Cho'chqa solityori
Tuzilishi. Cho'chqa solityori yoki qurollangan tizma (Taenia solium) tashqi tomondan ho'kiz solityoriga o'xshash, biroq uning uzunligi 3 m. dan ortmaydi. Boshchasida 4 ta so'rg'ichidan tashqari, 22—23 ta ilmoqlari bor, shunga ko'ra i qurollangan tizma nomini olgan. Yetilgan bo'g'imlar ho'kiz solityorinikidan kaltaroq, bachadon esa 8 —12 ta yonbosh tar moqlarga ega, xolos. Bo'g'imlari faol harakatchan emas.
Klinikasi va tashxisi. Yetilgan cho'chqa solityori teniarinxozga o'xshash kasallik — t e n i о z n i keltirib chiqaradi.
Tashxislash maqsadida najas bilan ajralib chiqqan bo'g'imlar ko'zdan I i t hiriladi va axlat mikroskopiya qilinadi. Biroq ho'kiz va cho'chqa solityor- laiini farqqilibbo'lmaydi. Buholdalaboratoriyaxulosasidateniid nnkosferalari topildi, deb yozib qo'yiladi (bu teniidlar oilasi nomidan "Inigan bo'lib, har ikki solityor shu oilaga kiradi), shunga muvofiq ka- illik teniidoz deb tashxislanadi.
Bo'g'imlarning ajralish xarakteri bo'yicha va ularning tuzilishiga ko'ra, odatda, teniarinxoz va teniozni bir-biridan farqlashga muvaffaq bo'linadi. Turiga oid uzil-kesil tashxisni degelmintizatsiyada ajralib chiqqan solityor boshchalarini o'rganish asosida ham qo'yish mumkin.
Profilaktikasi. Aniqlangan bemorga, albatta, davo qilishni o'z ichiga oladi. Tomorqalarda jihozlangan yopiq xhjatxonalar qurish, cho'chqalarni yopiq joylarda boqish zarur. Cho'chqalarni xonadonlarda so'yish man qilinadi. Go'shtni veterinariya-sanitariya ekspertizasidan o'tkazish shart.
Inson najasidan ajratilgan teniidlarning onkosferalari (X 600).
Dostları ilə paylaş: |