Tekshirdi



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə4/8
tarix25.11.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#134550
1   2   3   4   5   6   7   8
Mustaqil ish 1

Xossalari:
Fizik xossalari: deyarli barcha tuzlar qattiq turli rangdagi kristall moddalar boʻlib, suvda har xil erish qobiliyatiga ega.Tuzlar tarkibiga kristallizatsion suv tutishi mumkin. Masalan mis kuparosi CuSO4*5H2O.
Kimyoviy xossalari. Tuzlar kimtoviy jihatdan faol moddalar boʻlib, koʻplab oʻzgarishlarga uchraydi. Quyida misollarda oʻrta tuzlarning kimyoviy xossalari bilan tanishib chiqamiz.
1.Oʻrta tuzlar ishqorlar va kislotalar ta’sirida quyidagilarni hosil qiladi.
FeCl3+3NaOH=Fe(OH)3+3NaCl (asos va yangi tuz) yoki,
2FeCl3+3H2SO4=Fe2(SO4)3+6HCl (yangi tuz va yangi kislota)
FeCl2+2KOH=Fe(OH)2+2KCl
2.Oʻrta tuzlarning kislotalarga ta’siri natijasida yangi tuz va yangi kislota hosil boʻladi.
KNO3+ H2SO4=KHSO4+HNO3
NaCl+ H2SO4=NaHSO4+HCl
3.Oʻrta tuzlar kislotali oksidlar bilan ta’sirlashib ,yangi tuz va yangi kislotali oksid hosil qiladi.
Na2CO3+SO2=Na2SO3+CO2
CaCO3+SiO2=CaSiO3+CO2
4.Oʻrta tuzlarning metallarga ta’siri natijasida yangi tuz hosil boʻlib, yangi metall ajralib chiqadi.
Fe+Hg(NO3)2= Fe(NO3)2+Hg
Cu+2AgNO3= Cu(NO3)2+2Ag

5.Temperatura natijasida parchalanadi.


Na2CO3=Na2O+CO2
K2SO4=K2O+SO3

  1. Nordon tuzlar nomeklaturasi va olinishi.

Nordon tuzlar – kislota molekulasidagi vodorod atomlari metall bilan qisman almashinganda hosil boʻlib, metall atomi, vodorod va kislota qoldigʻidan iborat boʻladi. Masalan: Ca(HCO3)2, NaHCO3, Cu(HSO4)2, KHS, Ba(HSO3)2, NaHSO4, LiHSO4, Mg(HCO3)2 va hokazo. Nordon tuzlarni nomlash: metall nomi (metall oʻzgaruvchan valentli boʻlsa rim raqamda qavs ichida valentlik koʻrsatiladi)ga molekulada bitta vodorod boʻlsa ―gidro soʻzi, ikkita vodorod boʻlsa ―digidro soʻzi va kislota qoldigʻi nomi qoʻshib aytiladi. Masalan: Ca(HCO3)2 – kalgʻtsiy gidrokarbonat, NaHCO3natriy gidrokarbonat, Cu(HSO4)2 – mis (II) gidrosulfat, Fe(H2PO4)2 – temir (II) digidrofosfat, KHS – kaliy gidrosulfid, Li2HPO4 – litiygidrofosfat, Ba(HSO3)2bariy gidrosulfit, Ca(H2PO4)2 – kaltsiy digidrofosfat va h.k.

Nordon tuzlar suvdagi eritmalarida ikki boskichda (metall xamda vodorod) kation va bitta (kislota qoldigʻi) anion xosil qilish bilan dissotsilanadi: Nordon tuzlar suvdagi eritmalarida ikki bosqichda disotsilanadi:
NaНCO3 = Na + + НCO3
НCO3 = Н+ + CO32-
Nordon tuzlardagi vodorod metal atomlariga oʻrin bera oladi, natijada, normal tuzlar hosil boʻladi:
NaНCO3 + NaOН = Na2CO3 + H2O
NaНSO4 + NaOН = Na2SO4 + H2O
Nordon tuzlar qizdirilganda oʻzidan suv ajratib chiqaradi va normal tuzga oʻtadi:
Ca(HCO2)3 = CaCO3 + H2O + CO2 (qizdirilganda)
Mg(HCO3)2 = MgCO3 + H2O + CO2 (qizdirilganda)
Olinish usullari:
1.Kislotalarga kam miqdorda ishqor qoʻshish bilan nordon tuz hosil qilish mumkin:
H2SO4 + KOH = KHSO4 +H2O
2.Tuzlarga oz miqdorda kislota qoʻshib nordon tuz hosil qilish mumkin:
Ca3(PO4)2 + H3PO4 = 3CaHPO4
Ca3(PO4)2 + 4H3PO4 = 3Ca(H2PO4)2
3.Asoslarga moʻl miqdorda kislotali oksid ta’sir qilib ham nordon tuz hosil qilinadi:
NaOH + CO2 = NaHCO3
Ba(OH)2 + 2CO2 = Ba(HCO3)2
4.Bir valentli metal bilan ikki asosli kislota qoldigʻidan hosil boʻlgan tuzlarni gidrolizga uchratish yoʻli bilan ham nordon tuzlar olish mumkin:
K2CO3 + H2O = KHCO3 + KOH
Na2S + H2O = NaHS + NaO


  1. Yüklə 1,06 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin