibga keltirish ishlari, Respublika xalq ta’limi vazirligi qoshidagi psixologik xizmat markazining buyurtmasiga binoan yuqori malakali psixologlar (pedagogika institutlari va universitetlarining psixologiya kafedralari) tomonidan amalga oshiriladi.
-
O’rta daraja-mazkur hujjatlar tomonidan hali hisobga olinmagan yangi masalalarni amaliy ravishda hal etish psixolog mutaxassislar (xalq ta’limi Vazirligi qoshidagi maktab psixologik xizmati markazi) tomonidan amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |