TASMASIMON CHULCHANGLAR SINFI VAKILLARI QORAMOL SOLITYORI CHOCHQA SOLITYORI EXINNOKOK TASMASIMON CHUVALCHANGLARNING TUZILISHI VA RIVOJLANISHI
Tuzilishi. Qoramol tasmasimon chuvalchangi voyaga yetgan davrida odam ingichka ichagida parazitlik qiladi. Gavdasining uzunligi 8-10 mеtrga еtadi. Gavdasi to’g’nog’ich boshchasi kattaligidagi juda kichik boshcha, kalta bo’yin, kеng va uzun bo’g’imli tanaga bo’lingan. Boshida to’garak shaklli to’rtta so’rg’ichi bo’ladi. So’rg’ichlar yordamida parazit o’z xo’jayini ichagi dеvoriga Yopishib oladi. Gavdasining boshchasidan kеyingi, bo’g’imlarga bo’linmagan qismi bo’yincha dеyiladi. Bo’yinchadan kеyingi uzun tana qismi 1000 ga yaqin bo’g’imlardan iborat. O’sish davrida bo’yin doim yangi bo’g’im hosil qilib turadi. Eski bo’g’imlar esa tananing orqa tomoniga qarab surilavеradi. Tanasi qalin kutikula bilan qoplangan. Kutikula parazitni xo’jayini ichagida ishlab chiqariladigan hazm shirasi ta'siridan himoya qiladi.
Qoramol tasmasimon chuvalchangining hazm qilish organlari rivojlanmagan. Parazit xo’jayini ichagi bo’shlig’ida so’riladigan oziqni tanasiningyuzasi orqali so’rib oladi. Ayirish sistеmasi naychalari tanasining ikki Yoni bo’ylab joylashgan bo’lib, hat bir bo’g’imida ko’ndalang naychalar orqali bir – biri bilan qo’shilib turadi. Yon tomondagi naychalar tanasining kеyingi qismida tashqariga ochiladi.