Davlat talablariga muvofiq kutilayotgan natijalar:
to‘g‘ridan-to‘g‘ri baholanmaydi, ya'ni bolalarning haqiqiy yutuqlarini davlat talablari bilan rasmiy taqqoslashga yo‘l qo‘yilmaydi (bunda bolalarning sinovdan o‘tishlariga yo‘l qo‘yilmaydi);
pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish, davlat o‘quv dasturini o‘zlashtirish sifatini baholash kabi boshqaruv vazifalarini hal qilish uchun rasmiy asos bo‘la olmaydi;
bolalardan kutilayotgan natijalar direktor va pedagoglar uchun maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’lim va tarbiya jarayoni va MTT jamoasining kasbiy faoliyatini tahlil qilishga yordam beradi.
BOB RESURS TA’MINOT
8-BOB. RESURS TA’MINOTI
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida davlat o‘quv dasturini amalga oshirishning resurs ta’minoti O‘zbekiston Respublikasining amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Minimal resurslar bilan ta'minlanganlik kun tartibi va yillik rejada ko‘zda tutilgan o‘yin, qiziqishlarga ko‘ra mashg‘ulot va loyihaviy faoliyatlarni amalga oshirishni ta'minlashi kerak. Shu bilan birga, ilo- vada 17 keltirilgan resurslar bilan bir qatorda ushbu markazlar va rivojlantiruvchi muhitni bolalar, ota- onalar va pedagoglarning birgalikdagi faoliyati mahsulotlari bilan jihozlash tavsiya etiladi; shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari zarur o‘quv va rivojlantiruvchi didaktik materiallarni yaratishda mahalliy hamjamiyat resurslari va o‘zlarining ijodiy qobiliyatlariga tayanishlari mumkin.
“Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturidagi 10-ilova// “Guruhlardagi rivojlanish markazlari va rivojlantiruvchi muhit uchun materiallarning namunaviy ro‘yxati"
MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI UCHUN "ILK QADAM" DAVLAT O‘QUV DASTURI
Dostları ilə paylaş: |