45
6.Shaxsiy gigiena qoidalari. Sanitariya kiyimlari, poyafzallari va vositalariga
qo’yiladigan talablar.
7.Korxonada yong’in xavfsizligiga qo’yiladigan talablar.
8.Mexanik jarohat olganda, kuyganda, kislota va ishqorlar bilan kuyganda
zaharlanishda, elektr va ko’z jarohatlari olgandagi dastlabki yordam.
9.Xavfsizlik texnikasi yo’riqnomalari buzilganda qo’llanadigan javobgarlik.
Ish joyida o’tkaziladigan yo’riqnoma. Barcha ishchilar kirish yo’riqnomasidan
tashqari ish joyida o’tkaziladigan yo’riqnomalarni xam bilishlari lozim. Ish joyida
o’tkaziladigan yo’riqnomadan maqsad-har bir ishchini to’g’ri va xavfsiz ish
usullariga o’rgatish hisoblanadi. Yo’riqnomani o’tkazish jarayonida ishchiga u
ishlaydigan uskunada bajariladigan texnologik jarayon, uning harakat uzatish
mexanizmlari, xavfli joylari, konstruktiv xususiyatlari, paydo bo’lishi mumkin
bo’lgan xavflar, ishni xavfsiz bajarish usullari, ish joyini to’g’ri tashkil qilish va
shu kabi masalalar tushuniladi.
Yo’riqnoma o’tkazish ishchining bevosita rahbari bo’lgan ustaga yuklatiladi.
Ayrim zarur hollarda bu yo’riqnoma tegishli mutaxassislar (mexanik, energetik,
texnolog) ishtirokida o’tkaziladi.
Xodimlarga elektr xavfsizligi bo’yicha yo’riqnoma o’tkazish va malaka
guruhi berish korxona bosh energetigi zimmasiga yuklatiladi.
Ish joyida o’tkaziladigan yo’riqnoma ishni xavfsiz olib borish qoidalari
asosidassex boshliqlari tomonidan tuzilgan va korxona bosh muhandisi tasdiqlagan
dastur bo’yicha olib boriladi. Bu yo’riqnomalar ruyxatini korxona bosh muhandisi
kasaba uyushmasi raisi bilan birgalikda tasdiqlaydi. Ish joyida o’tkaziladigan
dastlabki yo’riqnoma ishchini mustaqil ishlashga qo’yishdan oldin yoki ish
xarakteri o’zgargan hollarda o’tkaziladi.
Korxonaga ishga kirayotgan shaxs kasbiy malakasini malakali va tajribali
ishchiga biriktirib qo’yish orqali oshiradi. Bunday biriktirib qo’yishssex
boshlig’ining vazifasi hisoblanadi.
Dastlabki yo’riqnoma o’tkazish yo’riqnomalarni rasmiylashtirish jurnaliga
yozib qo’yish orqali mustahkamlanadi. Barcha ishchilar o’ta xavfli ishlarni
|