14
M. 3100 xujjat tarmoq elementlarining umumiy axborot modelini aniqlaydi.
Unda – ma’muriylashtirilgan obektlarning sinflari, ularning xususiyalari, ular
interfeyslar orasida axborot almashinishi uchun xizmat qilishi mumkin, shuningdek
obekt texnologiyalarini qo’llash tavsiflangan.
M. 3200 ―TMN boshqarish xizmatlari standartga TMN amaliy
servislarining
qisqacha
bayoni
kiritilgan.
Bundan
tashqari,
unga
“Telekommunikatsiyalarni boshqarish” va “Boshqarish soxasi” konsepsiyalari
kiritilgan.
Konkret xizmatlar M.32xx seriyaning quyidagi xujjatlarida batafsil
aniqlangan, jumladan: M.3201 (trafikni boshqarish), M.3202 (signalizatsiya
tizimlarini boshqarish), M.3203 (foydalanuvchilar servislarini boshqarish),
M.3207.1 (SH-SSIO sinflarini boshqarish) va xakozolar. M. 3300 xujjatda odam-
mashina interfeysini tashkil etishga talablar shakllantirilgan (TMN terminologiyasi
bo’yicha - F-interfeysi), M.3320 da esa – TMN tarmoqlar orasidagi intrfeys (X-
interfeys) uchun o’xshash talablar shakllantirilgan.
Nixoyat, M.3400 standart TMN tarmoqlarda boshqarish funksiyalarini
aniqlaydi. Ko’rib chiqilgan TMN tarmoqlarining ishlashini reglamentlovchi XEI-T
ning
xujjatlari
M-oilaviy
tavsiyalarning
qismidir,
masalan, terminlar va
aniqlanmalar
M.60
xujjatda
jamlashtirilgan.
TMNning
asosi
bo’lgan
standartlashtirish
turli
jinsli
tarmoqlarni integratsiyalashga imkon beradi,
shuningdek
yechimlarni
masshtablashning
amalda
chegaralanmagan
imkoniyatlarini yaratadi.
Xozirga paytda xalqaro Telekommunikatsiya hamjamiyati TMN sohasida
mavjud tavsiyalarni takomillashtirmoqda va yangi tavsiyalarni ishlab chiqarish
bo’yicha ishlarni davom ettirmoqda.
Dostları ilə paylaş: |