Guliston davlat universiteti devonxonasi ish yurituvchisi 1980-yilda tug`ilgan “Kamolot “ YIH azosi o`zbek, oliy ma`lumotli Jalilova Aziza Bahodir qiziga
Guliston davlat universiteti devonxonasi ish yurituvchisi 1980-yilda tug`ilgan “Kamolot “ YIH azosi o`zbek, oliy ma`lumotli Jalilova Aziza Bahodir qiziga
TAVSIFNOMA
Jalilova Aziza Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug`ilgan. U Samarqand shahridagi 48-o`rta umumta’lim maktabida tahsil olib, maktabni “yaxsi” va “a’lo” baholar bilan tugatdi.
Oxunova Z.B. 2001-2002-yillarda Samarqand shahridagi futbol maktab-internatida tikuvchi, shahar “Kamolot” YIH tashkilotida yetakchi-mutaxassis lavozimlarida ishlagan. Ish jarayonida OITS va giyohvandlikka qarshi kurash bo`yicha kurslarda o`qidi hamda Samarqand shahri va viloyatidagi bir qancha maktablarda asrning dolzarb muammosiga bag`ishlangan targ`ibot-tashviqot ishlarida faol ishtirok etdi.
Oxunova Zulfiya Boboxonovna 2002-yil GulDUning rus filologiyasi fakultetiga o`qishga kirib, uni imtiyizli diplom bilan tugalladi va 2006-yil yanvar oyidan boshlab universitet devonxonasida ish yurituvchi lavozimida faoliyat ko`rsatib kelmoqda.
U ishchan, o`z vazifasini sidqidildan bajaradi, yangi xodimlar bilan tez til topishadi, har qanday ko`ngilsizholatda ham o`zini tuta oladi, mulohazali, xushchaqchaq, xushmuomala, muloyim fe’l-atvorli, o`zidan kattalarga hurmat bilan, kichiklarga mehribonlik va g`amxo`rlik bilan munosabatda bo`ladi. Jamoat ishlarida ishtirok etishni yaxshi ko`radi. Sportning yengil atletika turi bilan muntazam shug`ullanadi. Samarqand shahar va viloyat miqyosida o`tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etib keladi. Bir necha bor sovrinli o`rinlarni ham egallagan.
Oxunova Zulfiya Boboxonovna o`zbek, rus, ingliz, tojik tillarida erkin muomala qila oladi. U universitet professor-o`qituvchilari, xizmatchi-texnik xodimlari orasida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy-tarbiyaviy tadbirlarda ham faol ishtirok etib keladi. O`z dunyoqarashi, ma’naviy-siyosiy saviyasini oshirish uchun kundalik matbuot, internet ma’lumotlaridan doim xabardor bo`lib boradi, badiiy kitoblar va filologiyaga doir ilmiy asarlarni muntazam o`qib boradi.
Tavsifnoma talab qilingan joyga taqdim etish uchun berildi.