Davlat o‘quv dasturini amalga oshiruvchi pedagog bolaning shaxsiga hurmat ko‘rsatadi va ta’lim va tarbiya jarayonini dastur tamoyillariga muvofiq tashkil qiladi.
Pedagog fasilitator sifatida bolalarga ta’lim va tarbiya berishda o‘z bilimi, ko‘nikma va resurslaridan foydalanadi. Pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini rejalashtiradi, bolaning har tomonlama rivojlanishiga
BOB. UMUMIY QOIDALAR
va uning salohiyatini ochishga hissa qo‘shadigan rivojlantiruvchi muhitni yaratadi. Buning uchun pedagog bolaning rivojlanish xususiyatlarini biladi, uning his-tuyg‘ularini tushunadi, har bir bolaning ehtiyojlari va qiziqishlarini aniqlaydi va hisobga oladi.
Pedagog guruhda shunday inklyuziv muhit yaratadiki, unda har bir bola o‘zini ardoqli, qobiliyatli va ta'lim jarayoniga jalb qilingandek his qilishi kerak.
Pedagog bolaning mustaqil harakat qilish, natijalarga erishish va yutuqlarni amalga oshirish hamda ulardan zavqlanish qobiliyatini rivojlantirishga hissa qo‘shadi. Pedagog, shuningdek, bolalarda zarurat bo‘lganida, har bir bola tarbiyachidan yordam va dalda olishi mumkinligiga ishonch hissining paydo bo‘lishiga yordam beradi.
Pedagog doimiy ravishda kasbiy kompetentligini takomillashtirish uchun o‘z kasbiy faoliyatini hujjatlashtiradi, tahlil qiladi va baholaydi.
Pedagog bolaning, ota-onalarning va mahalliy jamoatchilik vakillarining fikri va tajribasini hurmat qiladi va o‘z ishini teng sheriklik asosida quradi.
ВОВ MTT TA’LIM VA TARBIYA JARAYONINING MAQSAD VA TAMOYILLARI
2-BOB. MTT TA’LIM VA TARBIYA JARAYONINING MAQSAD VA TAMOYILLARI
MTT TA’LIM VA TARBIYA JARAYONINING MAQSADI
Maktabgacha ta'lim tashkilotida ta’lim va tarbiya jarayonining maqsadi bolaning tayanch kompe- tensiyalari va rivojlanish sohalarining kompetensiyalarini shakllantirish uchun shart-sharoitlarni yaratishdir.
Dostları ilə paylaş: |