Haftalikreja- bu pedagogning ish jurnali bo‘lib, unda ta’lim va tarbiya jarayonining kunlik rejasi aks ettiriladi. Mashg‘ulot ishlanmalari kunlik rejaga ilova qilinishi mumkin. Ishlanmalar pedagogning xohishiga binoan, ijodkorlik va xilma-xillikdan foydalangan holda ishlab chiqiladi.
BOB
BOLANING RIVOJLANISH SOHALARI BO‘YICHA YUTUQLARI
5-BOB. BOLANING RIVOJLANISH SOHALARI BO‘YICHA YUTUQLARI
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolaning ta’lim olishi va rivojlanishini baholash kuzatishlar yordamida amalga oshiriladi. Pedagog bolalar hayotini muntazam va tizimli ravishda kuzatib boradi.
Bolaning rivojlanishini kuzatish– pedagog faoliyatidagi muhim mas'uliyatli ish. Kuzatishlarning maqsadi ta’lim va tarbiya jarayonida bolaning turli bilim va ko‘nikmalardan qanday foydalanishi haqida ma'lumot to‘plashdir. Bolalarni turli joy, vaqt va sharoitlarda kuzatib, pedagog ularning qiziqishlari, kuchli tomonlari va ehtiyojlari haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘ladi.
Pedagogik kuzatishlar natijasida olingan ma’lumotlar asosida ta’lim va tarbiya jarayoni rejalashtiriladi va takomillashtiriladi.
Kuzatish natijalarini hujjatlashtirish pedagogga ularni saqlash, vaqt o‘tishi bilan sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni kuzatish va bolaning ota-onalari, shuningdek, ushbu maktabgacha ta’lim tashkiloti mutaxassislari bilan bolalarning rivojlanishi va ta’lim olish xususiyatlari haqida ma'lumot almashish imkonini beradi. Bolaning rivojlanishi va ta’lim olishidagi yutuqlarini kuzatish va baholash natijalarini hujjatlashtirish uchun rivojlanish xaritalaridan foydalaniladi.
Rivojlanishxaritasi kuzatuvlarni hujjatlashtirish shakli sifatida bolaning turli sohalardagi rivojlanish darajasi to‘g‘risida muntazam ravishda ma'lumot to‘plash jarayonini o‘z ichiga oladi.
Rivojlanish xaritasi davlat talablari asosida bolaning rivojlanish sohalari, kichik sohalar va kutilgan natijalarga tayanadi.