Mansurova Malika filologiya fakultetiga o`qishga kirgan paytdan (2003-yl) boshlab tirishqoq, qiziquvchan, intiluvchan, jamoatchi talaba sifatida tanildi. Men Mansurova Malika Askarovnani fakultet talabalar kasaba uyushmasi byurosi hamda “Kamolot” YIH universitet tashkiloti faollaridan biri sifatida 2004-yildan beri bilaman. U fakultet “Kamolot” YIH tashkiloti, murabbiylar kengashi, guruh rahbari, fakultet xotin-qizlar kengashi, fakultet ma’muriyati, o`zi tanlanma fanlar tinglaydigan amaliy tilshunoslik, o`zbek tili va adabiyoti o`qitish metodikasi kafedrasi professor-o`qituvchilari, ilmiy rahbari tomonidan beriladigan topshiriqlarni o`z vaqtida bajarib keladi. U har yili universitet talabalarining an’anaviy anjumanida iqtidorli talabalar qatorida o`zbek tilshunosligining dolzarb mavzulari bo`yicha ma’ruzalar qilib kelmoqda. Shuningdek, xabar va lavhalari bilan shahar, viloyat va respublika vaqtli matbuoti sahifalarida ham qatnashib turadi. Hozir u professor I.K.Mirzayev rahbarligida “Alisher Navoiy ijodining o`rta umumta’lim maktablarida o`rganilishi” mavzusida malakaviy-bitiruv ishi yozmoqda. O`tgan shu qisqa davr ichida u o`zining ilmiy kuzatishlar olib borishga layoqatli ekanligini ko`rsatdi. Men yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, bitiruvchi Mansurova Malika Askarovna- ning o`z ixtisosligi bo`yicha o`qishini muvaffaqiyatli davom ettira olishiga ishinch bildiraman hamda uning nomzodini magistraturada o`qishga tavsiya etaman.