Техник конструкциялаш ва моделлаш


Ixtiro tushunchasi. Uning kashfiyotdan farqi



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə28/156
tarix13.03.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#114827
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   156
Oquv uslubiy majmua

3.Ixtiro tushunchasi. Uning kashfiyotdan farqi.

Ixtiro-bu xalq xo‘jaligini barcha tarmoqlarida texnik yechimlari bilan ijobiy natijaga ega bo‘lgan yangilik xisoblanadi. Kashfiyot-obyektiv borliqni xossalari, xodisa va qonuniy bog‘liqlarni aniqlanadi, ixtiro bu oldin bo‘lmagan texnik vazifalarni yechishga qaratilgan. Kashfiyot va ixtiro o‘rtasida dealektik o‘zaro bog‘liq bor. Ko‘p hollarda ixtiro kashfiyot natijasida olingan ilmiy bilmlarni rivojlantiradi. M: N, G. Basov, A.M. Proxorov va Pounsonlarning kvant jarayonining qo‘llashga asoslangan elektromagnit to‘lqinlarni ko‘paytirish bo‘yicha qilgan kashfiyotlari xalq xo‘jaligida amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘p ixtirolarni yaratishga sabab bo‘ladi.

Ilmiy texnik hamda pedagogik-psixologik adabiyotlarda ixtirochilik hamda ixtirochilik ijodkorligiga ko‘plab ta’riflar keltirilgan. Jumladan, I. I. Kichkin Ixtirochilikni ilmiy g‘oyalarining texnik yechimlarga ijodiy tadbiqi, ilmiy texnika taraqqiyoti sur’atlarini belgilovchi asosiy ko‘rsatgich, yangi texnika va texnologiyalar yaratilishining me’zoni hamda uning yuqori ilmiy texnik darajasini ta’minlovchi omil deb xisoblaydi. M.A.Vachevskiy «Ixtiro qilish»ni «qo‘yilgan masalani yechish uchun eskilaridan tubdan farq qiluvchi, odatdagi mantiqiy fikrlash yo‘li bilan yetishib bo‘lmaydigan yangi samarali texnik yechimni taklimf qilish» deb ta’riflaydi. Bizning fikrimizcha-ixtirochilikni tegishli idoralar tomonidan patentlar bilan tasdiqlnadigan yangi texnik yechimni ishlab chiqishga yo‘naltiligan ijodiy faoliyat turi, ixtirochilik ijodkorligini esa bu jarayonning shaxsdagi zexinlilik, topqirlik, mustaqil va tanqidiy fikrlash kabi ijodkorlik sifatlari bilan bog‘liq umumiy tavsifi deyish mumkin.


Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin