xavfsiz – barcha elementlarni ulardan foydalanishning ishonchliligi va xavfsizligini ta'minlash talablariga muvofiqligini nazarda tutadi;
oqilona – davlat o‘quv dasturi va davlat talablariga muvofiq zamonaviy rivojlantiriuvchi muhitni yaratish, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotining turli ta’lim dasturlarini amalga oshirishni ta'minlash uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish; inklyuziv ta’lim tashkil etilgan taqdirda, zarur shart-sharoitlarni ta'minlash;
mahalliy sharoitga moslashtirilgan – madaniy va tarixiy qadriyatlarga, milliy va mintaqaviy an'analar, tabiatga, iqlimga bog‘liq xususiyatlar, hududdagi sanoat rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlariga mos bo‘lishi;
shaxga yo‘naltirilgan – pedagog har bir bolaning o‘z qiziqishiga ko‘ra shug‘ullanishini ta'minlashi kerak (bolalar guruh muhitida osongina harakat qilishadi, qayerda nima joylashganini biladilar, o‘yinchoqlar va barcha resurslardan erkin foydalana oladilar).
Rivojlantiruvchi muhitning mazmuni maktabgacha ta’lim tashkilotining sharoitlari va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda kamida 5ta rivojlanish markazlarini 16 tashkil etishni ta'minlashi kerak.
“Ilk qadam” Davlat oʻquv dasturiga 9-ilova//“ Guruhlarda rivojlanish markazlarining taxminiy joylashuvi”
BOB DAVLAT O‘QUV DASTURI BO‘YICHA KUTILAYOTGAN TA’LIMIY NATIJALAR
7-BOB. DAVLAT O‘QUV DASTURI BO‘YICHA KUTILAYOTGAN TA’LIMIY NATIJALAR
Davlat o‘quv dasturini o‘zlashtirishdan kutilayotgan ta’limiy natija maktabgacha ta’lim tashkilotini bitiruvchi bolaning tayanch kompetensiyalari (kommunikativ, ijtimoiy, shaxsiy, bilish)ning shakllangan- ligi hisoblanadi.
Ta’lim va tarbiya jarayonida pedagog kuzatishlar yordamida har bir bolaning rivojlanishini davlat talablarida qayd qilingan rivojlanish sohalari va kichik sohalar bo‘yicha barcha yosh guruhida bolaning mumkin bo‘lgan yutuqlarining ijtimoiy-me'yoriy yosh xususiyatlarini kuzatib boradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining individual xususiyatlari maktabgacha yoshdagi bolaning davlat talablariga to‘liq mos keladigan ta’lim yutuqlariga qo‘yiladigan talablarni cheklaydi va ta’lim dasturini o‘zlashtirishda kutilayotgan natijalar shaklida aniqlash zarurligini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: |