Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan Eshitildi: DMTT direktori D.Isroilova 2021 yil davomida jamoa shartnomasida belgilangan ish beruvchining majburiyatlarining bajarilishi hamda hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.
Kasaba uyushma qo’mitasi raisi D.Sherbo’taeva kasaba uyushmasi qo’mitasining 2021 yil davomidagi faoliyati haqida hisobot berdi.
Hisobot yuzasidan muzokoraga so’zga chiqdilar: S.Vallamova va Z.Zulqaynarovalar olib borilgan ishlar haqidagi o’z fikr va mulohazalarini aytib, kasaba uyushmasi qo’mitasining o’tgan davrdagi faoliyatini qoniqarli deb topish taklifini bildirdilar.
Taklif bir ovozdan ma’qullandi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan Eshitildi: jamoa shartnomasini bajarilishini tekshirib boruvchi komissiya a’zosi B.To’laboyeva DMTT ma’muriyati va kasaba uyushma qo’mitasi o’rtasida 2019-2021 yillarga mo’ljallangan jamoa shartnomasini bajarilishini tekshirib boruvchi komissiya dalolatnomasi bilan yig’ilish ishtirokchilarini tanishtirdi.
Dalolatnoma yuzasidan muzokoraga so’zga chiqdilar: Z.Shokirova va M.Navro’zovalar dalolatnomani mukammal tayyorlanganligi, bajarilmagan bandlarni kelgusi yilda bajarilishiga e’tibor kuchaytirish lozimligini ta’kidlashdilar hamda dalolatnomani tasdiqlash taklifini bildirdilar.
Taklif bir ovozdan ma’qullandi.
Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan Eshitildi: kasaba uyushma ko’mitasi raisi D.Sherbo’taeva DMTT ma’muriyati va kasaba uyushma qo’mitasi o’rtasida 2022-2024 yillarga mo’ljallangan jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlanish jarayoni va qisqacha mazmuni bilan barchani tanishtirdi.
Jamoa shartnomasi loyihasi yuzasidan muzokaraga so’zga chiqdilar: B.To’laboyeva, Z.Zulqaynarovalar jamoa shartnomasini tuzish yuzasidan deyarli 2 oy davomida muzokaralar olib borilganligi, xodimlarning takliflari inobatga olinganligi hamda ekspert komissiyasidan ekspertizadan o’tkazilganligini hisobga olgan holda jamoa shartnomasi loyihasini ma’qullash fikrini bildirdilar.
Taklif bir ovozdan ma’qullandi.
Muzokaraga ishtirok etganlarning fikr-mulohazalari va kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan bildirilgan takliflar inobatga olinib umumiy yig’ilish qaror qiladi: 1. 2019-2021yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2021 yilda bajarilishi yuzasidan DMTT direktori D.Isroilova va kasaba uyushma qo’mitasi raisi D.Sherbo’taevalarning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin(ilova qilinadi).