Tayyroladi: bia 90 Adizov Sherxon Amerika Qoʻshma Shtatlari aqsh



Yüklə 27,7 Kb.
səhifə2/5
tarix24.03.2023
ölçüsü27,7 Kb.
#124318
1   2   3   4   5
aqsh

Davlat tuzumi
AQSh 50 ta shtat, bitta federal okrug va beshta hududdan tashkil topgan federativ respublikadir.[6][7][8] Bundan tashqari, jahonning mavjud eng qadimgi federatsiyasi hisoblanadi. 2021-yilda AQSh Demokratiya indeksida 26-oʻrinni egalladi.[9]
AQShning amaldagi konstitutsiyasi 1787-yilda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshligʻi, qurolli kuchlar bosh qoʻmondoni — prezident, uning vakolatlari juda katta. Vitse-prezident bilan birga bavosita, ikki bosqichli saylov yoʻli bilan (saylovchilar hayʼati orqali) 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni senat va vakillar palatasidan iborat ikki palatali kongress amalga oshiradi. Senatda 100 senator bor (ular 6 yil muddatga, har shtatdan 2 tadan saylanadi va 1/3 qismi har 2 yilda yangilab turiladi). Vakillar palatasiga 435 deputat 2 yilga saylanadi. Ijrochi hokimiyat organi — AQSh hukumati prezident tomonidan senatning roziligi bilan tayinlanadi; 13 vazirdan iborat boʻladi. Hukumat kongress oldida masʼul emas. Har bir shtatning oʻz konstitutsiyasi bor. Shtatdagi qonun chiqaruvchi hokimiyatni qonun chiqaruvchi majlis, ijrochi hokimiyatni esa gubernator amalga oshiradi. AQSh davlatining konstitutsiyaviy tizimiga uch siyosiy-huquqiy qoida asos qilib olingan, bu qoidalar — hokimiyatning boʻlinishi, federalizm va sudning konstitutsiyaviy nazoratidan iborat. Hokimiyatning boʻlinish qoidasi davlat hokimiyatining uch tarmogʻi — qonun chiqaruvchilik, ijroiya va sud hokimiyatlarining mustaqilligini va ular oʻrtasida vazifalarning chegaralab qoʻyilishini nazarda tutadi. Federal darajadagi uch tarmoq — Kongress, Prezident va Oliy suddir.

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari


Respublikachilar partiyasi, 1854-yilda tuzilgan; Demokratik partiya, 1828-yilda tuzilgan; Kommunistik partiya, 1919-yilda tuzilgan; Amerika Mehnat Federatsiyasi — ishlab chiqarish kasaba uyushmalari Kongressi, 1955-yil tashkil etilgan. AQShda salkam 40 mustaqil kasaba uyushmalari ham bor, ularga 4,5 million ishchi va xizmatchi aʼzo boʻlib kirgan.


Yüklə 27,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin