5.Muvofiq (mos) kelishni tanlab tekshirishning vazifasi nimadan iborat? A. Ichki nazoratning buzilishini qiymat ifodasida o‘lchashdan.
B. Hisob siyosatini tekshirishdan.
C. Buxgalteriya hisobi tizimini tekshirishdan.
D. Ichki nazorat me’yorlarining tez-tez buzilib turishini aniqlashdan.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
6.Tanlab tekshirish nimalarni o‘z ichiga oladi? A. Tanlash ko‘lami, kuzatish birligi.
B. Tanlash birligi, tanlash uslublari.
C. Saylab olish hajmi, salmoqli (reprezentativ) tanlash.
D. A va B.
E. A, B va D.
7.Qanday tanlashga uyg‘unlashgan tanlash deb ataladi? A. Tasodifiy sonlar jadvali bo‘yicha tanlash.
B. Tasodifiy va sistematik tanlash usullarining yig‘indisi.
C. Bunda elementlar tasodifan tanlangan ma’lum bir sondan boshlab, har bir doimiy interval tanlab olingan usul.
D. A va B.
E. A, B va D.
8.Tanlov o‘tkazishda auditorlik tashkiloti o‘rganiladigan butun to‘plamni alohida guruhlar (quyi to‘plamlar) ga bo‘lish nima, deb ataladi? A. Stratifikatsiyalash.
B. Dispersiyalash.
C. Ekstrapolyatsiyalash.
D. Determinlash.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
9.Auditorlik tashkiloti auditorlik tanlashning barcha bosqichlarini va uning natijalari tahlilini qaysi hujjatda aks ettiradi? A. Auditorlik shartnomada.
B. Auditorlik hisobotida.
C. Auditorlik xulosasida.
D. Auditorning ishchi hujjatlarida.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
10.Tekshiriladigan to‘plamning barcha elementlaridan teng miqdorda tanlanish ehtimolining ta’minlanishi nima, deb ataladi? A. Dispersiya.
B. Ekstrapolyatsiya.
C. Reprezentativlik.
D. Stratifikatsiya.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
11.Auditorlik hisobotini va xulosasini shakllantirish qaysi jarayonda vujudga keladi? A. Audit rejasining barcha bo‘limlari bo‘yicha o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va baholash jarayonida.
B. Audit dasturining barcha bo‘limlari bo‘yicha o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va baholash jarayonida.
C. Audit rejasi va dasturining barcha bo‘limlari bo‘yicha o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish jarayonida.
D. Audit rejasi va dasturining barcha bo‘limlari bo‘yicha o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va baholash jarayonida.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.