Tashkilotlar va ularni boshqarish samaradorligini oshirish Mundarija Kirish



Yüklə 127,14 Kb.
səhifə9/10
tarix26.11.2023
ölçüsü127,14 Kb.
#136406
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
181.-195 ASPEKT SAVOLLARIdocx

Maslahat. Psixologik ta’sir o‘tkazishning bunday turi faqat muayyan sharoitdagina yaxshi samara berishi mumkin.
Ko‘pincha odamlarda maslahatning o‘ziga va maslahat beruvchiga nisbatan salbiy psixologik munosabat ham mavjud chunki dunyoda maslahat beruvchilar juda ko‘payib ketgan. Odamlarning ko‘pchiligi o‘rinlimi – o‘rinsizmi, foydalimi befoydami boshqalarga maslahat berishni xush ko‘radilar, yana ham qizigi shundaki, ular o‘zlari unchalik yaxshi bilmagan narsalari yuzasidan ham maslahat beraveradilar, buning sababini inson ruhiyatidagi bir hodisa bilan bog‘liq. Insonlar o‘zlarining hissisiy va aqliy imqoniyatlarini biroz oshiribroq baholashga moyil bo‘ladilar. Ya’ni o‘zni boshqalardan aqliroq hisoblashga moyillik og‘insonga xos xususiyatlardan biridir. Buning sababi esa, bilish jarayonini murakkabligidadir.
Odamlarning hattoki, eng bilimdon odamlarning bilimlari ham atrof voqealikdagi sir-asrorlarga solishtirganda behad ozdir. Ana shu bilim doirasini odam kengroq talqin qiladi. U o‘zi bilmagan narsalarni, ularning juda ko‘pligini haqiqatdan ham bilmaydi. Bilim doirasi kengaygan sari, odam ko‘p narsani bilmasligini tushuna boradi. Bilim doirasi qanchalik tor bo‘lsa, odam o‘zini shunchalik bilimdon hisoblaydi. Shuning uchun kamroq biluvchi odamlar boshqalarga ko‘proq maslahat berishni yaxshi ko‘radilar.
Bundan boshqalarga xech maslahat berish kerak emas, degan xullosa chiqmaydi, albatta. Lekin shunday shart va qoidlar borki, ularga amal qilinmasa, maslahat devorning kavagiga gapirgandek befoyda ketadi.
Xodimlardan birontasi yoki bir nechasiga maslahat bermoqchi bo‘lgan rahbar Sharqda, xususan, o‘zbeklar orasida, maslahat va maslahatchiga nisbatan mavjud ruhiy attityud va ustanovkalar (kishilarning voqea-xodisalarni qabul qilish idrok etishga, shuningdek, ma’lum xarakatni bajarishga ruhiy tayyorgarlik darajasini ifodalovchi tushunchalar)ni nazarda tutish kerak. Ularga ko‘ra, maslahatni yoshi kattalar kichiklarga beradi. Yoshlarning kattalarga maslahat berishi, istisno tariqasida, kamdan-kam uchraydigan xoldir. Mana shu istisnoga rahbar ham (agar u yosh bo‘lsa) to‘g‘ri kelib qolishi mumkin. Lekin buning uchun o‘z qo‘l ostidagi xodimlarining ko‘z o‘ngida, jumladan, o‘zidan yoshi kattalar nazarida ham baland obro‘ga ega bo‘lishi kerak. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, odamlar obro‘li kishilar bergan maslahatlarning barchasiga ham quloq solavermaydilar. Xodim rahbar maslahatiga ko‘nishi uchun u o‘sha rahbarga ishonishi ham kerak. Ishonch ta’sir o‘tkazishning maslahat shakli samarali bo‘lishini ta’minlovchi muhim omildir.
Maslahat yaxshi samarali bo‘lishi uchun rahbar maslahat berish jarayonida ba’zi ruhiy holatlarni hisobga olishi kerak. Jumladan, agar maslahat beruvchi shaxs ovozida iliqlik va hamdardlik bo‘lmasa, tinglovchi bu maslahatga quloq solmaydi. (Garchi bu maslahat judda qimmatli va o‘rinli bo‘lsa ham). Shuning uchun rahbar o‘z ovozining qanday ohangda chiqayotgani va jaranglayotganini boshqara bilishi zarur.

Yüklə 127,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin