Tayanch tushunchalar



Yüklə 49,6 Kb.
səhifə1/4
tarix26.11.2023
ölçüsü49,6 Kb.
#135336
  1   2   3   4
Turkiy tillar fonetikasi


TURKIY TILLAR FONETIKASI.
REJA:
1.Turkiy tillar vokalizmi.
2.Unlilarning qisqa-uzunligi.
3.Turkiy tillarda unlilar mosligi.
4. Turkiy tillar konsonantizmi:
4.1.Portlovchilar.
4.2.Sirg‘aluvchi portlovchilar.
4.3.Qorishiq tovushlar.
4.4.Sonorlar.
4.5.Undoshlarda proteza hodisasi.
Tayanch tushunchalar: Vokalizm. Konsonantizm. Spirantlar. Sonorlar. Qorishiqlar. Portlovchilar. Jarangililashuv. Jarangsizlashuv.
1.Turkiy tillar vokalizmi. Turkiy tillar o‘zlarining leksik, grammatik xususiyatlari bilangina emas, balki fonetik xususiyatlariga ko‘ra ham mushtarak-liklar bilan birga, o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Mana shunday xususiyatlari bilan ular bir-biridan o‘zaro farqlanadi. Demak, turkiy tillarning bir-biriga yaqinlik yoki uzoqlik darajasini belgilashda ham ularning fonetik xususiyatlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Turkiy tillarning bobotil davridagi unlilarning miqdori masalasi hanuz turkologlar orasida munozarali bo‘lib kelmoqda. Ayrim turkologlar turkiy tilda sakkizta unlining mavjudligini ta’kidlaydilar. Ular qisqa va cho‘ziq unlilardan iborat bo‘lgan. Ushbu fikrni birinchi marta V.V.Radlov ilgari surgan edi. Bobotil davridagi unlilar tizimi quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:
Qisqa: a, ä, o, ö, u, ü, ї, i.
Uzun: a:, ä:, o:, ö:, u:, ü:, ї:, i:.
Turkiy bobotil davrida yopiq ye(e) unlisining mavjud bo‘lganligi ham munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Enasoy obidalarida ushbu unlining bo‘lganligi ta’kidlanadi. Bu unli o‘rxun yodnomalarida uchramaydi. Lui Bazen ushbu fonemaning fonologik xususiyatga ega emasligini ko‘rsatgan. U fonologik jihatdan, ayni paytda, a va i ga qarama-qarshi emas. Bundan tashqari, uniñ mavjudligi turkiy vokalizm tizimiga putur yetkazgan bo‘lardi.
V.V.Radlov, keyinchalik, ozarbayjon tili materiallariga tayangan holda, unlilar miqdorini 9 taga yetkazadi: a, ä, o, ö, u, ü, e, ї, i.
2. Unlilarning qisqa-uzunligi. Turkiy tillar unli fonemalarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ularning ochiqlik darajasidir. Ana shu xususiyatga ko‘ra, ko‘pchilik turkiy tillar–yoqut, shor, oltoy, karagas, tuva, qirg‘iz, balqar tillarida ikki pog‘onali oppozitsiyani tashkil qiladi: a, yo, (ä), o, ö–keng (kompakt), ï, i, u, ü–qisqa (diffuz). Uzun va qisqaligini inobatga olmaganda, ko‘rsatilgan tillarda unlilar miqdori 8 tadan iborat.
Ozarbayjon, boshqird, qozoq, qoraqalpoq, tatar, xakas va bir qancha boshqa tillarda ko‘rsatilgan zidlik (qarama-qarshilik) 9 ta, 10 ta va undan ortiq unlilardan uch va to‘rt pog‘onali oppozitsiya shaklida bo‘ladi:
Ozarbayjon: keng a, ä o, ö
o‘rta yarim keng yo(ё)
tor ї, i u, ü


Boshqird, tatar: keng a, ä (yo)
Chuvash tilida: o‘rta keng ï, i o, ö
tor ï, i u, ü


Qozoq tilida: keng a, ä o, ö
o‘rta keng yo(ё)
o‘rta tor ї, i o, ö
tor ï, i u, ü


Xakas tilida: keng a, ё o, ö
o‘rta keng i
tor ї, i u, ü
O‘g‘uz tillarida qo‘shimcha (oraliq) pog‘onani o‘rta keng e egallaydi va, bir tomondan, keng ä unlisiga, ikkinchi tomondan, tor i unlisiga qarama-qarshi qo‘yiladi.
Ushbu masala O‘rxun va Enasoy yodgorliklari tili munosabatida V.Tomsen tomonidan birinchi marta ilgari surilgan edi. Bunda u runik yozuvda ayrim so‘zlarda ї(i)ning qo‘llanishi qat’iy ekanligini, boshqalarida esa maxsus belgi yo‘qligi sababli almashinib turishini e’tiborga olib, V.Tomsen shunday fikrga kelgan edi: 1)faqat ї uchraydigan so‘zlarda ining o‘zi bo‘lgan; 2)maxsus belgi bo‘lmaganligi sababli ä dan farqlash uchun yopiq ё qo‘llanilgan hozirgi turkiy tillarda ham ä o‘rnida ishlatilishini ko‘rish mumkin.
Enasoy obidalarida yopiq ёni ifodalash uchun )( belgisi qo‘llanilgan: ёki (ikki), ёl (qabila uyushmasi), ёsh (yo‘ldosh), ёt (qilmoq), bёl (odamniñ beli), bёsh (5), yёtmish (70), kёsh (belbog‘) kabi.
Turkiy tillarning ko‘pchiligida qadimgi qisqa a birinchi bo‘g‘inda saqlangan: at (ot–hayvon); turkiy at: tur.,uyg‘.,qum.,q.balq.,gag.,qar.,qirg‘., no‘g‘., qoz.,olt.,yoq., at; bash (odamning boshi): q.turk.,tur.,ozarb.,turkm., gag., qirg‘.,q.balq., qum., tuv., bash; qoz., bas, no‘g‘. bas, q.qalp. bas, yoqut. bas, kar. bash, bas, xak. pas; qaz (qazmoq): q.tur., uyg‘., no‘g‘., qum., q.balq., kar., qoz., qaz; tur. kaz; gag., ozarb. gaz, xak., yoq., olt. xas va hokazo.

Yüklə 49,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin