sahifalar ko‘rsatilgan holda dasturning barcha qismlari: paragraflar, bo‘limlar nomi, adabiyotlar va ilovalar ro‘yxati, matnda mavjud bo‘lgan barcha sarlavhalarni o‘z ichiga oladi. Ularning ta’rifi ish mazmuniga to‘liq mos kelishi, qisqa, aniq va izchil bo‘lishi hamda uning ichki mantiqiy qonuniyatlarini aniq ifodalashi lozim.
3.
Maqsadlibo‘lim
Maqsadli bo‘lim "Umumiy qoidalar" ni o‘z ichiga oladi, unda tushun- tirish xati va MTT faoliyatidagi muammolar tahlili, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkiloti haqida umumiy ma'lumotlar, faoliyat yo‘nalishi, peragoglarning oldingi davrdagi (odatda oxirgi 3 yildagi) faoliyatining asosiy natijalari tavsifini o‘z ichiga oladi.
3.1.
Tushuntirishxati
MTT guruhlari faoliyatining yo‘nalishi;
dasturni ishlab chiqishning asosiy konseptual yondashuvlari tavsifi;
dasturni ishlab chiqishga asos bo‘lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ko‘rsatish ham muhimdir;
ta'limning amalga oshirilishi zarur bo‘lgan maqsadlari va qadriyatlari;
dasturning nimalarga/kimlarga qaratilganligi;
dasturni amalga oshirish muddati.
3.2.
Taklif etilayotgandasturningdolzarbligi
Dastur yaratish (tanlash) zarurligini asoslash. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim dasturining muayyan turini ishlab chiqish yoki tanlash uchun nima asos bo‘ladi?
bolalar kontingentining ehtiyojlari;
ota-ona, mahalla buyurtmasi;
hududning madaniy-ma’rifiy xususiyatlari;
pedagoglar tomonidan ishlab chiqilgan mualliflik uslubiy ta’minot orqali guruhda amalga oshirilayotgan ta’lim mazmunini kengaytirish imkonini beradigan maktabgacha ta’lim tashkilotlari mutaxassislari faoliyatining xususiyatlari, ularning malaka darajasi.