41.Auditor tovar-moddiy zaxiralarni to‘g‘ri baholanishini tekshirganda qaysi BHMSga muvofiqligini tekshirishi kerak? A. 1-BHMS bilan;
B. 5-BHMS bilan;
C. 15-BHMS bilan;
D. 4-BHMS bilan;
E. To‘g‘r javob mavjud emas.
42.TMZ larni tekshirishda auditorlik amallari qanday amallarga bo‘linadi? A. Inventarizatsiyagacha bajariladigan amallar.
B. Inventarizatsiya vaqtida bajariladigan amallar.
C. Inventarizatsiyadan so‘ng bajariladigan amallar.
D. A, B, C.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
43.Auditor tovar-moddiy zaxiralarining tushumi va kirim qilinishi qanday hujjatlar asosida tekshiradi? A. Mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida.
B. Tovar-transport nakladnoylari, schot-fakturalar asosida.
C. Qadoqlash (upakovka) yorliqlari, sifat guvohnomasi, qabul kvitansiyasi va boshqalar asosida.
D. Mol yetkazib beruvchila bilan tuzilgan shartnomalar va kuzatib boruvchi hujjatlar asosida.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
44.Omborxonada sodir bo‘lgan kirim muomalalarini tekshirishning umumiy usuli aniqlang? A. Inventarizatsiy ausuli.
B. Omborxona kirim hujjatlarini mol yetkazib beruvchilarning kuzatib boruvchi hujjatlari yoki materiallarni chakana savdoda naqd pulga sotib olish hujjatlari bilan solishtirish.
C. Omborxona kirim hujjatlarini mol yetkazib beruvchilar bilantuzilgan shartnomalar bilan solishtirish.
D. Barcha javoblar to‘g‘ri.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
45.Tekshiruv mobaynida tuziladigan taqqoslash qaydnomalarini kimlar imzolaydi? A. Faqat auditor.
B. Bosh buxgalter va moddiy javobgar shaxs
C. Auditor va bosh buxgalter
D. Auditor, bosh buxgalter va moddiy javobgar shaxs
E. To‘g‘ri javob mavjud emas
46.TMZ lar kamomadining aniq aybdorlari topilmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirib olish imkoni bo‘lmagan hollarda ko‘rilgan zarar so‘mmasi daromad (foyda) solig‘ini hisoblashda umumiy belgilangan tartibda soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shiladimi? A. Ha.
B. Yo‘q.
C. Ba’zi paytlarda qo‘shiladi.
D. To‘g‘ri javob yo‘q.
E. Aksincha soliq bazasidan ayriladi.
47.Tekshiruv jarayonida korxonada konsignatsiya shartlari asosida olingan tovarlar mavjud ekanligi hamda bu tovarlar 2910-“Ombordagi tovarlar”-hisobvaraqda aks ettirilganligi aniqlandi. Aslida bunday tovarlar qaysi hisobvaraqda hisobga olinishi zarur? A. 001-“Operativ lizing bo‘yicha olingan asosiy vositalar”;
B. 002-“Mas’ul saqlashga olingan tovar-moddiy boyliklar”;
C. 003-“Qayta ishlashga olingan materiallar”;
D. 004-“Komissiyaga olingan tovarlar”;
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.