Tekis kondensatoming sig'imi quyidagi tenglama orqali ifodalanadi



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə2/2
tarix07.10.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#129787
1   2
Suyuqlik sig'im datchigi Suv sathini o'lchash sig'im datchigi koaksial kondensator asosida yasalgan, suv orqali qisqa tutashuvdan himoyalash uchun har bir silindr yuzasi yupqa izolyasion material bilan qoplangan. Datchik suv to'ldirilgan idishga joylashtiriladi. Sathi oshgan sari suv koaksial o'tkazgichlar orasidagi sig'imni to'ldiradi va datchikni sig'imini o'zgartiradi. Datchikning to'liq sig'imi quyidagicha aniqlanadi:



— suvdan bosh bo'lgan datchik qismi sig'imi, - suv bilan to'ldirilgan datchik qismi sig'imi, va - geometrik faktorlar. Datchikning to'liq sig'imi quyidagicha:

h — suv bilan to'ldirilgan datchikning qismi. Agar suv ho sathdan past - bo'lsa, datchik sig'imi doyimiy va teng bo'ladi:

datchik sig'imini suv sathiga bog'liqligi ko'rsatilgan. ho sathidan boshlangan to'g'ri chiziq ko'rinishida tasvirlangan. Suvning dielektrik konstantasi haroratga bo'g'liq bo'lgani uchun, sig'im datchiklarini harorat datchiklari bilan birgalikda ishlatiladi, misol uchun termistor yoki rezistiv harorat detektori, atrof-muhit haroratini nazorat qiladigan. Sig'im datchigi harorat signalini korrektirovkasi maxsus elektron o'zgartgichda o'tkaziladi.
Suyuqlik sath datchiklari. Suv sathini o'lchashni turli usullari mavjud. Buning uchun rezistiv, optik, magnitli va sig'im datchiklariqo'llanishi mumkin. Datchiklar asosan, suyuqliklardagi muhit turiga qarab tanlanadi. Masalan, past zichlik va dielektrik o'tkazuvchanlikga ega bo'lgani hamda kritik haroratlarda yopiq idishda saqlanishi zarurligi uchun siqilgan gazlami sathini o'lchash eng murakkab jarayonlardan hisoblanadi. Bunday murakkab holatlar uchun chiziqli uzatish prinsipiga asoslangan datchiklami qo'llash mumkin. Ushbu prinsip asosida bajarilgan suyuqlik sath datchigining sxemasi a rasmda ko'rsatilgan.


Sensor ichki elektrodli uzun naydan iborat bo'lib, tashqi silindrik elektrod bilan o'ralgan. Butun qurilma elektrodlar orasini toldirib turgan x sathigacha bo'lgan suyuqlikka tushiriladi. Elektrodlarga yuqori chastotali signal beriladi (10 MGs). To'lqin uzunligiga ko'ra sensor uzunligi turli bo'lishi mumkin, lekin chiziqlikni ta’minlash uchun kichikroq bo'lishi lozim. Ikkita elektrod bilan tashkil qilingan yuqori chastotali signal uzatish chizig'i orqali o'tadi. Suyuqlik va parlami dielektrik o'tkazuvchanligi turlicha bo'lgani uchun, suyuqlik va par orasidagi chegara uzatish chizig'ini xususiyatlari bilan aniqlanadi (suyuqlik sathi bilan). Yuqori chastotali signal suyuqlik — bug' yuzasidan qisman aks ettiriladi va sensorni yuqori qismiga qaytadi. Qandaydir darajada bu tizim obyektga signal uzatib uning aks signalini qabul qiladi va radarga o'xshaydi. Uzatilgan va aks etilgan signallar orasidagi faza surilishi, bo'lish chegarasi holati bilan aniqlanadi. Faza surilishi, chiqishda doimiy kuchlanish ishlab chiqaradigan faza komparatori bilan o'lchanadi. Yuqori dielektrik o'tkazuvchanlik yuqori aks koeffisientini ta’minlaydi, demak datchikni yuqori sezgirligini ham (b rasm.).

Sathni nazorat qiluvchi sig'im signalizatori (rasm). Sath sig'im signalizatori turli suyuqliklar sathini o'lchash uchun mo'ljallangar Bunday turdagi sath sig'im signalizatorlari: — Suv olish va qayta ishlash uchun; — Suv ta’minoti tizimlarida; - Qishloq xo'jaligida sug'orish tizimlarida. Sig'im signalizatorlarining texnik imkoniyatlari bu turli fizik tavsiflarga: zichlik, harorat va boshqa ko'rsatkichlarga ega bo'lgan suyuqliklami o'lchash imkonini beradi. Sath sig'im signalizatorlari turli vazifalar bajaradi: - Idish yoki quduq sathini o'zgarishini; - O'lchangan suyuqlik sathini signalizatsiyasi; — Idish to'lishini nazorati; — Suyuqlikni berilgan sathda ushlab turish; — Nasos uskunasini ishga tushirish va to'xtatish; - Tashqi uskunalar bilan ma’lumot almashish; - Texnologik jarayonlami avtomatlashtirish va h.k. Sath sig'im signalizatorining boshqa asboblardan ko'ra ishlatishdagi afzalligi: montaj qilishda va ekspluatatsiya qilishda oddiyligi, o'lchashning yuqori sezgirligi va puxtaligi, turli suyuqliklar bilan ishlash mumkunligi, dielektrik o'tkazuvchanligi past materiallar bilan ishlashi, ishchi idishdagi turli harorat va bosimlar bilan ishlashi, signalizatomi rostlash diapazoni kengligi va boshqalar.



Sig'im datchiklarida xilma-xil kirish kattaliklami (chiziqli va burchak harakatlami, mexanik kuchlanish, sath va kabilar) sig'im o'zgarilishiga aylantiriladi. Amalda sig'im datchiklari kondensatorlardan yasaladi. O'lchaydigan kattaliklariga qarab sig'im datchiklari yuzasi o'zgaruvchan, oraliq masofasi o'zgaruvchan va dielektrik singdiruvchanligi o'zgaruvchan turlariga bo'linadi. Oraliq masofasi o'zgaruvchan datchiklar 0,1-0,01 mkm aniqliqda chiziqli harakatlami, yuzasi o'zgaruvchan datchiklar, chiziqli va burchak harakatlami nazoratida va dielektrik singdiruvchanligi o'zgaruvchan namlik, sath, kimyoviy tarkib kabi kattaliklami o'lchashda qo'llaniladi. O'lchash aniqligini va sezgirligini oshirish maqsadida sig'im datchiklari ko'priksimon sxemalarga ulanadi.
Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin