Tasdiqlayman


Reperativ-regenerativ metod



Yüklə 1,75 Mb.
səhifə10/31
tarix21.10.2017
ölçüsü1,75 Mb.
#7211
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31

Reperativ-regenerativ metod.Infrakizil lazeroterapiya.Bu usul kasallikning o‘tkir osti va surunkali boskichlarida qo‘llaniladi.Infraqizil nurlantirish molekulalarni nuklein kislota va kislorod bilan to‘yintiradi,to‘qimalarni reperativ regeneratsiyasiga ta'sir ko‘rsatadi va metobolizmini oshiradi.Nurlantirish (L=0.93mkm) o‘t qopi proeksiyasi soxasiga yoki o‘ng qovurga osti soxasiga,maksimal ta'sir 4-5mVt,tanafussiz rejimda(yoki impulslida 1000Gs),stabil metoda(Kerr nuqtasiga) yoki labil,muolaja vakti 4-5 min xar kuni,kurs 10-15 muolajadan iborat.Jigar soxa galvanizatsiyasi.Biologik aktiv moddalar(,kallikrein,prostaglandin) va vazoaktiv mediatorlar (atsetilxolin,gistamin) miqdorini oshirish orkali mikrotsirkulyasiyani aktivlaydi.Galvanik tok to‘kimalarda makroerglar sintezini oshiradi,almashinuv-trofik va reparativ jarayonni stimullaydi.Jigar soxasiga anod qo‘yiladi,tok kuchi ta'siri 0.03-0.05mA/sm2,muolaja vakti 15-20 min,xar kuni,kurs 10-15 muolajadan iborat.Jigar peloidoterapiyasi. Peloidlar to‘qima plazmolemmasi tarangligini oshiradi, o‘tkazuvchanligini oshiradi,autoliz maxsulotlari va interstitsial to‘qima shishi so‘rilishini kuchaytiradi.Antioksidant sistema aktivligini oshirib,lipidlar perikisli oksidlanishini tormozlaydi va yalliglanish jarayonida oshayotgan glikoliz va lipolizni qayta tiklaydi.Peoidlar sklerozlangan chandikli to‘qimadagi proteoglikanlar kompleksini buzadi,glikozoaminoglikanlar dezagregatsiyasini chaqiradi va skleroz o‘chogi va biriktiruvchi to‘qima sintezida ishtirok etuvchi fibroblastlar differensirovkasini kuchaytiradi.Temperaturasi 38S bo‘lgan balchik aplikatsiyasi ko‘llaniladi,vakti 15-20 min,xar kuni yoki kun oralab,kurs 10 muolajadan iborat.Kasallikning surunkali bosqichlarida takroriy davolash kursi 5-6 oydan sung o‘tkaziladi, o‘tkir osti jarayonda –chegaralangan.Bu xolatda balchiq xarorati 34-36S(yoki 20S-sovuk peloidoterapiya) bo‘lishi kerak,vaqti 10-15 min,xar kuni,kursi 8-10 muolaja. Xolekinetik metod.Xlorid-sulfidli,natriy-magniyli mineral suvlarni qabul qilish.Xlor ionii jigarning o‘t ajratish funksiyasini stimullaydi,glikoliz va lipoliz intensivligini oshiradi,eritrotsitlar plazmolemmasi o‘tkazuvchanligini kamaytiradi. Sulfat ionlari o‘t qopi mushagi tonusini stimullaydi va o‘t yo‘li sfinkterlarini bo‘shashtiradi(Lyutkens va Oddi), o‘tning 12 barmok ichakka xarakatini yengillashtiradi.Magniy va kalsiy ionlari (sulfid ionlari bilan aralash) jigarning mikrosomal fermentlar sistemasini aktivlaydi,tomir devorini qattiqlashtiradi,to‘qima ichi suvi va o‘t qopi devori, o‘t yo‘li,12barmok ichak yondosh yalliglanish kasalliklaridagi shilliqni kamaytiradi.Bundan tashqari mineral suv tarkibida naften,gumin,bitum va fenomlar bo‘lib,bular gepatotsitlardagi toksinlar biotransformasiya jarayonini stimullaydi.Kuyidagi mineral suvlar ko‘llaniladi: yessentuk N 4,17, yekateringof, borj,smirnov, uglich, moskov, ijev,batamin va boshkalar. Mineral suvlarni me'daning kislota ajratish funksiyasiga qarab ovqatdan oldin ichiladi:gipoatsid xolatda 15-20 min ,normatsid xolatda 30-45 min,giperatsidda 60-90 min oldin suv xarorati 36-45S,mikdori 100ml dan boshlanadi va 200-250ml gacha,kuniga 3-4 marta(ovqatlanish rejimiga bogliq xolda)kichik qultumda sekin;kurs kurortda 21-24 kun va ambulator xolatda 28-40 kun;takroriy kurs 4-6 oydan keyin.Amplipulsterapiya. .O‘t qopi proeksiyasi soxasiga ta'sir ko‘rsatilganda xolekinetik ta'sir ko‘rsatib o‘t qopi sillik mushaklarini ritmik qisqarishini chakiradi.Amplipulsterapiya 2-rejim bo‘yicha olib boriladi,PP(11 RR) toki,modullash chastotasi 10 Gs,chuqurligi 50-75%,tok kuchi-yengil vibratsiyaga kadar,10 min dan xar kuni,kursida 10 muolaja,takroriy kurs 1 oydan keyin.

Spazmolitik metod. Yuqori chastotali magnitoterapiya.Yuqori chastotali magnit maydoni markaziy va periferik nerv sistemasi qo‘zgaluvchanligini kamaytirish orkali somatik va visseral afferent tolalar o‘tkazuvchanligini pasaytiradi,sillik mushak tolalari tonus iva ularning xarakat aktivligini kamaytiradi.Magnit maydoni chastotasi 13.56mGs ilik (doza 1; ) va issik(doza 11) effekt,vaqti 15 min,xar kuni yoki kun oralab,kursda 10 muolaja.

Sedativ metod.Elektruyqu terapiya.Impuls toklari sarik dog va retikulyar formatsiyaning aminergik neyronlar impuls aktivligini pasaytiradi,dorsal yadroning serotoninergik neyronlarini aktivlaydi.Seratoninning bosh miya pustlok osti markaziga yigilishi shartli reflektor xarakatni va emotsional aktivlikni pasaytiradi.Elektrouyku terapiyani kuz-retromastoidal usulda olib boriladi,impuls chastotasi 5-10Gs,impuls davomiyligi 0.2 ms,impuls toki kuchi 8 mA dan oshmasligi kerak,muolaja vakti 20-40 min,xar kuni yoki kun oralab,kursda 10-15 muolaja,takroriy kurs 2 oydan keyin.Dorili elekroforez.Sedativ(katodda 1-2% li brom) va trankvilizatorlar (0.5%seduksen eritmasi,0.5%fenibut eritmasi) dori vositalari endonazal qo‘llaniladi.Preparatlarning shillik kavat,alveolyar-kapillyar tomir va gematoensefalik barerdan so‘rilishi bosh miyada tormozlanish jarayonini kuchaytiradi, miya ustuni retikulyar formasiyasining bosh miya pustlogiga aktivlovchi ta'sirini bloklaydi.

Gepatitli bemorlarni davolashning fizik usullari.Yalliglanishga qarshi metod:infrakizil lazeroterapiya,jigar galvanizatsiyasi, past intensivli UVCh-terapiya,past intensivli DMV-terapiya.Plastik metod: oksigenobaroterapiya.O‘t ajratuvchi metod:xlorid-sulfatli magniy-natriyli suv bilan davolash. Immunostimulyator metod:umbilikar soxa SMV-terapiyasi,timusning yuqori chastotali magnitoterapiyasi, LOK, mmunostimulyatorlar bilan endonazal elektroforez.Antigipoksik metod:oksigenoterapiya.

Plastik metod. Oksigenobaroterapiya. Xavo qopchasi orkali parsial bosimi yuqori kislorod nafas olinganda qon plazmasida uning miqdori oshadi,konning kislorodga to‘yinuvchanligi va arteriovenoz farq o‘zgaradi.Bu xolatda to‘qimalarning fosforilli oksidlanish sistemasi juda past va tejamli rejim funksiyasiga o‘tadi.To‘qimalar oksidlanishi jigar metabolizmining toksik maxsulotlarini mikrosomal va fosforilli oksidlanish sistemasi kuchini oshiradi.Giperoksiya natijasida o‘pkaning prooksidant sistemasi aktivlashib to‘qimalarning antioksidant ximoyasini kompensatsiyalashtiradi va ekzogen va endogen antigenga nisbatan immun javobni yuzaga keltiradi,gepatotsitlarda sitoxrom R450-antitoksik sistemani stimullaydi,bundan tashqari jigarda interferon miqdorini oshiradi.Davo barokamerada 1400Pa bosimda,30-60min,kun oralab olib boriladi,kurs 10 muolajadan iborat.

Immunstimullovchi metod. Endonazal immunomodulyatorlar elektroforezi.Burun shilliq qavati orqali tomirga kiritilganda immunomodulyatorlar T-limfotsit va makrofaglar xosil bo‘lishi va rivojlanishi kuchaytiradi,bularning antigenni ushlash va parchalashi leykopoezni stimullaydi.Immunomodulyatorlar tarkibidagi peptidlar T-limfotsitlar bilan aloqada bo‘lib ularning fuksional aktivligini oshiradi.Dorili elektroforez muolajasi 0.01% li timolin eritmasi bilan endonazal qo‘llaniladi,tok kuchi 1-2mA,10-15 min dan,xar kuni,kurs 10 muolaja,takroriy kurs 2-3 oydan keyin.

Antigipoksik metod. Oksigenoterapiya.Xavo qopchasi orqali nafas olinganda qondagi oksigemoglabin mikdori 13.3 dan 82.5kPa gacha oshadi.Giperoksiya to‘qima gipoksiyasi va gipoksemiyasini kamaytiradi,kondagi kislorod parsial bosimining oshishi tonusni oshiradi va davomli vazokonstriksiya chaqiradi.Oksigenoterapiyada 15 min kislorod va 15 min xavo yutish orkali siklik olib boriladi;umumiy muolajalar xar kuni 60-120min,5 min lik tanaffus bilan,kursda 10 muolaja,takroriy davo 2-4 oydan so‘ng o‘tkaziladi.Davomli oksigenoterapiya.yuqori bosimdagi kislorodni 10-18ch/sut(tanaffussiz 12 soat tungi ingalyatsiya va kunduzi 3-5 soat kislorod konsentratsiyasi 30-35% dan oshmagan xolatda,yuborish tezligi 2l/min).Sutkalik kislorod yuborish ko‘proq samarali 12 soatlikka qaraganda(tungi) va asosiy kasallikning klinik stabil boskichidagi gipoksemiyada ko‘rsatma xisoblanadi.Karshi ko‘rsatmalar: o‘tkir gepatit,yakkol rivojlangan jigar sirrozi,portal gipertenziya,assit, qon ketishi,anemiya,umumiy qarshi ko‘rsatmalar.

Sanator-kurort davo. Turli etiologiyali surunkali persistirlashgan gepatitda bemorning umumiy axvoli qoniqarli bo‘lganda,jigar funksional probalarida sezilarsiz o‘zgarish bo‘lganda,aktiv bo‘lmagan bosqichida va jigarning toksiko-ximik zaralanishining qoldiq belgilari bo‘lganda,virusli gepatit o‘tkizgan bemorlarga balneo va klimatobalneodavo kurorti buyuriladi.Karshi ko‘rsatmalari:jigar sirrozi,surunkali agressiv gepatit,sariqlikning xamma turlari va o‘tkazilgan virusli gepatitdan so‘ng aktiv jarayon belgilari bo‘lganda,jigarning funksional sinamalari buzilganda bularga:ALT va AST,giperbilirubinemiya(21 mkmol/l dan yukori),yaqqol gepatomegaliya, o‘t qopi va o‘t yo‘li yalliglanishida.Jismoiiy mashqlar ovqat hazm qilish organlari-ning harakat va sekretor funksiyalariga stimulyasiya ta'sirini ko‘rsatadi, ichak va me'da faoliyatining nerv regulyasiyasini yaxshilaydi, qorin muskullarini kuchaytiradi Gipatsid va giperatsid gastritlar. Gipoatsid gastritda qo‘llaniladigan mashqlar kompleksiga oyoq-qo‘l va tanani hamda qorin muskullarini kuchaytiruvchi mashqlar, tizzani baland ko‘tarib yurish, umurtqa pog‘onasining harakatchanligini yaxshilovchi mashqlar kiritiladi.Bemor suzish, eshkak eshish, konkida uchish va chang‘ida yurish, ekskursiyalarda qatnashish kabi mashqlar bilan shug‘ullanishi mumkin. Jismoniy mashqlarni mineral suv ichgandan keyin boshlash kerak, bu me'da shirasida kislota ko‘payishiga yordam beradi.Giperatsid gastritda mashq kompleksi umummustahkamlovchi mashqlardan tashkil topadi. Yuklamani ehtiyotroq bo‘lib ko‘paytiriladi, chunki bemorlar tez charchab qoladi. Bemorlarga terrenkur, yaqin turizm; ochiq havoda dam olish tavsiya ztiladi.

Me'da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi. Me'da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi bi-lan og‘rigan bemorlarda davo fizkulturasi vazkfasp organizmni umuman mustahkamlash, markaziy nerv sis-temasi faoliyatini va trofika jarayonlari kechishini normallashtirish, asoratlarga (ich qotish, qorin bo‘sh lig‘i organlarida qon dimlanish hodisalari) qarshi kurashishdan iborat.Kasallikning o‘tkir davrida davo fizkulturasi qo‘llanish mumkin emas, bemor ahvoli yaxshilanganda bir qancha oddiy nafas mashqlari (bemor o‘rinda yotgan holda) bajariladi. Kam-kamdan oyoq-qo‘llar mayda bo‘g‘imlariga mo‘ljallangan mashqlar qo‘shiladi. Keyin esa, bemor o‘tirgan yoki tik turgan holatda mashqlar ba-jaradi. Bemorni mashqlarni bajarish bilan birga chuqur nafas olishga o‘rgatiladi. Qorin muskullariga mo‘ljallangan mashqlarni tayinlash mumkin emas.

Ich qotish (qabziyat). Odatdagi ich qotish ko‘proq or-ganizmning umumiy tonusi susayganda va ko‘p o‘tirish natijasida paydo bo‘ladi. Davolashda umumiy va ovqat-lanish rejimi hamda davo fizkulturasidan foydala-niladi va xususan davo fizkulturasi davolashda katta rol o‘ynaydi. Mashqlar kompleksiga umumiy chiniqtiruvchi mashq-dar va qorin muskullariga mo‘ljallangan mashqlar ki-radi. Qorin pressini kuchaytirish uchun oyoqlar va tana bilan mashqlar bajariladi; ularni chalqancha yotish, qo-rinda yotish, yonboshda yotish, o‘tirish, tik turish va boshqa dastlabki holatlarda qilinadi. Ichki peristaltikasi-ni yaxshilash uchun sakrash, chang‘ida yurish, ya'ni ichakni silkitadigan mashqlar foyda qiladi.

Qorin bo‘shlig‘i organlarining ptozi (pastga siljishi). Qorin bo‘shliri organlari ptoziga quyidagilar sabab bo‘ladi: organizmning umumiy zaiflashuvi, qorin devori muskullarining bo‘shashishi, markaziy nerv sistemasi tonusi pasayishi va boshqalar. Ptozda davo fizkulturasi katta ahamiyatga ega. Mashqlar kompleksiga mummustahkamlovchi mashqlar va qorin muskullariga mo‘ljallangan mashqlar kiradi; bu kompleksni bajarishda qorin bo‘shli-g‘ida bosimning ortiqcha darajada ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, ya'ni kuchanmaslik va nafasni tutib qolmaslik kerak. Har turli boshlang‘ichxolatlarqo‘llaniladi; lekin shu bilan birga mashqlarii chalqancha yotgan holatda yoki karavot-ning oyoq tomonini ozgina ko‘tarib qo‘yilgan holatda bajarish har holda yaxshiroqdir; bunday holatda siljigan organlar normal vaziyatini egallaydi, qorin bo‘shlig‘ida bosimning ortishi esa ularni ana shunday vaziyatda tutib qoladi. Chanoq tubi muskullarini mustahkamlash va qaddi-qomatni to‘g‘rilash mashqlari ham qo‘llaniladi

Bavosil. Bavosilda DJTni qo‘llanganda ichakning harakat funksiyasini va qorin bo‘shlig‘i hamda chanoq organlarida venoz qon aylanishini yaxshilash nazarda tutiladi.Oyoqlarga mo‘ljallangan mashklarni chalqancha yotish, qorinda yotish, to‘rt oyoqlab (emaklab) turish, tizza-tirsaklarda turish kabi dastlabki holatlarda bajariladi, bunga diafragma bilan nafas olish mashq-lari ham qo‘shiladi. DJT6-8 mashqdak boshlanadi, 2-3 hafta dan keyin ular sonini asta-sekin 14-16 ga yetkaziladi va 10-12 martagacha takrorlanadi.

Ilova-1

Kim ko‘proq, kim tezroq”



Ish uchun zarur:

1.savollar va vaziyatli masalalar to‘plami aloxida kog‘ozlarda

2.talabalar soni toza kog‘oz, ruchka

Ish yo‘li:

1.O‘qituvchi butun gurux bilan ish olib boradi

2.Talaba nutqini rivojlantiradi

3.O‘z fikrini himoya qilishga

4.Javoblarni taxlil qilishg

Ishni olib borish:

1.Barcha talabalarga savollar to‘plami beriladi,

2.Bir minut davomida istagan talaba javob beradi.

3. O‘qituvchi nechta to‘g‘ri javob berilganini sanab boradi.

4.“ Eng zaif halka” ya'ni talaba aniqlanadi.

5.Savollar va topshiriqlar har qandayfanga moslashgan bo‘ladi.



Savollar to‘plami:

1. Reabilitologiya tushinchasiga izox bering.Reabilitologiya lotincha so‘z bo‘lib, quyidagi ma'noni beradi habitis qobiliyat rehabitis qobiliyatni tiklash.

2.Tibbiy reabilitatsiyani asosiy vazifasi qanday? -Organizm turli sistemalarining va tayanch-xarakat apparitining funksional imkoniyatlarini mukammal tiklash,xamda kundalik xayot va mehnat sharoitlariga kompensator moslashishni rivojlantirish bulib xisoblanadi.

3. Ijtimoiy-iqtisodiy asosiy vazifasi. -asosiy e'tibor shikastlangan bemorga iqtisodiy mustaqillik va ijtimoiy mukammallikni qaytarishga qaratiladi. Bu vazifalar faqat tibbiy muassasalar tomonidangina emas, balki ijtimoiy ta'minot organlari tomonidan ham hal etilishi zarur

4.Reabilitatsiya jarayonida nechta davrlar bor.

1-davr tiklanish terapiyasi.

2.-readaptatsiya

3-reabilitatsiya.



5.Sedativ tasir nima. Bosh miyada uzoq vaqt va doimo bir xil va ritmik holda qaytariluvchi qisqa vaqtli zaif impulslar bosh miya po‘stlog‘idagi tormozlanish jarayonlarini kuchaytiradi va fiziologik uyquga o‘xshash holatni yuzaga keltiradi.

6.Elektr davolashga izoh bering -Elektr bilan davolash turlari xilma xildir va ular organizmga har xilta'sirko‘rsatadi.Ularning ta'siri turli tarmoqlaridagi (regionar, periferik, markaziy) qon aylanishini yaxshilaydi, to‘qima trofikasini, modda almashuvini, yaxshilaydi, neyro gumoral ta'sir etadi, buzulgan immun jarayonlarni tiklaydi. Ko‘p fizik omillar sedativ va og‘riq qoldiruvchi ta'sirga ega.
Nazariy qismni baholash mezoni.

Maksimal ball 25-24

23-21 ball

20-19 ball

17-16 ball

13 ball

A'lo

yaxshi

urta

konikarsiz

Yomon

100%-86%

85%-73%

70-56%

53%-46%

43% va undan kam


4. Analitik qisim

4.1. Tuzilmaviy-mantiqiy diagramma “Pog‘ona”. Ilova-2

Diagramma strategik darajadagi savollar bilan ishlashni boshlaydi.

Muamoni yechishning pastki darajasi birinchi galdagi xarakatlarning ro‘yxatiga mos keladi



Pog‘onani tuzish qoidasi.

1.Barcha g‘oyalarni o‘ylab o‘tirmasdan,baxolamasdan va taqoslamasdan tezlikda yozish kerak.

2.diagramma xech qachon tugallangan bo‘lmaydi unga yangi g‘oyalarni kiritish mumkin.

3.Agarda chizmada savol uning shoxlarida bir necha bor qaytarilsa, unda u biror muximlikni anglatadi.

4.U muammoni yechishning asosiysi bo‘lishi mumkin.

5.Yangi g‘oyalarni grafik ko‘rinishida daraxt yoki pog‘ona ko‘rinishdami,yuqoridan pastgami yoki chapdan o‘nga qayd qilishni o‘zingiz xal etasiz.

6.Agarda siz o‘zingiz to‘g‘ri savollar bersangiz va uning rivojlanish yo‘nalishini namoyon bo‘lishda ishonch saqlasangiz,diagramma siz xar qanday muammoni amaliy jihatdan yechimini topishingizni kafotlaydi.

Pedagog tushintiradi.

1. Diagramma tuzish qoidasi bilan tanishtiradi

2.Yozuv taxtasi yoki katta kog‘oz varag‘ini o‘rtasiga mavzu nomi yoki savol yozadi.

Talaba bajaradi.

1.Talabalar pog‘onani tuzish jarayonida tizimli sxemaning tarkibiy qismi va elementlarning siljitishlari mumkin bu qayta fikirlash imkonini beradi.

2.Agarda g‘oyalarni ishlab chiqishda tor yo‘laka kirib qolsa u holda bir-ikki yuqoriga qaytadi va muxum narsani unitmaganiga hamda nimadur qilish mumkin ekanligini ko‘rib chiqadilar.

3.Pog‘ona qurushni o‘ngdan chapga qarab tuzishga xarakat qiladilar.

4.Buning uchun asosiy g‘oyani chap tarafda emas,balki o‘ng tarafda joylashtiradilar.

Pog‘ona tuzishga savollar to‘plami.

1.Oshkozon va 12-barmok ichakni yara kasalligi reabilitatsiyasida qo‘llaniladigan davolash chora tadbirlani tuzing

2.Buyrak siydik yo‘llari kasaliklarida reabilitatsiyasida qo‘llaniladigan davolash chora tadbirlarini tuzing
“ Поғона” диаграмма чизмаси


Сийдик йўллари касаллиги

Пиелонефрит

Гломерулонефрит

Сийдик тош касаллиги

Оғриқ,гемодинамик, метоболик бузилишлар, яллиғланиш, астеноневротик

Шиш,оғриқ,гипертензия, анемия,астононевротик, ХПН,юрак етишмовчилиги

Оғриқ,дизурия, гипертензия,ОПН, астононевротик

Реабилитация



-Яллиғланишга қарши УВЧ ДМВ дори бн электрофорез уроантисептиклар

-Иммуностимулловчи СУФ гелиотерапия

-Иммуносупрессив УВЧ ДМВ электрофорез

-Регенератив лазеротерапия УТТ пелоидотерапия ДЖТ пархез,фитотерапия.



-Миорелаксация ва спазмолитиклар: ванналар,инфрақизил нурлатгич

-Миостимулловчи метод ДДТ амплипульс

-Сийдик хайдовчи ВМТ

-Томир кенгайтирувчи галванизийия галванизация парафин

-уролитиклар ДЖТ пархез, фитотерапия

-Яллиғланишга қарши УВЧ ДМВ дори бн электрофорез

-Репаратив регенератив метод инфрақизил лазеротерапия УТТ

-Томир кенгайтирувчи озокерит пелоидотерапия инфрақизил нурлатгич галванизация

-Сийдик хайдовчи ВМТ ванналар

-Иммуностимулловчи СУФ гелиотерапия талоссотерапия ДЖТ,пархез,фитотерапия


Xar bir gurux boshqa guruxlarni baxolaydi. Xar bir talab bo‘yicha tulik bajarilsa -15 ball

Gurux№

Tushunarli va aniq javob (5)

Ko‘rgazmalilik(5)

reglamentgamal qilish (2,5)

Gurux faolligi

(2,5)


Jami ball-15

1.
















2.

















Analitik qisim baxolash mezoni (diagramma):

Maksimal ball 15

13-12 ball

11-10 ball

9-8 ball

7-6ball

100%-86%

85%-73%

70-56%

53%-46%

43% va undan kam


Ilova-3

4.2. Vaziyatli masalalar to‘plami:

Vaziyatli masala№1 Bemorda o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi. Unda 2 yil oldin Bilrot bo‘yicha oshqozoni rezeksiya qilingan. Hozirda shikoyatlari : vaqti-vaqti bilan epigastral sohada og‘riq, uyquning yomonligi, asabiylashishga. Laborator analizlarida EChT – 17 mm/soat; leykotsitoz. Tana harorati 36,9 o

Savol: 1. Bemorga ShJTni tavsiya etish mumkinmi?

2.Agar tavsiya etilsa qaysi harakat tartiboti va maxsus jismoniy mashq qo‘llaniladi?



Javob: bemorga ShJT tavsiya etish mumkin. ShJT erkin harakat tartibotida olib boriladi va maxsus jismoniy mashq sifatida qorin oldi mushaklarini mustaxkamlashga qaratilgan mashqlar qo‘llaniladi.

Vaziyatli masala.№2. Bemor o‘n ikki bormoq ichak yara kasalligi tashxisi bilan davolanmoqda. Shikoyatlari: vaqti-vaqti bilan epigastral sohada og‘riq, uyqusining yomon, ko‘ngil aynashi, quvvatsizlikka. Laborator analizlarida EChT – 17 mm/soat; leykotsitoz. Tana harorati 37,9 o S.

Savol: Bemorga ShJTni tavsiya etish mumkinmi? Agar tavsiya etilsa qaysi harakat tartiboti va maxsus jismoniy mashq qo‘llaniladi?

Javob: ShJT qo‘llash mumkin emas. Bemorni yashirin qon ketishiga tekshirish kerak. FGDS tavsiya etiladi, yotoq harakat tartiboti.

Vaziyatli masala.№3 Bemor 45 yoshda dignoz Surinkali giperatsid gastirit .Hamrox surinkali xoletsistit shikoyatlari epigastral soxada og‘riq jig‘ildon qaynashiga ,ko‘ngil aynishiga ishtahaning pasayishiga, xolsizlik.

Savollar 1.davolashda qo‘lanadigan rebilitatsiya vositalarini tavsiya eting?.

2. patogenetik davo bo‘ladigon fizio omillarni tavsiya eting?.



Javoblar 1.fizioterapiya DJT parxez tabiy omillar fitoterapiya

2.sedativ tasir elektrouyqu (ko‘z-retromastoidal usulda).og‘riq qoldirishga elektrofarez epigastral soxaga (no-shpa novokain ko‘ndalang usul) yallig‘lanishga qarshi UYuCh (issiqlik usuli).



Vaziyatli masala.№4 Bemor 40 yoshda 6 kundan beri surinkali nefrit,o‘tkir osti davri tashhisi statsionar davolanishda.

Savollar: 1.Elektr bilan davolashning mumkin bo‘lgan usullari?

2.Bemorning siydik tahlilida oqsil 0,033% leykotsitlar soni 15-20/1

UYuCh bilan davolash mumkinmi?

3.Infra qizil nurlanishning tasiri qanday?

4.Tavsiya qilandigon kurort xilini ayting.Bemorni balchiqli kurortga yuborish mumkinmi?

Javoblar:1.elektrofarez,galvanizatsiya buyraklar sohasiga induktotermiya,UYuCh bilan davolash, SVCh bilan davolash (DMV).

2.mumkin yiringli yallig‘lanish jarayoni bo‘lishi qarshi ko‘rsatma bo‘la bo‘lmaydi,agaryiring siydik bilan chiqib ketayotgan bo‘lsa.

3.Infra qizil nurlanishning tasiri issiqlik, antispastik, trofik, yallig‘lanishga qarshi.

4.Balneologik kurort.iqlimli davo sahro yoki dengiz iqlim,balchiq bilan davolash qakshi ko‘rsatma



Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin