Tasdiqlayman



Yüklə 1,75 Mb.
səhifə6/31
tarix21.10.2017
ölçüsü1,75 Mb.
#7211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31

Arteroskleroz – metobolik kasallik hisoblanadi, uning asosida oqsil va lipidlar metobolizi neyrogumoral regulyasiyasining buzilishi, tomir devorlarining trofik holati buzilishi yotadi. Odamda kasallik bilan bog‘liq ko‘plab faktorlar ko‘zga tashlanadi, ko‘p uchraydigani gipermikoproteinemiyaning aniqlangan turlari va arterial gipertenziya, ayniqsa u asab-emotsional zo‘riqish bilan to‘ldirilsa, jismoniy harakatning chegaralanganligi, nasldan-naslga o‘tganligidir. Aterosklerozni davolash uning kechish jarayoniga bog‘liq emas va lokalizatsiya (to‘plam)ning afzalligi, umumiy tadbirlar, ya'ni kun tartibida asabiy zo‘riqishni kamaytirish hisoblanadi. Ularga tavsiya sifatida ortiqcha, qo‘shimcha kasbiy zo‘riqishdan voz kechish, doimiy dam olish va b.q. aytish mumkin. Chekish va spirtli ichimliklar ichish ta'qiqlanadi. Alohida ahamiyat beriladigan tomoni ratsional harakat rejimining tuzilishi, gimnastika bilan shug‘ullanish, shuningdek, davolanish va sportdir. Aterosklerozni davolashda asosiy e'tibor fizik(jismoniy) usullarga qaratiladi, birinchidan buzilgan modda almashinuvi va tomirlar trofikasi, ikkinchidan, organlarda qon aylanishining kuchayishiga sabab bo‘luvchi gemodinamik xafagarchiliklarni kamaytirish, ulardan chetlab o‘tish. Asab tizimiga ta'sir qilish maksadida va u orqali buzilgan moddalar almashinuviga va organizmda qon aylanish rezervini rivojlantirishga qaratiladi va quyidagi davo usullari tavsiya etiladi: uyqusizlik holati nevrotik sindromida, stenokardiya, yurak ritmining buzilishi (elektrosistoliya, sinusli taxikardiya, paroksizmal taxikardiya hurujida) modda almashinuvining lipid va uglevodli buzilishlarida. (81 raqamli usul) tok chastotasi 5dan 20 Gs gacha. Davo jarayoni sekin-asta 20dan 45 daqiqagacha ko‘paytirib boriladi, davo usuli kun ora yoki haftada 4-5 marta o‘tkaziladi. Davolash kursi 12-18ta. Qon aylanishi buzilishi bilan bog‘lik vertebrobazilyar tizimi gipotoniya yetishmovchiligi va taxikardiyada – galvanik vorotnik (A.ye. Sherbek usuli) , kun ora yoki ikki kun ketma-ket, keyingi kun dam olish bilan buyuriladi. Davolash kursi 12-20ta. Nevropotik simptomlar bilan og‘rigan, ta'sirchan bemorlarga yomg‘irli yoki sirkulyar dush tavsiya qilinadi, vanna harorati 36 S. Har kuni 8-12daqiqadan 10-12 vanna. Mineral vannalar (yodobromli, natriy xlorli) yog‘ bosishi bo‘lgan bemorlarga Sharro dushi 1,5- 2 atmosfera bosimida kun ora 8-10 marta. Modda almashinuvi jarayonlariga jigar orqali ta'sir qilish, ayniqsa metabolik jarayonlari buzilgan, jigari va o‘t suyuqligi chiqarish yo‘llari kasallangan, qandli diabet bilan og‘rigan va boshqa almashinuv kasalliklari bilan og‘riganlarga mineral suv 1 stakandan uch marta ovqatdan 30-40 daqiqa oldin, iliq sharoitda qabul qilinadi. Gipoksiyani kamaytirish uchun oksigenoterapiyani, kislorod ingalyasiyasi 20 -30 daqiqa davomida har kuni qo‘llaniladi. Aterosklerozni davolash uchun davolovchi jismoniy tarbiya usuli qo‘llaniladi. Surunkali koronar yetishmovchiliksiz, infartkdan so‘ngi kardioskleroz va miyada qon aylanishining buzilishi asoratisiz, buyrak yetishmovchiligisiz P b gipertonik kasallik kuzatiladi va uni fizik metod (usullar)bilan davolash ta'qiqlanadi. Ular medikamentoz terapiya bilan davolanadi. Davolash kompleksiga albatta,DJT sport bilan shug‘ullanish, parhyez kiritiladi. Yurakning refleksogen sohasi, bo‘yin sohasiga massaj qilish (aniqlangan kardialgiyalarda), arterial bosimda, bosh og‘rig‘ida, uyqusizlikdatavsiya etiladi.YuIKli bemorlar jarrohlikdan keyingi davolash usullari etapli ravishda reabilitatsiya qilinadi. Hozirgi kunda YuIK ni davolashda konservativ davolash usullari bilan bir qatorda jarrohlik yo‘li bilan davolash ham yo‘lga qo‘yilgan. YuIKni jarrohlik yo‘li bilan davolashga stenokardiyaning og‘ir shakli, medikamentoz davolashga refrakterli, yurak anevrizmiyasi kiradi. YuIK bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlikdan so‘nggi davolashning bir qancha etaplari mavjud.

1-etap (jarrohlik klinikalarida) bemorning nostabilklinik holati davri. Jarrohlikdan so‘ng dastlabki kunlardanoq medikamentlar bilan davolash bilan birga nafas gimnastikasi va massaj buyuriladi.

1-etap (bemorlikdan so‘ng) bemorning holati stabillashadi, ya'ni me'yorida bo‘ladi. Bu davrda adaptatsion kompensator jarayonni yaxshilash maqsad qilib qo‘yiladi, davo fizkulturalarining (mashq) turli shakllaridan foydalaniladi, unda qayta tashkil qilingan va tabiiy fizik faktorlarga asoslaniladi. Birinchi navbatda yurak balneoterapiyasi yaxshi ta'sir etuvchi mashqlar, massaj, elektroterapiya, me'yorlashtirilgan yurish mashqlari buyuriladi. DJT asosini quyidagilar tashkil etadi: yuqori nafas yo‘llari mashqlari, shuningdek og‘irlikni ko‘paytirib boruvchi mashqlar, shu bilan birga massaj ham buyuriladi, unda vibratsiyadan tashqari klassik usullardan foydalaniladi. Elektr bilan davolash usullaridan novokainli elektroforez, elektrosondan foydalaniladi. Bu davrda 4 kamerali yoki “quruq” uglenordon vannalardan balneoterapiya o‘tkaziladi.



2-Etap (poliklinika sharoitida) bu etapda koronar yurak yetishmovchiligini davolashga yo‘naltirilgan tadbirlar gemodinamikaning buzilishi, nevrotik buzilishlarning bo‘shashishi va xavf faktorlari, kasallikning progressivligi, bir martali kompleks davolash, sulfidli vannalar,davo fizkulturasi, massaj, elektroson buyuriladi.Bemorlarga sanator -kurort davolash mahalliy kardiologik sanatoriyalarga, bir yildan so‘ng esa klimatik va balneologik kurortlarda davolanish tavsiya etiladi, u yerda bemorlarga DJT elektroterapiyasi bilan kompleks davo usullari, aeroterapiya, gemoterapiya. UFO, daryoda, basseynlarda cho‘milish qo‘llaniladi . Shunday qilib,YuIK bemorlar jarrohlikdan so‘ng sog‘ligini tiklash YuIK bemorlari reabilitatsiyasi umumiy prinsiplari, shuningdek, davolanish uzoq etapli va o‘zida reabilitatsion profilaktik yo‘nalishli harakatlarni o‘z ichiga oladi.

Gipertoniya kasalligi

Gipertoniya kasalligi organizmning surunkali patologik holati bo‘lib, uzoq ko‘rinishli sistolidiostolik gipertenziya rivojlanishida genetik kelib chiqishi ahamiyatga ega, markaziy asab va neyroendokrin tizim disfunksiyasi va membrana retseptor patologiyasi, tomirlar, yurak, jigar strukturasi o‘zgarishlariga olib keluvchi kasallikdir.GK da qon bosimining oshishi arterial gipertenziya simptomlarida barchaga ma'lum bo‘lgan sabablarga asoslanmaslik kerak. Chet ellarda qo‘llaniladigan atamalar ro‘yxati sindromal va verifikatsiya tashhisi simptomlariga yondoshishda “arterial gipertenziya”termini qabul qilingan, u arterial bosimning yuqorilik darajasi va faktini o‘zida aks ettiradi. Shuning uchun unda birlamchi (essensial) va ikkilamchi (simptomli) arterial gipertenziya farqlanadi. GK ning oqibatlari darajasi yuqori (insult, infarkt, yurak yetishmovchiligi, surunkali buyrak yetishmovchiligi) va o‘limga olib keladi. Bundan tashqari qon borsimining ko‘tarilishi (oshishi)atereosklerozning rivojlanishi, yurak ishemik kasalliklari bilan bog‘liq. Kasallik o‘sib borishi xavfining oshish faktori erkaklarda deb hisoblaniladi, ayollarda menopauza, chekish, xolesterinning 6,5 mmol/l oshib ketishi, nasldan naslga o‘tishi hisobga olinadi. Xavfning boshqa faktorlariga XS LVPning pasayishi, XSLNPning oshishi, diabetda mikroalbuminuriya, glyukozaga ta'sirning susayishi, semirish, bir joyda o‘tirib qolish, fibrinogen darajasining oshishi, plazminogen ekzogenli to‘qima aktivatorining pasayishi, 1 turdagi plazminogen ingibator aktivatorining oshishi, aminoprotein konsentratsiyasining oshishi, koagulyasiya UP faktorining yuqori ahamiyati, gomotsistein,01–dimer SRB, ekstrogen yetishmovchiligi, yurak qon-tomir tizimida surunkali immun jarayon yetishmovchiligi borligi, uning aniq qo‘zg‘atuvchilari borligi, sotsial-iqtisodiy holatning pastligi, etnik qatlam, endemik geografik regionda yashash, kasallikning o‘ziga xos xususiyatlari (yashirin agressivlik, havotirli “A ko‘rinishdagi hulq atvor”).Qon bosimining oshishiga asosan qon aylanish balansining buzilishi va tomirlarning periferik qarshiligi sabab bo‘ladi. Qon aylanishining daqiqaviy oshishi ham yurakka ta'sir qiladi,u o‘z navbatida miokard qisqarishi va qon sirkulyasiyasi oshishiga olib keladi. Tomirlarning periferik qarshiligi arterial tonusining chidamliligi va tomirlar remodelyasiya qilishdarajasiga bog‘liq (mediointimal kompleks gipertrofiyasi natijasida tomirlarning torayishi va tomir devori qat'iyligi oshishi). GK da gemodinamikaning buzilishi yurak-qon tomir tizimi va buyrakdagi o‘zgarishlarga, pressor va depressor mexanizmlar fiziologiyasi maromi buzilishiga bog‘liq. GK arterial bosimning oshishi markaziy va simpatik asab tizimi qon aylanishidagi o‘zgarishlarga olib keladi, bu endokrin apparat faolligi, buyrak funksiyasi va mikrotsirkulyasiya bilan chambarchas bog‘liq. Hozirgi vaqtda arterial gipertenziyaning dastlabki faktorlari tuzilishi genetik kasalliklarga moyillikni aniqlash hisoblanadi, u ionlar transport tizimi tarqalishining buzilishida aks etadi (ko‘rinadi) va hujayra membranasi sitoplazmatik strukturasi hisoblanadi. Buning natijasi kalsiy almashinuvining siljish darajasi, gormonal hujayrali aloqasi, gipotalamogipofizar buyrak osti faolligi kuchayishi ko‘rinishi, renin-angiotenzin-aldosteron, insulyar tizim va b.q. Hujayralarning kalsiyga to‘yinishi silliq mushak tomirlari qisqarishini kuchaytiradi funksional komponentlar periferik qarshiligini oshiradi. Buning natijasida yuzaga keluvchi miokard gipertrofiyasi va yuqori qisqarish, devorining kengayishi va tomirlar torayishi arterial bosimning yuqori darajasini belgilaydi. Natijada arterial gipertanziya bosh miya markazi bilan baroretseptor aloqaning buzilishi natijasi, simpatik nervlar, rezistiv va sig‘imli tomir, yurak mexanizmining renin-giotenziv aktivligi natijasi, aldosteron sekretsiyasi ortiqchali va nihoyat,buyrak depressor mexanizmining sarflanishi (tugashi), (prostoglandin G‘2, kallikrinin, bradikinin), tomirlar 12 prostaglandin yoki prostotsiklin, kallikrein kininli va dopaminergik tizimi, endotelial muskullar tarangligining bo‘shashish faktori) va yurak (yurak old bo‘lmachasi faktori) bo‘lib hisoblanadi.Arterial gipertenziyaning patogenetik faktori deb to‘qimalardagi insulin rezistentlik (natriy reabsorbsiyasi kuchayishiga bog‘liq, simpatik asab tizimi faolligi oshishi, protoonkogen ekspressi va vazodilitator stimullar bo‘shashishi), tomir yo‘llari retseptorining qalinligi oshishi va miokard, uning adrenergik kortizon sekretsiyasi ortiqcha adrenergik ta'sirlarga sezgirligi va tireoid gormonlar, asab endrokrin tizimi asosiy biologik ritmi o‘zgarishlari va shu bilan birga yurak-qon tomir tizimi ritmi regulyasiyasi hisoblanadi.Gipertonik kasalliklar patogenezida endorteliy disfunksiyasi endotelin sintezi oshishiga tegishli va oksid-azot sintezi kamayishi asosiy o‘rin tutadi.Yurak va tomirlar rekonstruksiyasi, gipertenziyaning uzoq davom etishi qon aylanishining og‘ir sharoitlarda ishlash oqibatida buzilishi, bo‘shashishning buzilishiga olib keladi va miokard qisqarishi, serebral, koronar, asoratli periferik gemodinamika insult, infarkt, yurak va buyrak yetishmovchiligiga olib keladi. GK ning asosiy sindromi kardialgiya, sefalgiya, arterial gipertenziya. Yurak qon tomir tuzilishini qayta tiklashendotelial disfunksiya, (MAS) disfunksiyasi. Neyrogumoral dizregulyasiya, membrana retseptor patologiyasi, buyrak disfunksiyasi hisoblanadi.GK ni davolashda asosiy maqsad AB ning pressor va depressor mexanizmlari regulyasiyasi orasidagi bir xillikni yoki me'yorni tiklashdir. Terapiyaning asosiy vazifalaridan biri miokard funksiyasi va strukturasini regulyasiya qilish, tonus modulyasiyasi, rezistiv va yo‘g‘on arteriyaning tuzilishi, buyrak va markaziy asab tizimi funksiya korreksiyasi hisoblanadi. Bu masalalar o‘z navbatida asosiy gormonal tizim disbalansini bartaraf qilishni ko‘zda tutadi (simpatoadrenal, renin angiotenzin aldosteron, kallikrein kinin, endotelinli va b.q.) mikrokalkulyasiyaning vazoaktiv joyi yaxshilanishi (buyrak, bosh miya)sinokarotid zona retseptor o‘zaro aloqa korreksiyasi. Aorta yoyi, bosh miya markazi va buyrak, shuningdek, tomir endoteliya membrana darajasi. Tomirlar yassi mushakli elementi. Arterial gipertenziyani davolashda asosiy preparatlar neytrotop vositalar bo‘lib. Bu vositalar tomirlarning tekis mushakli elementlari antogonist renin angiotenziv tizim, siydik haydovchi vositalar kiradi.GK larni fizioterapevtik davolash MAS (sedativ usul) tormozlanish jarayonini kuchaytirishga yo‘naltirilgan sefalgiya usullariga, arterial gipertenziya korreksiyasi (gipotenziv usul), simpatoadrenal tizim faolligi pasayishi, vegetokorreksiya usuli, renin –angiotenzin- aldosteron (RAAS) faollligining kamayishi va AB regulyasiya mexanizmi buyrak hajm korreksiyasiga(VAAS modulli usul) yo‘naltiriladi.

GK ni davolashning fizik davo usullari

Sedativ usul: elektrouyqu terapiya. Umumiy franklinizatsiya, bosh miya va segmentar soha, sedativ preparatlar bilan davo elektroforezi, transkvilizator, antidepressantlar, bo‘yin sohasi va boshning mahalliy darsonvalizatsiyasi, yodobrom, xlor, azotli vannalar, sedativ preparatlar aerofitoterapiyasi, doimiy aeroterapiyaGipertenziv usullar: transserebral amplipulsoterapiya, iliq chuchuk, xlorid natriyli vannalar.Vegetokorigulik usullar: transkranial elektroanalgeziya, bosh miya galvanizatsiyasi va simpatik stvol, dorili elektroforez (adrenolitik. Changli oblekar, xolinomimetiklar), past chasastotali magnitoterapiya (bosh, bo‘yin simpatik tugunlari,yurak UVCh terapiya (sinokarotid sohalar, quyosh nurlari, bo‘yin simpatik yo‘llari), infraqizil lazeroterapiya, bio boshqarishli aeroionoterapiya.: galvanizatsiya, diadinamo terapiya, amplpulsterapiya, DMV terapiya, buyrak sohasiga past va yuqori chastotali magnitoterapiya.GK larni fizioterapiya bilan davolash mumkin bo‘lmagan holatlarga gipertoniyaning Sh stadiyasi(bosqichi) kiradi, gipertonik kriz, krizning klinik ko‘rinishlarsiz qon bosimining birdan ko‘tarilishi, qon aylanishining GA stadiyadan yuqori buzilishi, (elektroterapiya uchun) va 1 stadiyadan yuqorisi (balneoterapiya uchun), miyada qon aylanishining buzilishining (insult)dastlabki muddati, miokard infarkti (o‘tkir kechish davrida), yurak ritm faoliyatining buzilishi (mersatel aritmiya, taxisistologik formasi, paraksizmal taxikardiya)Sanator-kurortlarda davolash. GK bilan og‘rigan bemorlarni sanator- kurortlarga davolanishga yo‘llanma berishda nafaqat kasallik stadiyasi, balki kasallikning klinik xususiyatlari asoratlari borligi va yondosh kasalliklarga ham ahamiyat beriladi .GK ning sekin kechuvchi 1 va P stadiyalari bilan og‘rigan bemorlarda tomir krizi yetishmovchiligida va bosh miya tomirlarining ko‘ringan aterosklerozi, yurak, buyrak, yurak ritmi buzilishining og‘ir bo‘lmagan holatlari va o‘tishida, qon aylanishi yetishmovchiligining 1 stadiyasidan yuqori bo‘lmagan bemorlar Primore kurortlar (jazirama issiq davrdan tashqari)ga yo‘llanma beriladi, shu bilan birga tog‘ oldi iqlimi. O‘rmon va pasttekisliklardagi kurortlarda davolanish tavsiya etiladi. Ularga balchiq bilan, radonli, gazlangan, yodlangan suvlar bilan davolovchi kurortlar kiradi.GK ning P bosqichidagi stabil arterial gipertenziyali bemorlar, gipertonik bo‘lmagan krizlar, miyadagi buzilishlar, toj arteriayalarida qon aylanishi, buyrak funksiyasi, yurak ritmining og‘ir o‘zgarishlarsiz buzilishi va o‘tkazuvchanligi. Qon aylanish yetishmovchiligining P dan yuqori bo‘lmagan stadiyalarida mahalliy sanatoriylarda davolanish tavsiya etiladi. GKning 1 stadiyasida (bosqichi) kurort terapiya, sanatoriyada yoki ambulatoriyada davolanish tavsiya qilinadi. GK krizi kechishida (krizdan tashqari) kasallikning barqaror kechishida bemorlarni kardiologiyaga ixtisoslangan mahalliy sanatoriylarga yo‘llash mumkin.Mahalliy sanatoriyalarda kasallikning NB stadiyasida kasallikning yaxshi (ijobiy, musbat) kechishi PA stadiyali qon aylanishidagi yetishmovchiliklar tezlashgan (mersatel) aritmiya, u bilan bir vaqtda kechuvchi IBS, FK 1,Sh kuchlanishli stenokardiyasi, gipertonik krizdan oldingi muddatlar, miya va toj arteriyalari faoliyati buzilganda davolaniladi. Gipersimpatikon belgilari bo‘lgan bemorlar suv bilan davolovchi, ya'ni radonli, yodobromli suvlar bilan davolovchi va o‘rmon iqlimli, primore kurortlari (issiq vaqtlarda janubiy kurortlar bundan mustasno) tavsiya etiladi.Ob-havoga ta'sirchan bemorlar, klimakterik davrdagi ayollarni kech kuz va erta bahor vaqtlarida pribaltika- primore kurortlariga, shuningdek, tez o‘zgaruvchan iqlimli regionlarda davolanish tavsiya etilmaydi.

Pnevmoniya (o‘pkaning zotiljam yoki yallig‘lanishi) o‘choqli( markazli,o‘choqli) va zardob yig‘ilgan (krupozniy) bo‘ladi.O‘choqli( markazli) pnevmoniya –bu o‘pka to‘qimasining katta bo‘lmagan joylarini va bu jarayonga alveolalar va bronxlar qo‘shilib yallig‘lanishidir.Zardob yig‘ilgan (krupozniy) pnevmoniya (o‘pkaning zotiljam yoki yallig‘lanishi) -bu o‘tkir infeksion (yuqumli) kasalllik bo‘lib,bunda yallig‘lanish jarayoni o‘pkaning bitta bo‘lagini egallaydi.O‘choqli va zardob yig‘ilgan zotiljamda alveolalarning ichida ekssudat(suyuqlik) paydo bo‘lib , qaysiki butunlay so‘rilib yoki yiringlashi mumkin.

Zotiljam kasalligida DJT qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar.

1.Bemorlarning yuqori xarorati

2.Bemorlarning yaqqol intoksikatsiyasi(zaxarlanishi)

3.Nafas olish yetishmasligi.

4.Taxikardiya( yurakning tez urishi)

To‘shak tartibotida bo‘lgan bemorlarga ShJTni qo‘llanilishi.

Bu davrda DJTning vazifalari:

Nafas olish mexanikasini(xarakatlarini) normallashtirish

Nafas olish yetishmasligini kamaytirish

O‘pkadagi patologik o‘choqni qaytishini kuchaytirish

Tashqi nafas olish funksiyasining , yurak-qon tomir ,asab, oshqozon-ichak va boshqa sistemalar faoliyatining ko‘rsatgichlarini yaxshilash.Atelektaz va tromb xosil bo‘lishini oldini olishBemorlarning 3-5 kun kasalxonada bulishlarida tananing haroratining tushishi , yurak urish tezligining kamayishi ,leykotsitozning tushishi bilan DJT buyuriladi.Shifobaxsh gimnastika darslari yakka tartibda o‘tkaziladi.Muolajani statik nafas olish mashqlarini bajarish bilan boshlanadi. ShJT metodisti yordamida bemor maksimal chuqur nafas olishga va lablarini trubochka (naycha) qilib uzoq nafas chiqarishga xarakat qiladilar.Shundan keyin metodist bemor qornining(diafragma joylashgan joyiga) yuqori kvadratiga qo‘lini qo‘yadi va chuqur nafas olish vaqtida qorinni maksimal oldinga chiqarishga iltimos qiladi, bu esa o‘pkaning ventilyasiyasini yaxshilashga ,nafas olishning chuqurligi ko‘payishiga va uning tezligini kamaytirishga , diafragmaning qo‘zg‘alishini ko‘paytirishga imkon beradi.O‘pkani ventilyasiyasini yaxshilash uchun metodist bemorni kasal tomonidan sog‘ tomoniga yotqizadi. Shundan keyin qo‘l va oyoqlarning mayda va o‘rta muskullari guruxiga jismoniy mashqlar qo‘llaniladi. Kasal tomonda yotgan dastlabki xolatda orqani massaj qilinadi.Bu esa o‘pkani asoratlarini oldini olishga olib keladi.



Bronxial astma (ziqnafas kasalligi). Bronxial astma kasalligi ekspirator nafas siqilishi (bo‘g‘ilish) tutishi (pristupi) bilan xarakterlanib (ta'riflanib), bronxlar va kichik bronxlarni ichining torayishi va ularda zkssudatning paydo bo‘lishidan kelib chikishidir.Shifobaxsh jismoniy tarbiyasini qo‘llashga karshi dalillar: nafas olish va yurak funksiyalarining yetishmasligi, tana xaroratining ko‘tarilishi (37°).ShJT ning vazifalari: bronx va bronxiollarni spazmini (qisilishini) kamaytirish va yo‘qotish, o‘pkaning ventillyasiya va drenaj funksiyalarini yaxshilash nafas olish muskullarini mustaxkamlash va ko‘krak qafasini ko‘zgaluvchanligini oshirish, o‘pka emfizemasining (kengayishining) o‘sishini oldini olish,to‘qimalar-da kon va limfa aylanishlarni yaxshilash, markaziy asab sistemasida tormozlanish va qo‘zgalish jarayonlarini vazminligini tiklash, usib boruvchi jismoniy xarakatlarga moslashish butun organizmni sog‘aytirish va mustaxkamlash.Darslar yakka tartibli, kichik guruxli va guruxli usullarda o‘tkaziladi.Shifobaxsh jismoniy tarbiyasi usuli bemorning yoshi, xolatining og‘irligi, nafas siqilishining tezligi, kardiorespirator sistemalarining funksional xolatiga karab yakka tartibda tuziladi.

Qo‘llanadigan dastlabki xolatlar: krovatning bosh tarafini ko‘tarilgan xolatda orqada yotish, stulning suyanchigiga suyalib utirish, bu esa ko‘krak qafasini yaxshi ekskursiya bo‘lishiga yordam beradi va nafas chiqarishni yengillashtiradi.Nafas olish gimnastikasi (ko‘krak, diafragmal, tovushli), oddiy gimnastika mashklari va orqani massaj kilish ishlatiladi.Kichik guruxli vv guruxli darslar kuyidagi dastlabki xolatlarda o‘tkaziladi: o‘tirgan stulni ushlab turgan va turgan xolatlar.Darslar kuyidagi shakllarda o‘tkaziladi: davolash gimnastikasi muolajasi, ertalabki badantarbiya, bemorlarga beriladigan o‘ziga xos topshiriqlar, dozali sayr qilish.Davolash gimnastika muolajasi darslarida quyidagi maxsus mashqlar qo‘llaniladi: nafas olish mashqlari nafas chiqarishni uzaytirgan xolda, unli va undosh xarflarni aytib, diafragmal nafas olish, qo‘l muskullarini bo‘shashtirish uchun mashqlar, korin muskullarini mustaxkamlaydigan mashqlar.Nafas olishning ritmini, chukur nafas olish va nafas chikarish davomatining oshirishini tiklaydigan maxsus nafas olish mashqlaridan tashkari darslarga oddiy, yengil bajariladigan gimnastika mashqlari, quyidagi ko‘rinishlarda oyok va qo‘llarning bukilishi, yozilishi, keltirish- qaytarish, aylantirish mashqlari, shuningdek tananing yozilishi,oldinga va yon tomonga engashish mashqlari kirgizilishi kerak.Asta-sekin kuchlantiruvchi (medbollar, gantellar) snaryadlar bilan (gimnastika yog‘ichi va koptoklar) va snaryadlarda (gimnastika narvoni va skameykalari) mashqlari qo‘shiladi.Ko‘krak qafasi qovurg‘alar orasi, bilak va orqa muskullarini massaj qilish tavsiya etiladi. Bemorniig kasalxonadan chiqqanidan so‘ng shifobaxsh gimnastika darslarini shifokor nazorati ostida poliklinika yoki shifokorlik jismoniy tarbiya dispanserida davom etiriladi.Shifobaxsh gimnastika bilan birga dozali eshkak eshish, chang‘ida va konkida yurish, yugurish, suzish, volleybol, basketbol, terrenkur za boshkalar qo‘llanishi kerak.



O‘pka emfizemasi (kengayishi) kasalligi .

O‘pka emfizemasi -surunkali kasallik bo‘lib, o‘pka alveollarining kengayishi, alveollar devorlarining atrofiyasi va o‘pka to‘qimasining elastikligi (egiluvchanligi) pasayishi kuzatiladi.Bu kasallikda ko‘krak kafasi kengayadi, uning ekskursiyasi kamayadi, nafas chiqarish qiyinlashadi, nafas olish muskullarini xar doim zo‘r berib ishlashi, muskullarni tolikishini chaqiradi, yuzaki nafas olish o‘sib boradi va o‘pkaning xayotiy xajmi kamayadi, nafas olishning daqiqalik xajmi fakat nafas olish tezligi xisobiga taminlanadi.O‘pka emfizemasi bronxit, bronxial astma, pnevmoskleroz kasalliklaridai keyin paydo bo‘ladi.

O‘pka emfizemasida patologik jarayonning rivojlanishi 3 ta bosqichga bo‘linadi:

1.kompensatsiya (o‘rnini to‘ldirish) bosqichi;

2.nafas olishning yetishmasligini paydo bo‘lishi boskichi;

Z.yurak va nafas olish funksiyalarining yetishmasligi boskichi.

Birinchi boskichda - DJT ning vazifalari:

1) ko‘krak kafasining qo‘zgalishini oshirish;

2) nafas olish muskullarini mustaxkamlash;

3) diafragmal nafas olishga o‘rgatish;

4) yurakning muskullarini mustaxkamlash;

5) organizmni jismoniy xarakatlarga (nagruzkalarga) moslashtirish;

6) organizmni umumiy chiniqtirish va sog‘aytirish.

Shifobaxsh jismoniy tarbiyaning quyidagi shakllari qo‘llaniladi: shifobaxsh gimnastikasi muolajasi, dozali eshkak eshish, suzish, changida yurish.Kasallikning ikkinchi boskichida o‘pka emfizemasining yaqkol ko‘rinishlari va nafas olishning yetishmasligi kuzatiladi.



Gripp hamda yuqori nafas yo‘llari shamollashiningoldini olishda fizik omillarning qo‘llanilishi.

Organizmning turli kasalliklarga qarshiligini oshirish, immuno-biologik mexanizmlarini kuchaytirish, simpatik nerv sistemasining tonusini ko‘tarish, gripp va yuqori nafas yo‘llari shamollashining oldini olish uchun quyidagilar tavsiya etiladi :

UBN tubus orqali, ikki biodozada, kun ora bir vaqtda xona havosi BUV bakteriotsid lampasi orqali nurlanadi. BUV lampasi bo‘lmasa, o‘rniga simob-kvarsli lampa PRK-3 gorelkali ishlatsa bo‘ladi. Refleksatorni poldan 1,5 metr balandlikda shipga qaratib, 30 minutga qo‘yiladi.

Gripp kasalligiga qarshi fizioprofilaktikada organizm immunitet ishlab chiqarishi uchun maxsus usullar bor.



Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin