9
tarmoqning oxirgi foydalanuvchilariga beriladi. Bu satxning vazifasiga tarmoqni
ma’lum bir xizmatni taqdim etishiga tayyorlash, uni faollashtirish, mijozlar
chaqiriqlarini qayta ishlash kiradi [21].
Xizmatlarni shakllantirishga (service provisioning) ma’lumotlar bazasida
xizmatlar parametrlari qiymatlarini qayd etish kiradi, masalan talab qilingan
o’rtacha o’tkazuvchanlik qobiliyati, paketlarni kechikish maksimal qiymatlari,
tayyorlik koeffitsienti va xakozo. Bu satx funksiyasiga shuningdek tarmoqni
boshqarish satxiga xizmatlarni qo’llash uchun virtual yoki fizik kanalni
konfiguratsiyalashga topshiriq berish kiradi. Xizmatlar shakllangandan so’ng
ushbu satx uni amalga oshirish sifatini nazoratlash bilan shug’ullanadi, ya’ni
transport xizmatlari unumdorligi va ishonchliligiga nisbatan olgan hamma
majburiyatlarni
tarmoq
bajarishini
nazoratlaydi.
Xizmat
ko’rsatish
sifati
nazoratining natijasi tarmoq mijozlarining xizmatlardan foydalanganligi uchun
to’lovini xisoblash uchun kerakdir [9].
Biznes-boshqarish satxi (Business Management Layer, BML). Bu satx
tarmoqqa ega tashkilot faoliyatining moliyaviy aspektlarini xisobga olib tarmoqni
uzoq muddatli rejalashtirish masalalari bilan shug’ullanadi. Bu satxda har oy va
har kvartalda tarmoq va uning ayrim tashkil etuvchilaridan foydalanish kirimlari
xisoblanadi, bunda tarmoqni ekspluatatsiyalash va modernizatsiyalashga harajatlar
xisobga olinadi, moliyaviy imkoniyatlar xisobga olingan xolda tarmoqni
rivojlantirish bo’yicha qarorlar qabul qilinadi.
Biznes-boshqarish satxi xizmatlar foydalanuvchilari va taqdim etuvchilari
uchun qo’shimcha xizmatlarni taqdim etish imkoni bilan ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |