Misol uchun, faylasuf olim V. Semyonovning fikricha, bugungi jamiyatning axloqiy muhitini talab darajasida saqlab qolish etika fani zimmasiga tushadi va bunda etika insonni quyidagi olti jihatdan o’stirish hamda rivojlantirishga diqqat qilishi lozim:
Insonni hayotiy maqsadga o’rgatish.
Insonni ma’naviy-axloqiy o’stirish.
Insonda ijodkorlikni rivojlantirish.
Insonni jismoniy va ma’naviy jihatdan uyg’un rivojlantirish.
Insonni erkinlikka o’rgatish.
Insonni maqsadli tarbiyalash.
. Axloqshunoslik fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
Etika (Axloqshunoslik) va Estetika bu ikkala fan shu qadar bir-biriga yaqinki, hatto ba’zi davrlarda ular yetarli darajada o’zaro chegaralanmagan. Chunki, insonning hatti-harakati va niyati ko’pincha ham axloqiylikka, ham nafosatga tegishli bo’ladi, ya’ni muayyan ijobiy faoliyat ham ezgulik, ham nafosat xususiyatlarini o’zida birvarakay mujassam qiladi
Etika (Axloqshunoslik) va Huquqshunoslik. Qadimgi Rim huquqshunoslaridan biri Ulpianning ta’kidlashicha «huquqni o’rganuvchi, avvalo huquq (ins) so’zining kelib chiqishini yaxshi bilmog’i kerak». «Huquq»odil sudlov (institia) so’zidan olingan bo’lib adolat va yaxshilik haqidagi fandir.
Axloqshunoslik pedagogika fani bilan chambarchas aloqada. Pedagogikadagi shaxsni shakllantirish, tarbiyalash, ta‘lim berish jarayonlarini, pand-nasihatlarsiz, odobnoma darsliklarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Axloqshunoslik bilan dinshunoslik o’zaro aloqadorlikda bo’lib, har ikkalasi ham axloqiy mezon muammosini hal etishga qaratiladi. Din ham ijtimoy ong shakllaridan biri bo’lib, umumjahoniy dinlar vujudga kelgunga qadar mavjud