Kompleks tuzlar – tarkibida kompleks ion saqlagan murakkab moddalar. Masalan: K3[Fe(CN)6], K4[Fe(CN)6], Fe3[Fe(CN)6]2, Fe4[Fe(CN)6]3, Na3[Co(NO2)6], K3[FeF6], K2[F4], Na2[HgI4], [CrCl2(H2O)4]Cl, [CrCl3(H2O)3] va h.k. Kompleks tuzlarni nomlash: asosan tarixiy nomlar ishlatiladi, masalan: K3[Fe(CN)6] – qizil qon tuzi, K4[Fe(CN)6] – sariq qon tuzi, Fe3[Fe(CN)6]2 – berlin zangorisi, Fe4[Fe(CN)6]3 – turunbul koʻki va h.k. Bundan tashqari kompleks tuzlar sistematik quyidagicha nomlanadi: K3[Fe(CN)6] – kaliy geksatsianoferrat (III), K4[Fe(CN)6] – kaliy geksatsianoferrat (II), Fe3[Fe(CN)6]2 – temir (II) geksatsianoferrat (III), Fe4[Fe(CN)6]3 – temir (III) geksatsianoferrat (II), Na3[Co(NO2)6] natriy geksanitrito kobaltat (III), K3[FeF6] kaliy geksaftoroferrat (III), K2[F4] – kaliy tetraftoroplatinat (II), [CrCl2(H2O)4]Cl – dixlorotetraakva xrom (III) xlorid, [CrCl3(H2O)3] – trixlorotriakva xrom (III) va h.k.Ba’zi murakkab moddalar boshqa murakkab moddalar bilan reaktsiyaga kirishib yanada murakkabroq moddalar hosil qiladi. Hosil boʻlgan moddalar XIX asrning oxirlarida kompleks birikmalar deb ataladigan boʻldi. Kompleks birikmalar hosil boʻladigan jarayonning mohiyatini tushunib olish uchun 1893 yilda Shveytsariya kimyogari A.Verner taklif qilgan va L.Chugaev, I.Chernyaev, A.Grinberg va boshqalar tomonidan toʻldirilgan kordinatsion nazariya bilan qisqacha tanishib oʻtamiz. Bu nazariyaning asosiy bandlari quyidagilardan iborat:
1.Kompleks birikmalardagi ion yoki atomlardan biri markaziy ion (yoki markaziy atom) hisoblanadi va uni kompleks hosil qiluvchi deb ataladi.
2.Kompleks hosil qiluvchi markaziy ion (yoki atom) atrofiga ma’lum son qaramaqarshi zaryadli ionlar yoki qutblangan molekulalar (ligandlar) joylashadi (boshqacha aytganda ular koordinatsiyalanadi).
3.Markaziy ion yoki atomning qoʻshimcha valentliklari fazoda ma’lum yoʻnalishlarga ega boʻladi.
4.Markaziy ion yoki atom ligandlar bilan birga kompleksning ichki sferasini hosil
5.Markaziy ion yoki atom bilan bevosita birikkan ligandlar soni 2,4,6,8 ga teng boʻladi.
6.Markaziy ion yoki atomdan uzoqroq joylashgan ionlar kompleksning tashqi sferasini tashkil qiladi.
A.Vernerning fikricha birinchi tartibdagi birikmalar asosiy valentliklar hisobiga hosil boʻladi. Kompleks birikmalar esa qoʻshimcha valentliklar hisobiga hosil boʻladi. Masalan: PtCl4 bilan 2KCl birikib, PtCl4∙2KCl ni hosil qilganda Pt va Cl atomlari oʻzlarining asosiy valentligidan tashqari yana qoʻshimcha valentliklar namoyon qiladi:
bu yerda qora chiziqlar asosiy valentlikni, punktir chiziqlar qoʻshimcha valentlikni qoʻrsatadi. Hozirgi zamon termini bilan aytganda asosiy valentlik elementning ayni birikmadagi oksidlanish darajasini, qoʻshimcha valentlik esa uning koordinatsion sonini koʻrsatadi. PtCl4∙2KCl da platinaning asosiy valentligi 4 ga, qoʻshimcha valentligi 6 ga tengdir. Kompleks tarkibida markaziy atom bilan bevosita birikkan ligandlar orasidagi bogʻlanishlar soni markaziy atomning koordinatsion soni deb ataladi. Kompleksda markaziy atom bilan ligandlar orasidagi barcha bogʻlanishlar bir xil kuchga ega boʻladi.
Bir valentli elementning koordinatsion soni koʻpincha 2 ga teng boʻladi: [Ag(NH3)2]Cl, K[Ag(CN)2]. Ikki valentlilarning kooordinatsion sonlari koʻpincha toʻrtga, ba’zan uchga va oltiga teng boʻladi: Na[RbI3], K4[Fe(CN)6], [Zn(NH3)4]Cl2. Uch va toʻrt valentli elementlarning koordinatsion sonlari asosan oltiga teng: K3[Fe(CN)6].
Xulosa Yuqorida koʻrib oʻtganlarimizni umumlashtirib shuni aytamizki organizmimizda kechadigan har qanday Jarayonlar yoki ulardagi moddalar almashinuvi. Jarayonlari va shunga oʻxshash barcha hodisalar suvli eritmada ketadi.
Bu Jarayonlarning organizmimizda qanday bosqichda ketishini bilishimiz va albatta, bu Jarayonlarni toʻliq tushunishimiz zarurdir. Organizmimizda tuzlar miqdori yuqori foizlarni tashkil etadi. Misol uchun bu tuzlarga misol keltiradigan boʻlsak, kalsiy karbonat- suyak tarkibiga kirib, suyakning mustahkam va qattiqligini ta’minlaydi.
Kalsiy fosfat - bu tuz ham suyak tarkibiga kirib, u ham mustahkamligini ta’minlaydi
Natriy xlorid - bu organizm uchun 0,9% li eritmasi fiziologik eritma hisoblanadi.
Hujayra ichida va tashqarisida natriy va kally ionlari mavjud boʻlib, Ular hujayra ichiga tashqarisiga ionlar almashinuvida muhim rol oʻynaydi. Bulardan tashqari, mis, nikel, temir, kobalt, zux, oltin, marganes va boshqa elementlarning qator tuzlari organizmda oʻta muhim vazifalarni bajaradi.
Demak biz tuzlarning xossalarini mukammal oʻrganishimiz zarurdir. Chunki ular xossalariga koʻra turli guruhlarga ajratilgan. Ushbu mustaqil ishimda tuzlar va uning guruhlariga batavsil toʻxtalib oʻtdim mustaqil ishini oʻrganishim mobaynida koʻpgina adabiyotlar shuningdek, internet ma’lumotlaridan samarali_tarzda foydalandim. Kelaļakdagi ilmiy faollyatimda ushbu bilimlardan amaliyotda keng foydalanaman.