Техник конструкциялаш ва моделлаш


Ijodkorlik masalalarini tadqiq qilish metodlari



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə52/156
tarix13.03.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#114827
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   156
Oquv uslubiy majmua

Ijodkorlik masalalarini tadqiq qilish metodlari. Intuitiv fikrlashga asoslangan ijodkorlik masalalarini tadqiq qilish metodi evristik metodlar guruhi deb ataladi. Ixtirochilik masalalarini yechish metodlari G.S.Altshuller, L.V.Aleksandrov va boshqalar tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, ular o‘z tadqiqotlarida evristik hamda tahliliy metodlar guruhini ajratib ko‘rsatadilar. Evristik metod vositasida ijodkorlik masalalarini yechishga an’anaviy yondashish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: muammodan kelib chiquvchi masala shartlarini aniqlash; xususiy hol uchun muammoni tahlil qilish va maqsadni shakllantirish; masalani hal qilish rejasini tuzish; rejani amalga oshirish va masalani qisman hal qilish; topilgan yechimlarni maqsadga muvofiqligini tadqiq qilish va maqbulini tanlash. Ijodkorlik masalalarini yechishning tahliliy metodida muammo yechimini topish uchun uning matematik modelini qurish ko‘zda tutiladi. Bu metodda yechim aniqligi obyekt yoki jarayon ko‘rsatkichlarining o‘rganish uchun ishlab chiqilgan model ko‘rsatkichlariga mutanosiblik darajasi bilan belgilanadi, ijodkorlik masalalarini tadqiq qilishning keltirilgan metodlarini talabalar faoliyatiga moslash uchun ularni amalga oshirish qadamlarini birmuncha soddalashtirish hamda subyektiv ixtirolardan foydalanish uchun qo‘llashda ikkala guruhga tegishli metodlardan iborat umumiy majmua ishlab chiqish talab etiladi.


Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin