224
RIVOJLANTIRISHDA FAOLIYATNING O ‘RNI //Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti
jurnali. – 2021. – Т. 1. – №. 1.
TAYYORLOV GURUHLARDA MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRSHIDA
MENTAL ARIFMETIKADAN FOYDALANISH
https://doi.org/10.5281/zenodo.6568710
Inomova Qudratoy
Buxoro davlat universitetining
Pedagogika instituti maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich magistranti
N.Z.Qodirova
BuxDU Xorijiy tillar fakulteti 3-bosqich talabasi
Annotatsiya: Mental arifmetika - bu maxsus abakus yordamida katta sonlarni tezda qo‘shish,
ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish usullarini o‘rganish usuli. Uni ba’zan aqliy matematika deb ham atashadi.
Ushbu maqolada tayyorlov guruhlarida mental arifmetikaning ahamiyati haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar: mental
arifmetika, abakus, soroban, tayyorlov, Xitoy, Yaponiya, idrok, diqqat,
intellekt,
Mental arifmetika bu qadimgi dunyo kabidir. U birinchi marta Vavilon (Bobil)da 5 ming yil oldin
ixtiro qilingan. Keyinchalik yaponlar buni bir necha marta takomillashtirdilar va bugungi kunda biz - qayta
ishlangan
“abakus” kalkulyatordan foydalanamiz. Kalkulyatorning
abakusdan farqi, u faqat aqliy
qobiliyatlarning rivojlanishiga zarar yetkazadi. Ma’lumki, insonning o‘ng miya yarim shari ijodkorlik,
idrok etish va tasvirlarni yaratish uchun, chap miya yarim shari esa mantiq uchun javobgardir. Ikki yarim
sharning ishi bolalarning rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar beradi. Mental arifmetikaning vazifasi esa
butun miyani ishlatishdir.
Bolaning intellektual qobiliyatini rivojlantirishga imkon beradigan texnika vositalaridan biri esa bu
abakusdir.
4-6 yoshli bolalar ushbu davrda aqliy arifmetikani boshlash uchun eng mos vaqt ekanligi isbotlangan.
Aynan shu yoshda miya yodlash nuqtai nazaridan ancha moslashuvchan bo‘ladi.
Abakusdan aqliy hisob-kitoblarda foydalanish jahon va ayniqsa, Xitoy madaniyatining muhim qismidir.
Suanpan raqami vositasi birinchi marta Xitoyda 190 yilda fan va tsivilizatsiyaga kirib kelgan. Taxminan 1200
yilda
u Yaponiya, Koreya va Hindistonda tez va aniq hisob-kitoblar uchun faol foydalanilgan. 2013-yilda
YUNESKO Jahon nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi
1
.
Mental arifmetika bu san’at va aql idrokni rivojlantiruvchi dasturdir. Mental arifmetika dasturini o‘rganish
4 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni rivojlanishiga ancha yaxshi yordam beradi. Tajribalar shuni
ko‘rsatadiki, har qanday yoshdagi bolalar darslarni tezda qabul qilib, ishtiyoq bilan bajaradilar.
Mental arifmetikasi –bu yuqori sifatli dastur bo‘lib, matematik amalni miyada kalkulyatordan ham tezroq
hisoblashni o‘rgatadi. Mental arifmetika dasturi bolaga quyidagi malakalarni rivojlantirishga yordam beradi.
-Diqqatni jamlash;
-Mantiq;
-Tasavvur qilish;
-Analitik fikrlash;
-Ijodiy fikrlash;
Ushbu dastur bo‘yicha bo‘yicha ta’lim olayotgan bolalar nafaqat matematikadan balki boshqa fan
sohalarida ham muvaffaqiyatga erisha oladilar. Bu yerda ular o‘ziga ishonuvchanlikka va qiyinchilikni yenga
olishga ega bo‘ladi. Bolalarni hozirgi kunda chalg‘ituvchi omillar ko‘p bo‘lganligi sababli, o‘qishga qiziqishi
qiyin bo‘lganda, aynan shu muammoda mental arifmetika ota-onaga yordam beradi.
Xitoylik bolalarning ikki yarim sharining ishlashi va ularning bir vaqtning o‘zida
bir nechta ish bilan
shug‘ullanishiga sabab ularda mental arifmetika yaxshi rivojlanganligida ekan. Mental arifmetika bilan
shug‘ullangan bolalar ikki qo‘lda ishlashlari, hisoblashlari, rasm chizishlari natijasida
bolalarning ikki yarim
225
shari ham ishlaydi, natijada bu bolalar o‘qishlari ijod qilishlariga yaxshi imkoniyatlar yaratishlari,
harakat
qilishlari mumkin. Ayniqsa, bu bo‘sh o‘zlashtiradigan bolalar uchun juda foydalidir. Ularda bu hayotga bo‘lgan
ishonchni, bilimni, qiziqishni ortishiga sabab bo‘ladi.
Maktabgacha ta’lim tashklilotlarida mental arifmetikani qanday o‘rgatish mumkin? Qay tarzda o‘rgatish
maqsadga muvofiq degan savollar tug‘ilishi tabiiy hol.
Biz o‘quv dastur va DTS bo‘yicha tayyorlov guruhlarida haftasiga ikki martadan ko‘p bo‘lmagan
shaklda, 25-30 daqiqa davom etadigan matematik tsavvurlarni shakllantirish mashg‘ulotlarini o‘tkazamiz.
Ular bolalar faoliyatining doimiy o‘zgarishini o‘z ichiga oladi: guruh bo‘lib ishlash, mustaqil
faoliyat, gimnastik mashqlar, barmoq o‘yinlari, mantiqiy topshiriqlar va vazifalar, faol o‘yinlar va nofaol
o‘yinlar.
Mental arifmetikani o‘qitish usullari:
-
bir vaqtning o‘zida ikki qo‘l bilan ishlash qobiliyatini rivojlantirish. Bola abakusdagi toshlar o‘rnini
tezda o‘zgartirishni, murakkab misollarni yechishni o‘rganadi. Ushbu harakatlar ikkala yarim sharlar bilan
mustahkam aloqalarni o‘rnatadi va ularning uyg‘un rivojlanishini rag‘batlantiradi, xotira, mantiq, tasavvur
va ijodkorlikni rivojlantiradi.
- bolaning fikrlash tezligini rivojlantirish. Abakus raqamlarni xuddi rasmlar ko‘rinishida tasavvurda
ko‘rish imkonini beradi. Shuning uchun, har qanday yoshdagi bolalar hatto raqamlar bilan juda murakkab
operatsiyalarni bajarishni deyarli bir zumda o‘rganadilar.
- Diqqat va konsentratsiyani rivojlantiradi.
- yashirin iste’dod va imkoniyatlarni rag‘batlantiradi. Eshitish, tasavvur va xotirani rivojlantiradi.
-
Vizual misollar bilan matematik operatsiyalar. Bu tasavvur va ijodkorlikni rivojlantirishga yordam
beradi.
Ilk mashg‘ulotlar jarayonida bolalar “Mental arifmetikaga kirish. Abakus va uning dizayni: kata va
kichik do‘stlar” bilan tanishib oladilar. Bu jarayonda barmoqlarni to‘g‘ri ishlatish, abakus bilan ishlashda
ikki qo‘lni ishlatish texnikasi, qo‘llar motorikasi yoki barmoq gimnastikasiga e’tibor qaratilsa,
keying
mashg‘ulotda bolalarga mantiqiy topshiriqlar berib boriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mental arifmetika kursi taxminan 2,5 yil davom etadi. Kurs oxirida
bolalar ongida turli xil vazifalarni mustaqil ravishda hisoblashga qodir bo‘ladilar.
Bugungi kunda yurtimizdan mental arifmetikaga qiziqadigan bolalar ko‘paymoqda va ular Xalqaro
olimpiadalarga qatnashib, yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarmoqdalar.