Tayanch so’zlar



Yüklə 56,5 Kb.
səhifə3/7
tarix20.04.2023
ölçüsü56,5 Kb.
#125711
1   2   3   4   5   6   7
hujayra

Hujayra po`sti. Yuksak o`simliklarning hujayrasi tashqi tomonidan ancha qattiq po`st bilan o`ralgan bo`ladi. Bu po`st hujayraga ma’lum bir shakl beradi va uni tashqi noqulay ta’sirlardan saqlaydi. Faqat jinsiy hujayralarda, harakatchan sporalarda va ba’zi tuban o`simliklarda bunday qattiq po`st bo`lmaydi. Har xil turga kiradigan o`simliklar hujayrasi po`stining kimyoviy tarkibi turlicha bo`lib, organizmlarning yoshiga qarab o`zgarishi mumkin. Lekin har qanday holda ham hujayralar devorini hosil qiluvchi asosiy modda sellyulozadir. Hujayra po`sti lignin moddasini singdirsa yog`ochlanadi. Bunda u suv va gazlarni o`tkazadi. Protoplast nobud bo`ladi, kamdan-kam holda tirik qoladi, yog’ochlanish qaytar jarayondir. Masalan: behi, nok mevalari pishmaganda qattiq bo`lib, yetila borishi bilan yumshaydi.
Ribosomalar (yunon. soma-tanachalar)ni birinchi marta 1955 yili Palade elektron mikroskop yordamida aniqlagan, kattaligi 100 300 A, diametri 20 nm ga teng bo’lib, granula (lot. granulum-donacha) qora donachalar shaklida ko’rinadi. Sitoplazmada juda ko’p miqdorda yuz mingga yaqin polisomalar bo’ladi, ular oqsilni sintez qilishda faol qatnashadi.
Endoplazmatik retikulum. ER yoki endoplazmatik to’r (yunon. endo-ichki; plazma-bitgan, hosil bo’lgan, lot. retikulum-to’r) o’simliklar hujayrasi uchun xos bo’lgan sitoplazmaning submikroskopik tuzilishi bo’lib, har bir hujayraning zaruriy organoididir. ER bajaradigan vazifasiga va morfologik tuzilishiga binoan ikki xil tuzilishda bo’ladi: granulyar yoki g’adir-budur va granulyar yoki silliq. G’adir-budur retikulum, hujayra membranasining rivojlanish va o’sish markazi hisoblanadi. Undan hujayraning ayrim organoidlari (vakuola, lizosom, diktiosom) vujudga kelishi mumkin. Silliq retikulum ingichka naychalardan iborat bo’lib, lipidlarni sintez qilish vazifasini bajaradi.
Goldji apparati yoki kompleksini ilk bor Italiyalik olim sitolog K.Goldji tomonidan (1898) hayvon hujayrasida aniqlangan va "to’r apparat" deb atagan. 1912 yildan buyon "Goldji apparati" deb atala boshlangan. Aniqlanishicha, diktiosomalar sitoplazmada sintez qilingan mahsulotlar amorf (yunon. amorf-shaklsiz) polisaxaridlardan pektin, gemisellyuloza kabi moddalarni maxsus fermentlar yordamida sintez qilishda qatnashadi. Goldji pufakchalari polisaxaridlarni plazmolemmaga tashib beradi. Ulardan o’suvchi hujayralar foydalanadi. Bundan tashqari goldji apparati oqsillarni (gidrolitik fermentlarni) hujayralar orasiga tashiydi va lizosoma hamda vakuolalarni hosil bo’lishida ishtirok etadi.

Yüklə 56,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin