kotirovka qilingan narxni ularning korxona tomonidan egalik qilinadigan soniga ko'paytirish orqali
olingan summa sifatida o'lchanadi.
Hatto bozorning odatdagi kunlik savdo hajmi tashkilot ega bo'lgan aktivlar va majburiyatlar miqdorini
o'zlashtirish uchun yetarli bo'lmasa ham, alohida operatsiyada pozitsiyalarni sotish uchun buyurtma
berish kotirovka qilinayotgan narxga ta'sir qilishi mumkin bo’lgan holatda ham shu holat kuzatiladi.
Faol bozorda sotilmaydigan moliyaviy hosila vositalar yoki boshqa moliyaviy aktivlar va majburiyatlar
portfeli baholash sanasida bozor ishtirokchilari o'rtasidagi oddiy bitimda ma'lum bir tavakkalchilikni o'z
zimmasiga olganlik uchun sof uzun pozitsiyani (ya'ni aktivni) sotishda olinadigan yoki ma'lum bir
tavakkalchilikni o'z zimmasiga olganlik uchun sof qisqa pozitsiyani (ya'ni majburiyatni) topshirishda
to’lanadigan narxga asoslangan moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlar
guruhining adolatli
qiymati bo'yicha baholanadi.
Baholash modellari, masalan, diskontlangan pul oqimlari modeli, shuningdek, mustaqil tomonlar
o'rtasidagi o'xshash operatsiyalar ma'lumotlariga yoki investitsiya
obyektining joriy qiymatiga
asoslangan modellar bitimlar qiymati to’g’risidagi bozor ma'lumoti yopiq bo’lgan moliyaviy
vositalarning adolatli qiymatini aniqlash uchun foydalaniladi. Adolatli qiymatni baholash natijalari
adolatli qiymat ierarxiyasi darajalari bo’yicha tahlil qilinadi va quyidagicha taqsimlanadi: (i) 1-daraja
bir xil aktivlar yoki majburiyatlar uchun faol bozorlarda kotirovka qilingan narxlarda (tuzatilmaydigan)
baholashni o'z ichiga oladi, (ii) 2-daraja – barcha muhim dastlabki ma'lumotlar aktiv yoki majburiyat
uchun to'g'ridan-to'g'ri (masalan, narxlar) yoki bilvosita (masalan, narxlar bo'yicha hisoblangan)
kuzatiladigan baholash modeli yordamida olingan baholar, va (iii) faqat kuzatildaigan bozor
ma’lumotlariga asoslanmagan 3-daraja baholari (ya'ni, baholash uchun
kuzatilmaydigan dastlabki
ma'lumotlarning sezilarli miqdori talab qilinadi). Adolatli qiymat ierarxiyasida bir darajadan boshqa
darajaga o'tkazish hisobot davri oxirida sodir bo'lgan deb hisoblanadi. 23-izohga qarang.
Kelishuv harajatlari
moliyaviy vositani sotib olish, chiqarish yoki hisobdan chiqarish bilan bog‘liq
bo‘lgan qo‘shimcha harajatlardir. Qo‘shimcha
harajatlar, agar bitim amalga oshirilmagan bo‘lsa, amalga
oshirilmaydigan harajatlardir. Kelishuv harajatlari agentlarga (shu jumladan savdo agenti sifatida
ishlaydigan xodimlar), maslahatchilarga, brokerlarga va dilerlarga to‘lanadigan to‘lovlar va summalarni,
tartibga solish organlari va birjalarga to‘lanadigan to‘lovlarni, mulkni topshirish
uchun olinadigan soliq
va yig‘imlarni o‘z ichiga oladi. Kelishuv harajatlariga qarz majburiyatlari bo‘yicha mukofotlar yoki
chegirmalar, moliyaviy harajatlar, ichki ma'muriy harajatlar yoki saqlash harajatlari kirmaydi.
Amortizatsiya qilingan qiymat
- bu moliyaviy vositaning dastlabki tan olish paytidagi asosiy qarz
chegirib tashlangan holdagi narxi, lekin hisoblangan foizlarni o'z ichiga olgan holda, moliyaviy aktivlar
bo'yicha esa kutilayotgan kredit yo'qotishlar uchun baholash zaxirasini chegirib tashlagan holda.
Hisoblangan foizlar, tan olinishi kechiktirilgan operasion harajatlarining amortizasiyasini va samarali
foizlar stavkasi usuli yordamida qaytarish summasiga har qanday mukofot yoki chegirmani o‘z ichiga
oladi. Hisoblangan foizli daromadlar va hisoblangan foizlar bo‘yicha harajatlar, shu jumladan
hisoblangan kupon daromadi va amortizasiya qilingan chegirma yoki mukofot (agar kechiktirilgan
komissiya bo‘lsa) alohida ko‘rsatilmaydi, biroq ular moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotda tegishli
moddalarning balans qiymatiga kiritiladi.
Samarali foizlar stavkasi usuli
– bu vositaning balans qiymati bo‘yicha
har bir davrda doimiy foiz
stavkasini (samarali foiz stavkasi) ta'minlash uchun tegishli davr mobaynida foizli daromad yoki foiz
harajatlarini tan olish usuli.
Samarali foiz stavkasi
- bu joriy moliyaviy vositaning kutilayotgan muddati yoki agar kerak bo‘lsa, qisqa
vaqt ichida moliyaviy vositaning sof balans qiymatiga kelgusi pul to‘lovlari yoki tushumlarini
(kelajakdagi kredit yo‘qotishlar bundan mustasno) diskontlash stavkasi.
Samarali foiz stavkasi, o‘zgaruvchan foizli vositalarning pul oqimlarini keyingi foiz stavkasini
o‘zgartirish sanasiga qadar diskontlash uchun ishlatiladi, vosita uchun belgilangan o‘zgaruvchan stavka
bo‘yicha kreditning tarqalishini aks ettiruvchi mukofot yoki chegirma yoki bozor qiymatiga bog‘liq
bo‘lmagan boshqa o‘zgaruvchan omillar bundan mustasno. Bunday mukofotlar yoki chegirmalar
vositaning amal qilish muddati davomida amortizasiya qilinadi. Joriy qiymat hisob-kitobi samarali foiz
stavkasining ajralmas qismi bo‘lgan shartnoma taraflari o‘rtasida to‘langan
yoki olingan barcha
to‘lovlarni o‘z ichiga oladi.
Dastlabki tan olishda sotib olingan yoki yaratilgan kredit zaiflashgan (POCI) moliyaviy aktivlar uchun
samarali foiz stavkasi kredit xavfiga moslashtiriladi, ya'ni. shartnomadagi pul oqimlari asosida emas,
balki dastlabki tan olishda kutilayotgan pul oqimlari asosida hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: