Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari MTT tomonidan tashkilot imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, shuningdek, bolalar, oilalar va mahalliy hamjamiyat manfaatlarini inobatga olgan holda tashkil etiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari fakultativ hisoblanadi va ularni tashkil qilishda ko‘ngillilar (volontyorlar), ota-onalar, mutaxassislar va homiylar ishtirok etishi mumkin.
Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari asosiy ta’lim faoliyatidan tashqari amalga oshiriladi va MTT o‘quv rejasiga kiritilmaydi. Qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi pedagoglar, ko‘ngillilar, homiylar, mutaxassislar, ota-onalar mavzuli rejani ishlab chiqadilar, bu xizmat ko‘rsatishga qarab, davlat o‘quv dasturining yillik mavzuli rejasi asosida tuzilishi mumkin.
TA’LIM OLISHDA ALOHIDA EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALAR UCHUN TA’LIM VA TARBIYA JARAYONI (INKLYUZIV TA’LIM)
Davlat o‘quv dasturi har bir bolaning ta’lim, tarbiya, rivojlanish, himoya va faol ishtirok etishdan teng foydalanish huquqlarini tan oladigan inklyuziv o‘quv dasturi hisoblanadi.
Davlat o‘quv dasturi barcha bolalar, shu jumladan, alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning individual xususiyatlari, kuchli tomonlari, qiziqishlari, qobiliyatlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda ta’lim olish, rivojlanish va muloqotda qo‘shimcha yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolani ta’lim olishi va rivoj- lantirishni qo‘llab-quvvatlash – bu MTTning direktori, pedagog va mutaxassislari tomonidan tashkil etiladigan jamoaviy ish.
Zarur bo‘lganda, maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik jamoasi va rahbariyati tor mutaxassislarni jalb qilgan holda, bola rivojlanishining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, bolaning yakka tartibdagi rejasini 2yaratadi.
Inklyuziv yo‘nalishdagi ta’lim va tarbiya jarayoni davlat o‘quv dasturiga muvofiq amalga oshiriladi, uning asosida individual-moslashtirilgan dasturlar ishlab chiqilishi mumkin. Bunday individual inklyuziv dasturda alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan har bir bolaning ta’lim olishi, rivojlanishi, ishtiroki va
Qo‘llanmadagi 1-ilovaga qarang // Maktabgacha ta'limda o‘quv jarayonini individuallashtirish. Alohida ehtiyojli bolalar inklyuziyasi//b. 55// Toshkent// 2020 yil