Paragonim
Tuzilishi va rivojlanish sikli. O'pka so'ruvchisi yoki paragonimning (Paragonimus westermani) tanasi tuxumsimon, tikanchalar bilan qoplangan, qizg'ish-jigarrang. O'lchami taxminan 1 sm. gacha. Tuxumlari tillasimon jigarrang, oval, nisbatan yirik, uzunasiga 100 mkm. gacha qopqoqchasi bo'lib, u parda atrofiga chiqib turishi hisobiga go'yo tuxum ichiga botgandek tuyuladi. Tuxum yirik sariq hujayralar bilan toigan.
Paragonim odam, itlar, mushuklar, cho'chqalar o'pkasida parazitlik qiladi. Lichinkalari chuchuk suvlarda yashaydigan molluskalar, so'ngra krab yoki qisqichbaqalar tanasida rivojlanadi. Qisqichbaqalarni xomligicha yeyilganda odamga o'pka so'ruvchisi yuqib qoladi.
Profilaktikasi. Bemorlarni aniqlash va davolash bo'yicha tadbirlul majmuyini, shaxsiy xavfsizlik choralariga amal qilishni, ular orasidagi rn| muhimi ovqatda faqat obdon qaynatilgan qisqichbaqalar krablarni istemol qilish ko'zda tutiladi.
. Shistosomalar yoki qon so'ruvchilar turli jinsli trematodalar, o'lchami 4—20 mm. Odamda Schistosoma turkumining uch turi uchraydi.
S. haematodium qovuqning qon tomirlarida parazitlik qiladi. Siydik tanоsil yoki urinar shistosomoz qo'zg'atuvchisidir. tuxumlari yirik, rangsiz, cho'ziq-oval shaklda, qutblaridan birida katta tikani bor
Dostları ilə paylaş: |