Tasviriy faoliyat mashg'ulotlarini loyihalashtirish



Yüklə 198 Kb.
səhifə7/7
tarix26.11.2023
ölçüsü198 Kb.
#135497
1   2   3   4   5   6   7
TASVIRIY FAOLIYAT MASHG\'ULOTLARINI LOYIHALASHTIRISH

Qurilish materiallaridan konstruksiya hosil qilish. Jamoa bo‘lib bir necha qurilish guruhini yagona mazmunga birlashtirish. Qurish ishlarini amalga oshirishda bir vaqtning o‘zida bir nechta shart-sharoitni hisobga olish (uch qavatli turar-joy binosini ikki pod’ezdli qilib yasash, piyodalar va transport uchun ko‘prik yasashda muayyan miqdordagi hajm kengligini nazarda tutish).
Qo‘l mehnati. Bolaga qog‘ozdan, tabiiy va qo‘shimcha materiallardan konstruksiya ishlarini bajarishni o‘rgatishni davom ettirish lozim.
Qog‘oz bilan ishlash ko‘nikma va malakalarini oshirish. Qog‘ozlarni farqlash va rangli qog‘oz tasmalardan turli narsalar yasash (kitob uchun xatcho‘p, gilamcha) ko‘nikmasini mashq orqali mustahkamlash zarur.
Andoza tayyorlashga o‘rgatish (qog‘oz ustiga tayyor bargni qo‘yib, qalam bilan atrofini chizish va qaychi bilan qirqish).
Bolaning kvadrat shaklidagi qog‘ozni 16 ta teng bo‘lakka buklash yo‘li bilan narsalarni (savat, quti) yasashga oid malakalarini mustahkamlash lozim.
Origami usulida qog‘ozni turlicha buklash yo‘li bilan kapalak, gullar, qurbaqa, qayiqcha, samolyot, elpig‘ich, charxpalak kabilarni tayyorlashni; elim idishlardan gullar, qalamdon, o‘yinchoqlar yasashni o‘rgatish kerak.
Tabiiy material (yong‘oq po‘chog‘i, novda, gullar, barglar, somon)larni umumiy kompozitsiyaga mustaqil birlashtirib, qo‘lda yasaladigan buyumlar tayyorlash. Odam, hayvon va qushlarning shaklini dub daraxtining mevasi hamda turli meva danaklaridan tayyorlash, alohida qismlarini plastilin, elim vositasida birlashtirish, tasvirda ifodaviylik va harakatni tarkib toptirishga (“CHo‘pon bola”, “Tovus”) o‘rgatish lozim.
Butoq, o‘simliklar ildizidan qo‘lbola narsalar yasashga o‘rgatish. Mazkur qo‘lbola narsalarning qismlarini birlashtirishning usullarini (elimlash, plastilin yoki ingichka sim bilan birlashtirish) mustaqil ravishda topishga yo‘naltirish. Ish jarayonida bolada tasavvur va ijodkorlikni rivojlantirish kerak.
Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida bolani mustaqil holda o‘z ish joyini tayyorlash, saranjom-sarishta, tartib bilan ishlash, toza tutish, yig‘ishtirishga, ishdan so‘ng qo‘llarini sovun bilan tozalab yuvishga odatlantirish.
Applikatsiya uchun rangli qog‘ozdan foydalangan ma’qul. Daftar muqovasidan foydalanish ham mumkin. Eng muhimi bola ishiga xurmat bilan qarash kerak. Bola rasm chizayotgan vaqtda unga xalaqit qilishi, xatosini to‘g‘rilash, e’tiborini boshqa narsalarga qaratish kerak emas. Bola diqqatini tez-tez boshqa narsalarga qaratish undagi psixik jarayonlarni buzadi.
Tasviriy faoliyat natijasi bola tomonidan bajarilgan materiallarda (rasm, applikatsiya, yasalgan figuralar) namoyon bo‘ladi
XULOSA
Xulosa qilib aytganda shuni ta’kidlash joizki ilmiy izlanuvchan ijodkor, pedagogik mahoratga ega bo‘lgan tarbiyachilar qaerda, qanday o‘quv maskanida ta’lim, tarbiya jarayonini olib borishdan qat’iy nazar tarbiyachilik faoliyati ijodiy izlanishlar bilan boyitib borsa shundagina yosh avlodga shu kasbga bo‘lgan mehrni bolaligidanoq tarkib toptirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tasviriy faoliyat maktab yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Rasm chizish, loydan buyumlar yasash va applikatsiya - bu tasviriy faoliyat turlari bo‘lib, ularning asosiy vazifasi-tevarak atrofni obrazli aks ettirish hisoblanadi. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari- boshlagan ishini oxiriga etkazish, oldiga maqsad qo‘yib, o‘shani bajarishga tomon intilish, qiyinchiliklarni engish, o‘rtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar tarbiyalanadi. Jamoa ishini yaratish jarayonida bolalarga bir-biriga yordam, kelishib ishlash kabi sifatlari tarbiyalanadi. Bolalar, ishni baholash jarayonida, bolalarni o‘rtoqlarining ishga nisbatan real munosabatda bo‘lish to‘g‘ri baholash, o‘z ishidan va o‘rtoqlarining ishidan xursand bulish kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarini ma’naviy sog‘lom, estetik jixatdan etuk bo‘lishini ta’minlashda ularning go‘zallikka bo‘lgan qiziqishini oshirishda tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarining imkoniyatlari juda kengdir. Eng asosiy maqsad zamonaviy tasviriy san’at mashg‘ulotlari orqali bolalarda kompozitsion hislarlarni shakllantirish va yuzaga chiqarishdir.

  1. Tasviriy san’atning o‘ziga xos murakkabliklarini tushunib, uning nozik qirralarini bolalarga ulashish mahoratiga ega bo‘la oladigan tarbiyachilarni tayyorlash.

  2. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish lozim.

  3. Maktabgacha ta’lim muassasasining guruxlarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida ishning jamoa shaklidan keng foydalanish samarali natija beradi. Masalan, bolalar qurish, yopishtirish va boshqa ishlarni bajarayotganlarida farmoyish berishga, kelishib olishga, ishlarni bo‘lishib olishga, javobgar yoki boshliqni tanlashga, bir-birlarining talablarini hisobga olib, birgalikda harakat qilishga o‘rganadilar.

  4. Tasviriy faoliyat mashg‘ulotiga nisbatan bola qiziqishini oshirib borish uchun ularni o‘rab turgan olam, tabiat, odamlar, jamiyat xayotidagi xodisalar xaqidagi ko‘pgina ma’lumotlarni berib borish kerak. Bola bilan suxbat qilish, sayr va ekskursiya uyushtirish, tabiat xodisalari, xayvon va qushlarni kuzatish, rasmli ko‘rgazmalar va qiziqari kitoblar o‘qish bola tasavvurini boyitadi. Bolalarni go‘zallikka oshno qilish, ularda xayotiy voqealarni to‘g‘ri tushunish, oliyjanob xis-tuyg‘ularni va intilishlarni shakllantirishga yordam beradi.

  5. Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida bolalarda jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmasini shakllantirish bilan birga bolani chizish, yasash malakasini oshirib maktabga tayyorlaydi.

Foydalangan adabiyotlar

  1. . Mirziyoev SH.M. Erkin va faravon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz- Toshkent, O’zbekiston, 2016, 13-bet

  2. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. Toshkent, 1997.

  3. Karimov I.A. Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevoridir. Toshkent, 1997.

  4. Karimov I.A. YUksak ma’naviyat engilmas kuch. Toshkent, 2008.

  5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 — 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida». 2016 yil 29 dekabr PF - 2707 -sonli qarori.

6.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” gi PF-3261-sonli Qarori.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5198-sonli Farmoni.

O‘zbekistonda «Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi». T, 1997.

  1. Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun. Toshkent, 1997.

  2. “Bolajon” tanch dastur. T., 2016 yil

  3. Maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablari. T., 2017

  4. Ishmuxamedov R.J., YUldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar.T.: “Nihol” nashriyoti, 2013, 2016.-279b.

  5. Tolipov O‘., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari T.: 2006. - 163

Yüklə 198 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin