Tayanch so’zlar



Yüklə 56,5 Kb.
səhifə2/7
tarix20.04.2023
ölçüsü56,5 Kb.
#125711
1   2   3   4   5   6   7
hujayra

Prokariotlar – (lot. pro-oldin, gacha va grekcha korion-yadro, yong’oq degani) yadro va boshqa ichki membranali organoidlarga ega bolmagan organizm hujayralariga aytiladi. Masalan sianobakteriyalar. Yagona uzuksimon (ba’zida chiziqsimon) ikki zanjirli DNK molekulasi giston-oqsillar bilan komplekslar hosil qilmaydi. Prokariot hujayralilarga bakteriyalar, ko’kimtir-yashil suv o’tlari va arxeyalar kiradi. Prokariot hujayralar avlodi bu-eukariot hujayralarning mitoxondriya va plastidalari hisoblanadi.
Eukariotlar (grekcha eu-yaxshi, to’la va karyon-yadro, yong’oq) yadro qobig’i bilan ajralib turuvchi to’la yadroga ega hujayralar hisoblanadi. Genetik materiallar bir nechta ikkitalik zanjirsimon DNK molekulalarida (organizm turiga qarab ikki va undan bir necha yuz ortiq) bo’lib, giston-oqsillari bilan komplekslar hosil qiluvchi hujayralar hisoblanadi. Eukariot hujayralarda yadro va boshqa organoidlarni tashkil etuvchi membranalardan tashqari yana ichki membranalar sistemasiga ham ega. Hujayra o’simlikning eng mayda tirik qismi bo’lib hisoblanadi. Hujayra nafas oladi, oziqlanadi, o’sadi va bo’linib ko’payadi. O’simliklar hujayrasining shakli va o’lchami nihoyatda xilma-xildir. Bir hujayrali organizmlarning hujayrasi, asosan ovalsimon, shar yoki egik tayoqcha shaklida bo’ladi. Ko’p hujayrali organizmlar hujayrasining shakli va o’lchami ularning holati va bajaradigan funksiyasiga bog`liq. Shuning uchun ular ustinsimon, ko’p qirrali, yumaloq, urchuqsimon va cho’ziq bo’lishi mumkin.
Yuksak o’simliklar hujayralari ikki xil morfologik toifaga: parenximali va prozenximali hujayralarga farqlanadi. Parenximali hujayralar sharsimon, to’g`ri burchakli yoki ustinsimon, umuman bo’yi eniga tengroq bo’ladi. Prozenximali hujayralarni esa, bo’yi enidan bir necha marta ortiq bo’ladi. Masalan: kanop tolasi, paxta tolasi hujayrasi. Juda ko’p hujayralar oddiy ko’zga ko’rinmaydi. Faqat mikroskop orqali ko’rinadi. Ayrim gigant hujayralarni mikroskopsiz ko’rsa bo’ladi. Masalan: tarvuz, olma, pomidor mevalarining hujayralari, ba’zan bularning o’lchami 1 millimetrgacha yetadi. Kanop, zig`irning prozenximali hujayralari 25- ‘0 mm gacha, paxta tolasining uzunligi 60 mm gacha yetadi. O’simlik hujayrasi to’xtovsiz rivojlanadi. Shuning uchun yoshiga qarab shakli o’zgarishi mumkin.
O’simliklar tanasidagi hujayralarning soni ham har xildir. Bir hujayrali organizmlar bakteriya, ayrim suv o’tlari va zamburug`larda bitta, ko’p hujayrali organizmlarda bir necha milliardgacha bo’ladi. Hujayraning ichki bo’shlig`ini to’ldirib to’rgan shilimshiq modda sitoplazma, protoplazama, plazma deb ataladigan yarim suyuq kolloid massadan, ancha quyuq jism-yadro va alohida qo’shilmalar-plastida, mitoxondriya va ribosomalardan tuzilgan. Shu kabi hujayraning tirik qismlari, umumiy nom bilan protoplast deb ataladi. Hujayraning po’sti va hujayra shirasi, uning o’lik qismi bo’lib hisoblanadi.

Yüklə 56,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin