Техник конструкциялаш ва моделлаш


Garmoniya tushunchasi va uning mohiyati



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə71/156
tarix13.03.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#114827
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   156
Oquv uslubiy majmua

Garmoniya tushunchasi va uning mohiyati

Garmoniya (uyg‘unlik) yunon tilidan olingan bo‘lib, betartiblikka qarama-qarshi bo‘lgan hamohanglik, mutanosiblikni anglatadi. Garmoniya yuksaklik va go‘zallik kabi estetik kriteriyalarga hamda yuqori darajada tartibga keltirilgan degan tushunchalarga javob beradi. Kompozitsiyada garmoniya uning formaviy tuzilishini xarakterlaydi.



Kompozitsiyada formaviylik tushunchasining mohiyati

Kompozitsiyada forma mazmun bilan o‘zaro bog‘langan bo‘lib, ba’zan uning real obyektdan olingan ayrim formalari «formal» (yoki abstrakt) tarzda kiritilishi mumkin. Bu kompozitsiya mazmunidan chetlashgan bo‘lsada buning «formallik» da uning g‘oyasi va badiiy obrazlilik jihatdan ifodaliligi undagi elementlari mohiyati va strukturaviy tashkillashganligi bilan xarakterlanadi.

Tasviriy san’atda va arxitekturada kompozitsiya asosan uch ko‘rinishli bo‘ladi: frontal, obyomli, obyomli-fazoviy.

Frontal kompozitsiya – bu elementlarning ikki taraflama-vertikal va gorizontal joylashuvi bilan xarakterli bo‘lib kupincha yassi kompozitsiya va relyeflarga taalluqlidir. (Arxitekturada qurilmaning faqat oldi ya’ni, frontal qismiga aytiladi).

Obyomli kompozitsiya – Elementlarni yuqoriga, yon tomonlarga va uzunasiga bo‘lgan koordinatlar bo‘yicha joylashganligi bilan belgilanadi. (Arxitekturada dizayn va haykaltaroshlikda yakka bo‘lgan obyomli elementlarni ko‘rsatish mumkin). Obyomli fazoviy kompozitsiya bu – fazoda ma’lum intervalda joylashgan bir necha elementli kompozitsiyalardan tashkil topgan obyomli predmetlar guruhiga aytiladi.


Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin