TASMASIMON CHULCHANGLAR SINFI VAKILLARI QORAMOL SOLITYORI CHOCHQA SOLITYORI EXINNOKOK TASMASIMON CHUVALCHANGLARNING TUZILISHI VA RIVOJLANISHI
Fassiolalar
Tuzilisbi. Odamda jigar so'ruvchisining ikki turi: oddiy fassiola (Fas- ciola hepatica) va yirik fassiola (Fasciola gigantica) parazitlik qilishi mumkin. Oddiy fassiola yaproqsimon shaklga ega, o'lchamlari 2—3 sm. ga, yirik fassiolaniki esa 7 sm. gacha yetadi. Ichki tuzihshi o'xshash. Tanasining oldingi uchidagi tumshuqsimon qalinlashmada yonma-yon joylashgan ikkita so'rg'ichi bo'ladi. Ichakning kuchli tarmoqlangan ikki tarmog'i xarakterli. Urug'donlar va tuxumdonlar ham kuchli tarmoqlangan. Bachadon rozetka ko'rinishida parazitning oldingi qismiga joylashgan. Tuxumlari juda yirik, uzunasiga 130—145 mkm, oval, pardasi yaxshi bilinib turadi. Qopqoqchasi bo'ladi. Rangisariqyoki jigarrang. Ichida tuxumni butunlay to'ldirib turadigan ko'p sonli sariq hujayralari ko'rinib turadi.