87 3.5-rasm. Lift tizimining collobaration diagrammasi
Foydalanilgan adabiyotlar 1.
Learning UML 2.0 by Russ Miles and Kim Hamilton May 2, 2006
2.
“Software Engineering”, by Ian Sommerville, 2015
3.
Davis, A. M. (1993). Software Requirements: Objects, Functions and States.
Englewood Cliffs, NJ: Prentice Hall.
4.
http://www.uml-diagrams.org/
5.
http://www.SoftwareEngineering-9.com
6.
http://www.pearsonhighered.com/sommerville
IV. AMALIY MASHG’ULOT MATERIALLARI
88 4 - amaliy mashg’ulot. Tizim arxitekturasi va dizaynini qurish Ishdan maqsad: Dasturiy ta’minot arxitekturasi va arxitekturaviy dizayn
yaratish va uni tizimga moslashtirish.
Dasturiy ta’minot arxitekturasi tizimni ishlab chiqishda muhim o’rin tutadi,
sababi u tizimni ishlab chiqilishiga, ishonchliligiga, keng ko’lamda qo’llanilishiga
va qayta ishlab chiqilishiga ta’sir qiladi.
Arxitekturaviy dizayn jarayonida tizim arxitektori tizim va tizimni ishlab
chiqish jarayoniga samara keltiradigan strukturaviy qarorlar chiqarishi lozim. Bilim
va tajribaga asoslanib tizim haqida quyidagi qarorlarni qabul qilishi kerak:
1.
Loyihalanayotgan tizim biror bir umumiy loyihalar arxitekturasiga mos
keladimi?
2.
Tizim yadro yoki protsessorlarga qanday taqsimlanadi?
3.
Qanday arxitekturaviy andozalar yoki usullardan foydalanish mumkin?
4.
Tizim strukturasiga qanday fundamental yondashuvlar foydalaniladi?
5.
Tizimdagi strukturaviy komponentalar qanday qilib qismlarga ajratiladi?
6.
Tizimdagi komponentalarning operatsiyasini nazorat qilishda qanday
strategiyadan foydalaniladi?
7.
Tizimning funksinal bo’lmagan talablarini taminlash uchun qanday
qanday arxitekturaviy tashkilot eng yaxshi?
8.
Arxitekturaviy dizayn qanday baholanadi?
9.
Tizimning arxitekturasi qanday hujjatlashtirilishi lozim?
Garchi har bir dasturiy ta’minot tizimi unikal bo’lsada o’xshash
arxitekturalardan foydalanilishi mumkin.
Dasturiy ta’minot tizimi haqidagi bilimlarni ko’rsatishda andozalar
g’oyasidan foydalanish hozirgi kunda ko’p qo’llanilmoqda.
Har bir arxitekturaning yaxshi va yomon tomonlari mavjud