Manba:O‘zbekiston Respublikasi statistika vazirligi ma`lumotlari asosidatuzildi Respublika eksport hajmi tarkibida MDH mamlakatlaridan Rossiya, Ukraina, Tojikiston va Qozog‘iston mamlakatlari yuqori ulushga ega bo‘lsa, uzoq xorij mamlakatlaridan Buyuk Britaniya, eron, SHvetsariya, Turkiya mamlakatlari yuqori ulushga ega. Demak, respublikada chiqarilgan tovar va xizmatlar dunyoning rivojlangan mamlakatlari tomonidan harid qilinmoqda.
Import hajmi tarkibida esa MDH mamlakatlaridan Rossiya, Qozog‘iston va Ukraina mamlakatlari yuqori ulushga ega bo‘lsa, uzoq xorij mamlakatlaridan Germaniya, Koreya, AQSH, Xitoy va Turkiya kabi mamlakatlar ulushi yuqoridir. Umuman respublika tashqi iqtisodiy aloqalarini erkinlashtirish va tashqi iqtisodiy majmuining yanada takomillashtirish borasida quyidagi masalalarni hal etish maqsadga muvofiqdir:
O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari manfaatlarini ham ichki ham tashqi bozorda himoya qilish;
milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va uning jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalashuvini rag‘batlantirishga qaratilgan zaruriy shart – sharoitlarni yaratish;
tashqi iqtisodiy faoliyatning davlat tomonidan tartibga solish tizimlarini yanada rivojlantirish;
eksport salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni taminlash;