Milliy maorif tizimi mustaqillik uchun urush (1775-83)dan keyin qaror topa boshladi. 1852-yilda Massachusets shtati AQShda birinchi boʻlib majburiy boshlangʻich taʼlim toʻgʻrisida qonun qabul qildi. AQShdagi koʻpchilik shtatlarda 7-16 yoshdagi bolalar uchun oʻqish majburiyil Oʻrta maktabning turlari koʻp: 3-yillik kichik oʻrta maktab, 6-yillik birlashgan kichik va oʻrta, 4-yillik oʻrta maktab. Barcha variantdagi oʻrta maktablarda oʻqish muddati — 12-yil Oliy taʼlim tizimi universitetlarni, 4-yillik kollejlarni bundan tashqari toʻliq oliy maʼlumot bermaydigan 2-yillik kichik kollejlarni, hunar va texnika institutlarini oʻz ichiga oladi. Barcha oliy oʻquv yurtlarida taʼlim pulli. Eng yirik oliy oʻquv yurtlari: Garvard, Kaliforniya (Berkli shahrida), Viskonsin, Michigan, Illinoys, Kornell (Itaka shahrida), Kolumbiya, Prinston, Chikago, Pensilvaniya universitetlari, Kaliforniya, Stenford va Massachusets texnologiya institutlari. Yirik kutubxonalari: Kongress kutubxonasi (1800-yil tashkil etilgan), Nodir kitoblar va qoʻlyozmalar kutubxonasi, Milliy arxiv kutubxonasi, Milliy tibbiyot kutubxonasi, universitetlarning kutubxonalari, Los-Anjeles (1872-yil tashkil etilgan), Chikago (1872-yil tashkil etilgan), Boston (1852-yil tashkil etilgan), Nyu-York (1895-yil tashkil etilgan) xalq kutubxonalari va boshqa Mashhur muzeylari: AQSh Milliy muzeyi, Havoda uchish va kosmonavtika milliy muzeyi, Nafis sanʼat asarlari milliy kolleksiyasi, Milliy sanʼat galereyasi, Tarix va texnika milliy muzeyi, Milliy portret galereyasi (hammasi Vashingtonda), Hozirgi zamon sanʼat muzeyi, Metropoliten muzey, Amerika tabiatshunoslik tarixi muzeyi (Nyu-Yorkda), Boston nafis sanʼat muzeyi va boshqa
AQShda ilmiy muassasalarga rahbarlik qiladigan yagona markaz yoʻq. Vashingtondagi AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi (1863-yilda tashkil boʻlgan) fan va texnika masalalari boʻyicha federal hukumatning maslahatchisi hisoblanadi. 1964-yilda alohida Milliy texnika akademiyasi tuzilgan; Kaliforniya Fanlar Akademiyasi (1853), Chikago Fanlar Akademiyasi (1857) mavjud. Barcha ilmiy tadqiqotlarning anchagina qismi universitetlarda olib boriladi. 1965-yilda tashkil etilgan Milliy taʼlim akademiyasi maorif va ped. masalalari bilan shugʻullanadi. Mamlakatda birtalay ixtisoslashgan ilmiy tashkilot va jamiyatlar bor. 10 mingdan ortiq, asosan, xususiy sanoat firmalari, 700 ga yaqin federal hukumat muassasasi ilmiy tadqiqot va tadqiqot-konstruktorlik ishlarini amalga oshiradi. Kongressning ijozati bilan federal hukumat barcha ilmiy tadqiqot va konstruktorlik ishlarining yarmini pul bilan taʼminlaydi. 1950-yilda Millim ilmiy fond tashki l etildi. Bu muassasa zimmasiga ilmiy tadqiqotlarning yoʻnalishini belgilash, ularni muvofiqlashtirish va pul bilan taʼminlash, ilmiy kadrlar tayyorlash vazifasi yuklatilgan. Fan va texnika masalalari boʻyicha federal kengash prezidentning maxsus yordamchisi boshchiligida hukumat muassasalari bajaradigan tadqiqot ishlarini nazorat qiladi. Davlat muassasalari orasidagi eng yirik fondlar Mudofaa vazirligiga qarashlidir. Bu vazirlik ixtiyorida 100 dan ortiq ilmiy tadqiqot va tajriba ilmiy markazlari bor.