22
majburiy shartlarida ishlaydigan tizimga xizmat ko’rsatsa, qutblarning birontasida
raddiya qayd etilsa, telekommunikatsiya tarmog’ining xammasi raddiya bergan
bo’ladi. Bunday ko’p qutbli tarmoqning ishonchlilik ko’rsatgichlari sifatida ikki
qutbli
telekommunikatsiya
tarmoqlariga
tavsiya
etilgan
ko’rsatgichlardan
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Raddiya tushunchasi qo’llanishi mumkin
bo’lgan ko’p qutbli tarmoqning boshqa misoliga, markazlashtirilgan boshqarish
tizimli telekommunikatsiya tarmog’ini ko’rsatish mumkin. Uning raddiya holatlari:
bosh boshqarish punktining telekommunikatsiya uzeli ishdan chiqishi (hamma
boshqa qutblar bilan aloqalar to’xtadi); hamma bo’ysinuvchi boshqaruv
punktlarining
telekommunikatsiya
uzellari
ishdan
chiqishi;
tizim
hamma
boshqaruv punktlarining telekommunikatsiya uzellari ishdan chiqishi; avvalgi
vaziyatlarda telekommunikatsiya uzellari ishga yaroqli, lekin liniyalar yoki
kanallar raddiyalari sababli aloqalar mavjud emasligi. Bunday ko’p qutbli
tarmoqda uning ikkita holati aniq qaydlanadi: ishlaydi, ishlamaydi, shuning uchun
uning ishonchliligi ikki qutbli tarmoq ko’rsatgichlari bo’yicha baholanadi.
Umumiy xolda ko’p qutbli tarmoqqa nisbatan raddiya tushunchasi amaliy
ma’noga ega emas, chunki bir paytning o’zida uning hamma qutblari orasida
aloqalarning ishdan chiqish ehtimolligi odatda juda kam, bir nechta qutblar orasida
aloqaning buzilishida tizim o’z funksiyalarini, to’liq bo’lmasada, bajaradi. Lekin,
bu holatlar ko’p qutbli tarmoqlar ishonchlilik xususiyatlarga ega emasligini
bildirmaydi. Bunday xususiyatlar elementlarga mansub ekan, demak, bu xususiyat
tarmoqda xam bir butun sifatida mavjuddir. Ko’p qutbli tarmoqlar ishonchlilik
tushunchasini konkretlashtirish va uning sonli ko’rsatgichlarini aniqlash bir necha
marta murakkablashadi. Ko’p qutbli telekommunikatsiya tarmoqlarining
ishonchliligi deyilganda liniyalar (kanallar), uzel apparaturalari va boshqarish
sifatining chekli ishonchliligi bo’yicha bog’langan, ekspluatatsiyaning berilgan
shartlarida o’rnatilgan hajmda ko’zda tutilgan funksiyalarni bajarish qobiliyatini
aniqlovchi tarmoqning xususiyatini tushunamiz “O’rnatilgan xajmda” tushunchasi
tarmoqni
loyihalashtirishda
yoki
uni
ekspluatatsiyalash
jarayonida
konkretlashtiriladi. Agar signalli ko’p qutbli tarmoqda hamma qutblar orasidagi
|