Tabiiy (biologik) maromlar.
Organmizlarning asosiy va fundamental xususiyatlaridan biri – bu ulardagi ko’p jarayonlarning davriyligidir. Yerdagi hayot hujayralaridan tortib to biosferagacha ma’lum maromlarga bo’ysunadi. Organizmlar hayotining yil davomida boshqarib turilishi biologik maromlar (ritmlar) deyiladi.
Organizmlar uchun tabiiy maromlar 2 xil, ya’ni ichki va tashqi muhitda bo’ladigan tsiklik o’zgarishlarga bog’liq.
Ichki yoki endogen maromlar. Ichki tsikllar – bu organizmlarning fiziologik maromlaridir. Maromlar xujayrada, oksil sintez qilinishida, fermentlar ishlashida, fotosintezda va boshqa jarayonlarda kuzatiladi. Hujayraning bo’linishi, muskullarning qisqarishi, yurak urishi, nafas olish, nerv sistemasining qo’zg’alishi va boshqalar ma’lum bir maromga bo’ysunadi. Har bir sistema o’z davriga ega. Bu davrni tashqi muhit omillari orqali qisman o’zgartirsa bo’ladi, ba’zi hollarda o’zgartirib bo’lmaydi. Ana shu marom yoki ritm endogen marom deyiladi.
Endogen yoki ichki maromlar organizm xulq atvorini davriy o’zgarishlariga olib keladi.
Ichki va tashqi maromlar navbatidagi fazaning boshlanish vaqtiga bog’liq. Tirik organizmlar unga qarab o’zgaradi.
Tashqi yoki ekzogen maromlar geofizik asosga ega, chunki ular yerning quyoshga nisbatan va oyning yerga nisbatan aylanishiga bog’liq. Bu aylanish natijasida planetadagi bir qator ekologik omillar yorug’lik, harorat, bosim, havo namligi, atmosferadagi elektromagnit maydoni, okeanlardagi suvning ko’tarilishi va pasayishi hamda boshqalar qonuniyatli ravishda o’zgaradi.
Bundan tashqari organizmlarga ta’sir qiluvchi hodisalardan biri kosmik maromlar, ya’ni quyosh aktivligining davriy o’zgarishidir. Quyosh uchun 11 yillik tsikl xarakterli. Quyosh radiatsiyasining o’zgarishi planetamizdagi iqlimga ta’sir qiladi.
5. Sutkalik va yillik maromlar.
Organizmlarning biologik maromlari sutkalik va oy davomidagi, hamda yillik tsikllarga bo’linadi.
Mana shular tufayli organizmlarning asosiy biologik xususiyatlari ovqatlanish, o’sish, ko’payish, sutka yoki yillning qulay vaqtiga to’g’ri keladi.
Dostları ilə paylaş: |