Tasdiqlayman” Yozyovon tuman 5-umumiy o‘rta ta’lim maktab direktori N. Ergashev



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə1/2
tarix25.10.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#130920
  1   2
5 мактаб Hisobot saylov Tayyor


TASDIQLAYMAN”
Yozyovon tuman 5-umumiy
o‘rta ta’lim maktab direktori

__________N.Ergashev


Yozyovon tumani MMTBga qarashli 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti
hisobot-saylov yig‘ilishi

BAYONI №



2023 yil “14 ” sentyabr

Beruniy MFY




Raislik qiluvchi :




N.Ergashev










MMIBDO‘ :




Sh.Abdurahmonov










Qatnashchilar:




Maktabning pedagog xodimlari va o‘quvchilari



KUN TARTIBI:


1.Boshlang‘ich tashkilot tomonidan o‘tgan 2022-2023-o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlari hisoboti to‘g‘risida.
2.Boshlang‘ich tashkilot yetakchisini saylash to‘g‘risida.
3.Boshlang‘ich tashkilot Kengashi tarkibi, ittifoq va “Kamalak” sardorlarini saylash to‘g‘risida.
4.Boshlang‘ich tashkilotning 2023-2024-o‘quv yilidagi ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida.
ESHITILDI :
Yig’ilishni maktab direktori N.Ergashev ochib ,O‘zbekiston yoshlar ittifoqining O‘zbekiston tumani 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi boshlang‘ich tashkiloti 365 nafar “Kamalak” bolalar tashkiloti a’zolari, 185 nafar yoshlar ittifoqi a’zolarini o‘zida birlashtirishi haqida ma’lumot berildi.
Umumiy hisobot-saylov yig‘ilishida 56 nafar a’zolardan 50 nafari ishtirok etdi. Yig‘ilishni ochish taklifi bildirildi va ishtirokchilar tomonidan ma’qullandi.
Yig‘ilishning belgilangan tartib-qoidalar asosida o‘tishini nazorat qilish maqsadida 7 kishidan iborat tarkibda yig‘ilish hay’ati shakllantirildi.
Hisobot-saylov yig‘ilishida asosiy ma’ruzalar uchun 15 daqiqagacha, mukozaralar uchun 3-5 daqiqagacha vaqt berilishi taklifi bildirildi va delegatlar tomonidan ma’qullandi.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan MMIBDO‘ Sh.Abdurahmonovga so‘z berildi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining O‘zbekiston tumani 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi boshlang‘ich tashkiloti a’zolari, xamda “Kamalak” bolalar tashkiloti a’zolari ishtirokida sardorlarni saylash haqida ma’lumot beridi.
Boshlang‘ich tomonidan o‘tgan o‘quv yilida 7 nafar o‘quvchi va ota-onalarning ta’lim jarayoni bilan bog‘liq masalalardagi murojaatlari o‘rganib chiqilib, ijobiy hal etilishida ko‘maklashilgani aytib o‘tildi.


Boshlang‘ich tashkilot tomonidan tashkil etilgan “Ustozimga ehtirom” shiori ostida o‘tkazilgan loyiha, “Ekopatrul” loyihasi, “Harakatchan bolajonlar” musoboqasi kabi loyihalar o‘quvchilar tomonidan iliq kutib olingani va jamoatchilik tomonidan alohida e’tirof etilgani ta’kidlandi.
Hisobot yuzasidan muzokarada maktab direktori N.Ergashev, o‘quvchilardan Z.Abdug’afforovalar so‘zga chiqdilar.
Ular boshlang‘ich tashkilot tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar, jumladan, o‘quvchilar muammolarini o‘rganishga qaratilgan so‘rovlar, maktab hududida o‘rganish va reydlar o‘tkazish, pedagogik kengash yig‘ilishlariga masalalar olib chiqishga e’tibor qaratish tavsiya etildi.
So‘ng boshlang‘ich tashkilotning o‘tgan davrdagi faoliyati ovozga qo‘yilib, delegatlar tomonidan qoniqarli deb topildi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan boshlang‘ich tashkilot yetakchiligiga MMIBDO‘ Sh.Abdurahmonov, tarix fani o‘qituvchisi D.Qo‘chqorov, kadrlar bo‘yicha menedjer Y.Usmonovalar nomzodi qo‘yildi, yakuniy ovozlar soniga ko‘ra tarix fani o‘qituvchisi D.Qo‘chqorov boshlang‘ich tashkilot yetakchiligiga saylandi.
Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan maktab sardorlari tarkibi saylandi.
Kun tartibidagi to‘rtinchi masala yuzasidan boshlang‘ich tashkilot yetakchisi D.Qo‘chqorov axborot berib o‘tdi. Boshlang‘ich tashkilotning 2023-2024-o‘quv yilidagi ish rejasi ovozga qo‘yilib, yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Yig‘ilish kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan bildirilgan
fikr-mulohazalarni inobatga olib, yig‘ilish




Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin