e-qaror.gov.uz
17.05.2022
2
Ғиждувон туман ҳокимининг
2021 йил 4 ноябрдаги
156-2-34-Q/21-сон қарорига
1-илова
“XO‘JAI
JAHON-TV”
DAVLAT UNITAR
KORXONASINING
USTAVI
G
‘
ijduvon-2021 yil
UMUMIY QOIDALAR
1. “Xo‘jai Jahon -TV” (keyingi o’rinlarda - Korxona) davlat
unitar korxonasi shaklidagi tijorat tuzilmasi bo’lib, O‘zbekiston
Respublikasi G‘ijduvon tuman hokimligi qarori asosida, o‘ziga tezkor
boshqaruv asosida berilgan davlat mulki hisoblangan mol-mulk
negizida tashkil etilgan “Xo‘jai Jahon TV” tahririyatini qayta tashkil
e-qaror.gov.uz
17.05.2022
3
etish yo’li bilan tuzilgan hamda o‘ziga berilgan mol-mulkka nisbatan
qonunchilikda belgilangan tartibda, o’z faoliyati maqsadlaridan va
ta`sischisining topshiriqlaridan kelib chiqib egalik qilish, boshqarish va
idora qilish huquqini amalga oshiradi.
1.2. Korxona o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi va Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining Qarorlari va boshqa hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-sonli qarori,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, Farmon va
Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qaror va Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Buxoro viloyat
hokimligi, G’ijduvon tuman hokimligi qaror va farmoyishlari, boshqa
me`yoriy-huquqiy hujjatlar hamda mazkur Ustav talablariga amal
qiladi.
1.3. Korxona huquqiy shaxs bo’lib, alohida mulkka, mustaqil
balansga, bankda hisob raqamlariga, jumladan, xorijiy valyutadagi
hisob raqamiga, o‘z emblemasiga, shtampiga, bankiga, O‘zbekiston
Respublikasining davlat gerbi ramzi tushirilgan, o‘z nomi davlat tilida
yozilgan muhriga, hamda boshqa belgi va ramzlariga ega bo‘ladi.
1.4. Korxonaning rasmiy nomlanishi:
a) davlat tilida: Xo‘jai Jahon TV
toliq: Xo’jai Jahon TV Davlat Unitar korxonasi
1. qisqacha: " Xo‘jai Jahon TV " DUK
b) rus tilida:
to’liq: Государственное Унитарное предприятие "Хужаи
Жахон ТВ";
qisqacha: "Хўжаи Жахон ТВ" ГУП;
1.5. Korxonaning joylashgan o’rni (pochta manzili): Indeks