“TASDIQLAYMAN” Yoshlar bilan ishlash boʻyicha direktor oʻrinbosari _________ R.Yusupov 01.04.2022-yil 1 aprel hazil va mutoyiba kuni Ilk bor bu bayramni 1509 yilda bir fransuz shoiri "Poisson d’Avril" (Aprel baliqchasi) she’rida, ehtimol bu she"r bayramga yozilib tayyor bo’lishini hisobga olgan holda, tilga olgan. 1539 yilning 1 aprelida bir flamand zodagoni o’z xizmatkorlariga g’ayriodatiy topshiriq berib, hazillashgan.
Bu kunning dastlabki to’g’ridan-to’g’ri bayram deb tan olinishi 1686 yilda Dchon Obri "Fools Holiday" (Tentaklar bayrami) ni tilga olagnida ro’y bergan. Shundan o’n yil o’tib bir necha londonliklar Tauer minorasida "arslonlarni yuvish"ga chaqirib odamlarga hazil qilishga urinishgan.
Deyarli butun Yevropada tarqalgan o’z tanishlarini har hil bahonalar bilan turli tomonlarga jo’natish odati (frantsuzcha - poisson d' avril, inglizcha - april-fool, nemischa - Aprilnarr, shotlandcha - gowk) to’g’risida turlicha farazlar mavjud.
Bugungi kunga qadar uni Annadan Kaiafaga, Pilatdan Irodga jo’natilgan Iso Masihning taqdirining namoyon bo’lishi bilan izohlaganlar. Bu izohlash O’rta asrlarda ko’pincha Aprel oyiga to’g’ri kelgan Pasxa bayramida mazkur sahna diniy tomoshalar (misteriyalar) tarkibiga kirganligi bilan asoslanib kelgan. Boshqalar bunda faqatgina Aprel ob-havosining o’zgaruvchanligiga ishorani ko’rganlar.
Qadimiy Germaniyada joriy odat ma’lum bo’lmagan va Grimmning faraz qilishicha bu yerga ohirgi yuz yilliklar davomida Fransiyadan olib kirilgan. Uning kelib chiqishi hamon u yerda ham aniqlanmaganligiga qaramay, buni majusiylar, balki qadimiy keltlar tomonidan bahor boshlanishi munosabati bilan o’tkazilgan bayramning qoldiqlari deya faraz qilishga asos bor.
R ossiyada Ilk ommaviy birinchi aprel hazili Moskvada 1703 yilda bo’lgan. Xabarchilar ko’chalarda yurib hammani "misli ko’rilmagan tomosha"ga taklif qilganlar. "Tomoshabinlar" so’roq- savollarining keti uzilmagan.
Belgilangan paytda esa pardalar keng ochilganida hamma sahnada "Birinchi aprel - hech kimga ishonma!" yozuvi tushirilgan bir enlik matoni ko’rganlar. O’z-o’zidan gulduros kulgi to’lqini ko’tarilgan. Shu bilan "misli ko’rilmagan tomosha" tamom bo’lgan.