mazmunli – bu dasturning umumiy mazmunini ifodalovchi va bolalar shaxsining to‘laqonli rivojlanishini ta’minlovchi bo‘lim;
tashkiliy – bu dasturning moddiy-texnik ta’minoti ta’rifini, ta’lim va tarbiyaning metodik materiallar va vositalar bilan ta’minlanganligini, kun tartibini, shuningdek, tadbirlar, bayramlar, rivojlantiruvchi muhitni o‘z ichiga oluvchi bo‘lim.
Dastur MTTning pedagogik kengashida muhokama qilinadi va direktor buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
1-ILOVA. MTT ta’lim dasturini yaratish bo‘yicha tavsiyalar
TA’LIM DASTURINING NAMUNAVIY TUZILMAVIY ELEMENTLARI:
1.
|
Titul varag‘i
|
qachon va kim tomonidan tasdiqlangan, dastur kim bilan kelishilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotining to‘liq nomi va turi ko‘rsatilgan dasturning nomi;
mualliflarning F.I.SH, lavozimi;
aholi punkti nomi, ishlab chiqilgan yil, ishlab chiqilgan dastur turi;
MTT direktori tomonidan tasdiqlanadi
|
TAVSIYALAR
Ta’lim dasturining titul varag‘ida quyidagi ma'lumotlarni ko‘rsatish tavsiya etiladi:
varaqning yuqori o‘ng burchagida dastur qachon va kim tomonidan tasdiqlanganligi haqida ma'lumot ko‘rsatiladi (masalan, pedagogik kengash tomonidan ... sana, ... yildan);
maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining muhri bilan tasdiqlanadi;
sarlavha sahifasining markaziy qismida, qoida tariqasida, maktabgacha ta’lim tashkilotining to‘liq nomi va uning turi ko‘rsatiladi (masalan, "Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani "Yulduzcha" umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’lim dasturi”);
maktabgacha ta’lim tashkiloti nomi ostida dastur mualliflari (MTT direktori, metodist, psixolog, logoped-defektolog va pedagoglar), yoki ijodiy jamoa, shu jumladan, boshqa ta’lim tashkilotlari mutaxassislari (ilmiy rahbar, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mutaxassisi) ko‘rsatiladi.
titul varag‘ining pastki qismida maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan aholi punktining nomi va ta’lim dasturi ishlab chiqilgan sana ko‘rsatiladi;
titul varag‘ida boshqa ma'lumotlar ham bo‘lishi mumkin, masalan dastur hududiy maktabgacha ta’lim boshqaruv organlari tomonidan kelishilgan bo‘lishi mumkin, bu holda tafsilotlar dasturning yuqori chap qismiga joylashtiriladi.
|
Pedagogik kengash tomonidan Tasdiqlandi:
qabul qilindi: MTT direktori № « » Bayon № sana
F.I.SH
№ maktabgacha ta’lim tashkiloti
DASTURI
Tuzuvchi:
Familiya, ism, otasining ismi
Malaka toifasi Pedagogik staji Lavozimi 20 г.
|
1-ILOVA. MTT ta’lim dasturini yaratish bo‘yicha tavsiyalar
Dostları ilə paylaş: |