16.Auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechish ayrim qaysi hollarda yuzaga keladi? A. Auditor mustaqilligini yo‘qotganida.
B. Balans tuzilgan sanadan keyin jiddiy hodisalar sodir bo‘lganda.
C. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan audit o‘tkazish sohasi cheklab qo‘yilganida.
D. Ayrim murakkab vaziyatlar tufayli audit o‘tkazish sohasi cheklab qo‘yilganida.
E. Barchasi to‘g‘ri.
17.Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida qonunchilikka rioya qilinishini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi axborotlar auditorlik hisobotining qaysi qismida ko‘rsatiladi? A. Adresat.
B. Kirish.
C. Tahlil.
D. Yakuniy.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
18.Auditorlik tekshiruvi hajmining cheklanganligi, deb nimaga aytiladi? A. Bu xo‘jalik yurituvchi subyekt vakillari yoki uchinchi shaxslarning, boshlab qo‘yilgan auditorlik tekshiruvini, auditor auditorlik xulosasi tayyorlash uchun yetarli deb hisoblaydigan hajmda o‘tkazishga to‘sqinlik qilishga qaratilgan ochiqdan-ochiq ko‘rsatadigan xatti-harakatlari yoki harakatsizligidir.
B. Auditorlik tekshiruvida inventarizatsiyani o‘tkazilmasligidir.
C. Bu xo‘jalik yurituvchi subyekt vakillari yoki uchinchi shaxslarning, boshlab qo‘yilgan auditorlik tekshiruvini, auditor auditorlik xulosasi tayyorlash uchun sifatli o‘tkazishga to‘sqinlik qilishga qaratilgan ochiqdan-ochiq ko‘rsatadigan xatti-harakatlari yoki harakatsizligidir.
D. To‘g‘ri javob mavjud emas.
E. Barchasi to‘g‘ri.
19.Auditor auditorlik xulosasini berishdan bosh tortishi hamda salbiy auditorlik xulosasi berishi orasida qanday farq bor. A. Hech qanday farq mavjud emas, bu ikkisi bir xil.
B. Agarda auditor xulosasini berishdan bosh tortsa demak auditorda buxgalteriya hisoboti ishonchliligi borasida hech qanday fikr tug‘ilmagan.
C. Qaror qilish sababi bir xil, ammo rad etish mijoz uchun ma’qul tushadi.
D. A va C.
E. To‘g‘ri javob yo‘q.