Tavsifnomalar uchun umumiy zaruriy qismlari: · Tavsifnoma berilayotgan shaxs haqidagi asosiy ma’lumotlar: Ismi,otasining ismi va familiyasi lavozimi; tug`ilgan yili; millati; ma’lumoti



Yüklə 239,5 Kb.
səhifə3/4
tarix27.11.2023
ölçüsü239,5 Kb.
#136662
1   2   3   4
portal.guldu.uz-TAVSIFNOMA

  • TAVSIYANOMA
  • Tavsiyanoma ham ma’lum bir jihatlari bilan tavsifnomaga o`xshab ketadi. Tavsiyanoma biror shaxsni muayyan lavozimga, yangi o`rin, vazifaga yoki ijtimoiy-siyosiy, ijodiy jamoatchilik tashkilotlariga a’zolikka tavsiya etish uchun beriladigan rasmiy hujjatdir. Tavsiyanomalar odatda muassasa, tashkilot, korxona, o`quv yurti ma’muriyati, ijodiy uyushmalar yoki alohida bir shaxs tomonidan ham berilishi mumkin. Tavsiyanoma ham qat’iy bir andozaga ega emas. U ham talab va ehtiyojga qarab yoziladi.
  • Tavsiyanomada shaxsning butun hayoti, o`qish, ish yoki jamoatchilik faoliyati qamrab olinmaydi. Balki bu hujjatni berayotgan rahbar yoki boshqa kishi uchun ma’lum bo`lgan davr bayon etiladi, xolos.
  • Tavsiyanomada ham shaxsning o`z sohasida erishgan yutuqlari, malakasi, ishchanligi, ijodkorligi, tashabbuskorligi, axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy saviyasi, ijtimoiy foaliyati, oilaviy ahvoliga qisman baho beriladi. Tavsiya etilayotgan nomzodning yangi lavozim, o`rin, vazifaga munosibligi yoki ijtimoiy-siyosiy tashkilot, ijodiy uyushma, jamoatchilik ishiga qanchalik loyiqligi ta’kidlanadi. Tavsiyanoma shaxsning taklif etilayotgan lavozim, vazifa, ish yoki a’zolikni bajara olishligiga ishonch bildirish va uning nomzodini tavsiya etish bilan yakunlanadi.

  • Tavsiyanomaning zaruriy qismlari:
  • Hujjat nomi - tavsiyanoma.
  • Tavsiyanoma berilayotgan shaxs haqida matn (shu shaxsni qachondan bilishi, ish joyi, lavozimi uning o`z ishini qay darajada bajarishi, erishgan yutuqlari, ishchanligi, atrofdagilarga munosabati, jamoatchiligi, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy saviyasi, axloqiy sifatlari, obro`-e’tibori, oilaviy ahvoli, yangi lavozim, vazifa, o`rin, ish yoki a’zolikka qay darajada mos ekanligi va unga bildirilgan ishonch hamda tavsiya).
  • Tavsiyanoma beruvchilarning ish joyi lavozimi, imzolari, familiyalari,berilgan sana va muhr.

Yüklə 239,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin