41
9. To’g’ridan-to’g’ri yaltirash darajasining yuqoriligi.
10. Yoritilganlik darajasining yuqori yoki pastligi.
11. Havodagi chang zarrachalari.
12. Havoning ionlanishi darajasining o’zgarishi.
13. Havo namligining o’zgarishi.
14. Ish zonasida havo oqimining o’zgarishi.
Kimyo omillar: Havo tarkibidagi: uglerodlar oksid, ozon, ammiak,
formaldegid, polixlorli bifenillarning hosil bo’lishi.
Psixofiziologik va mikrobiologik omillar:
1. Diqqat va ko’rishining zo’riqishi.
2. Zukkolik va hissiyotning zo’riqishi.
3.Uzoq davom etuvchi muvozanatli zo’riqish.
4. Ish jarayonining bir xilligi.
5. Vaqt birligida ishlab chiqiladigan axborot xajmining ko’pligi.
6. Ish joylarining noto’g’ri tashkil qilinishi.
7. Havodagi mikroorganizmlar miqdorining yuqoriligi.
Mehnat
faoliyati
sharoitining
klassifikatsiyasi.
So’nggi
10 yillikda
mamlakatning xo’jalik yuritish kompleksida katta o’zgarishlar sodir bo’ldi, yangi
mehnat faoliyatlari paydo bo’ldi. Bunday tashqari bozor iqtisodiyotiga o’tish
islohoti norentabel yoki zarar bilan ishlovchi korxonalarni qisqarishiga yoki
butunlay yopilishiga olib keldi. Yangi, turli mulk shaklidagi korxonalar, fermer
xo’jaliklari tashkil topmoqda. Ularning iqtisodiy ahvoli ham turlichadir. Shu
sababli ularning barchasida ham ishchilarga normal faoliyat ko’rsatishi uchun
mehnat muhofazasi qonunlariga mos ish joylari yaratib berilgan deyish qiyin.
Mehnat faoliyati sharoiti quyidagicha klasifikatsiyalanadi:
1) qulay;
2) uncha katta bo’lmagan hajmdagi ishlab chiqarish zararlari ko’rinishidagi qisman
murakkabliklar bilan;
3) murakkab-ishlab chiqarishdagi zararlarning o’rtacha hajmi bilan;
4) o’ta murakkab ishlab chiqarish zararlarining absalyut maksimal hajmi bilan.
|