12
xuquqini tekshirish, shifrlash kalitlarini taqsimlash va qo’llash, vakolatni
boshqarish va xakozolar kiradi. Ko’p xollarda bu guruxning funksiyalari
tarmoqlarni boshqarish tizimlariga kiritilmaydi, lekin maxsus maxsulotlar
(masalan, Kerberos autentifikatsiyalash va mualliflash, turli xil ximoya ekranlari,
ma’lumotlarni shifrlash tizimlari) ko’rinishida amalga oshiriladi, yoki operatsion
tizimlar va tizimiy ilovalar tarkibiga kiritiladi.
Tarmoq ishlashini xisobga olish (Accounting Management). Bu masalalar
guruxi tarmoq turli resurslaridan (qurilmalar, kanallar va transport xizmatlari)
foydalanish vaqtini qayd etish bilan shug’ullanadi. Bu masalalar xizmatdan
foydalanish vaqti va resurslarga to’lov - billing tushunchalari bilan ish qiladi. Turli
ta’minlovchilarda xizmatlarga to’lovlar spetsifik harakterga egaligi va xizmatlar
darajasi xaqida turli shakldagi bitimlar majudligi sababli, bu funksiyalar guruxi
odatda tijorat tizimlari va HP Open View turidagi boshqarish platformalariga
kiritilmaydi, lekin konkret buyurtmachi uchun ishlab chiqilayotgan buyurtma
tizimlarida amalga oshiriladi.
OSI boshqarish modeli boshqarilayotgan obektlar – kanallar, lokal tarmoqlar
segmentlari, ko’priklar, kommutatorlar va marshrutizatorlar, modemlar va
multipleksorlar, kompyuterlar apparat va dasturiy ta’minotlari, SUBD lar orasidagi
farqlarga e’tibor bermaydi. Hamma bu boshqariladigan obektlar “tizim” umumiy
tushunchasiga kiritiladi, va boshqarilayotgan tizim boshqaruvchi tizim bilan OSI
ochiq protokollari bo’yicha muloqatda bo’ladi [].
Lekin amaliyotda boshqarish tizimlarini boshqariladigan obektlar turlari
bo’yicha ajratish keng tarqalgan. Klassik bo’lib qolgan tarmoqlarni boshqarish
SunNet Manager, HP Open View yoki Cabletron Spectrum tizimlari faqat
korporativ tarmoqlarning kommunikatsion obektlarini boshqaradilar, ya’ni lokal
tarmoqlarning
konsentratorlari
va
kommutatorlarini,
shuningdek
marshrutizatorlarni va global tarmoqlarga kirish qurilmasi bo’lgan olislangani
ko’priklarni
boshqaradi.
Odatda
territorial
tarmoqlarning
uskunalarini
telekommunikatsion uskunalar ishlab chiqaruvchilarining tizimlari boshqaradi,
chunonchi – RAD Data Communications kompaniyasining RADView tizimi,
|